Bog'lovchisiz qo'shma gaplar.
Reja:
1.
Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
2.
Murakkab qo'shma gap
3.
Ergashish yo'li bilan tuzilgan murakkab qo'shma gaplar
4.
Aralash murakkab qo'shma gaplar
O'zaro bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalarsiz, faqat mazmun va oharig jihatdan bog'langan oddiy qo'shma gap
bog'lovchisiz qo'shma gap deyiladi. Masalan: Bulbulo, keltir bahor xabarin, boyqushga qo'ygin yomon so'z barin. (S. Sh.) Daryo
bo'lib oqdim, qushbo'lib uchdim. (S.Z.)
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar qismlarning o'zaro munosabatiga ko'ra: 1. Bog'langan qo'shma gapga sinonim bo'lgan
bog'lovchisiz qo'shma gap. 2. Ergashgan qo'shma gapga sinonim bo'lgan bog'lovchisiz qo'shma gap. 3. Bog'lovchisiz qo'shma gap
sinonim bo'lmagan bog'lovchisiz qo'shma gaplarga bo'linadi.
1. Bog'langan qo'shma gaplarga sinonim bo'lgan bog'lovchisizqo'shma gap ikki xil munosabatni ifodalaydi:
a)payt, chog'ishtiruv: Mard bir o'lar, nomard yuz o'lar. (Maqol.)To'g'ri til tosh yorar, egri til bosh yorar. (Maqol.)
b)zidlov munosabatini: Tig' yarasi bitar, til yarasi bitmaydi..(MaqoL) 2. Ergashgan qo'shma gapga sinonim bo'lgan
bog'lovchisizqo'shma gap: Hamal kirdi—amal kirdi. (payt). savr kirdi—davrkirdi (payt), it huradi—karvon o'tadi (to'siqsiz), qor
yog'di—nuryog'di (o'xshatish), Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh -tarozi (sabab.)
3. Bog'lovchisiz qo'shma gapga sinonim bo'lmagan bog'-lovchisiz qo'shma gap: Tong yaqinlashib qoldi: onda -sonda
xo'rozlarning qichqirig'i eshitila boshladi. (S. Z.) Xushxabar olib keldim: garmizon yengildi, shahar o'zimiznikilar qo'liga
o'tdi.(Sh.)
Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari kesimlarning qanday ifodalanishiga ko'ra ikki xil: l.Bir xil qismlardan tuzilgan
bog'lovchisiz qo'shma gap. Masalan: Quyosh daraxt orqasiga cho'kdi, dala qoraydi.(P. T.) Daryo ketar tosh qolar, o'sma ketar
qosh qolar. (Maqol.)
2. Turli xildagi qismlardan tuzilgan bog'lovchisiz qo'shma gap:Bilib turibsiz, men hech narsa deganim yo'q. Havasim
kuchli.o'ylarim, xayollarim dunyo-dunyo. (O.)
Dostları ilə paylaş: |