Bog’liqligi. Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar



Yüklə 49,41 Kb.
səhifə5/6
tarix27.05.2022
ölçüsü49,41 Kb.
#59763
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish mavzu “iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar ”

Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.


Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atiga bog’liq bo’ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi.

Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.


Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.);

  • qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

  • byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.

2002 yilda O’zbekistonda investitsion qo’yilmalarning 40,0% korxonalarning o’z moliyaviy mablag’lari hisobiga, 25,0% byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan1.
Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishlovchilar, o’qituvchilar, vrachlar va boshqalar) jamg’armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg’arma xo’jalik yurituvchi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O’z-o’zidan aniqki, investitsiyalar manbai bo’lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu erda “jamg’aruvchi” va “investor” bir-biriga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 2000 yil 34, 7% va 2002 yil 59,2 % ga etgan.


    1. Yüklə 49,41 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin