6.Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi birinchi gap ikkinchigapdan anglashilgan ish-harakatning
payti yoki shartni bildirsa,
ularorasiga tire qo'yiladi: Yurt tinch—sen tinch. (Maqol.)
Amaliy mashqlar
Bog 'lovchisiz qo 'shma gapni sintaktik tahlil
qilish tartibi va namunalari
1. Ifoda maqsadiga ko'ra gap turi. 2. Qo'shma gap tuzilishiga ko'ra turi. 3. Bog'lovchisiz qo'shma gap turini ko'rsatish. 4.
Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlarining semantik munosabati. 5. Bog'-lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgini izohlash.
Masalan: Osmon yiroq, yer qattiq. (Maqol.) Bu gap maqsadiga ko'ra darak gap, tuzilishi va grammatik asosining miqdoriga ko'ra
qo'shma gap, qismlarining bog'lanish va semantik munosabatiga ko'ra bog’lovchisiz qo'shma gap ,ohang yordamida ikki soda gap
o'zaro bog'langan, ular orasiga vergul qo'yiladi.
58-mashq. Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni topib ularni sintaktik tahlil qilmg.
1.
Quyosh qochib ketdi, olam qoraydi. (U.A.) 2.
Havo juda issiq,
uzoq dalalarda, ko'kda jimlik hukm surardi.(Sh.R.) 3.
Jismimiz yo'qolur—o'chmas nomimiz (H.O.) 4. Men ko'rdim, sen ko'rmading.(Sh.R.) Ovchining so'zi she'r otar, yigitning zo'ri
yer ochar.(Maqol.) 6. Hamal kirdi—ekinlarga amal kirdi.(Maqol.) Seni ish yengmasin, sen ishni yeng. (Maqol.) 7. Hali quyosh
botmagan. uning kechki qizg'ish nurlan barglari sarg'aydan o'riklarini, terak uchlarini lovillatib yondirayotgandek. (S.A.)
8. Xalqqa ayting men aslo o'lganim yo'q,
Yov qo'liga taslim ham bo'lganim yo'q. (H.O.)
9. Meni kutgil va men qaytarmanFaqat kutgil meni juda intizor. (K.S.)
lO.Daryolardan kuylab o'tardim,
Qo'shiqlarga quloq tutarman. (H.O.) 11 .Tabiat o'zgarar ming yillardan so'ng
Balki biz bilmagan giyohlar o'sar. (U.) 12. Men kulaman—hayot kuladi,
Men kulaman—kulib qarar yil. (S.A.)
Dostları ilə paylaş: