Murakkab qo'shma gap
Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmuni va grammatik jihatdan birikishidan tuzilgan qo'shma gap murakkab qo'shma
gap deyiladi. Bu qo'shma gapning oddiy qo'shma gaplardan farqi shundaki, agar oddiy qo'shma gaplar tarkibida ikkita sodda gap
kelsa, murakkab qo'shma gapning tarkibida uch va undan ortiq sodda gaplar o'zaro birikib keladi. Masalan:
Biz shuni yaxshi
bilamizki, millatlararo nizolar yaxsilikka olib kelmaydi. (Gazetadan.)
Yillar o'tgach, yaxshilik urug'i unib chiqadi va biz undan manfaatdor bo'lamiz. Keltirilgan misollaming birinchisi ikkita sodda
gapdan hosil bo'lgan (oddiy qo'shma gap), ikkinchisi esa uchta sodda gapdan tuzilgani uchun murakkab qo'shma gapdir.
Murakkab qo'shma gaplar quyidagi turlarga bo'linadi;
1.Ergashish yo'li bilan tuzilgan murakkab gaplar."
2.Bog'lanish yo'li bilan tuzilgan murakkab gaplar.
3.Bog'lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab gaplar.
4.Aralash yo'l bilan tuzilgan murakkab gaplar.