So’z boshi
Respublikamizda oliy ta’limni isloh qilishning keng ko’lamli
dasturi
amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini yangi,
zamonaviy turdagi darslik va qo’llanmalar yaratilishi bilan izohlasa bo’ladi.
SHu jumladan Andijon Davlat Universitetida
ham bu borada amalga
oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, tahsinga loyiqdir. Ko’plab professor-
o’qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning
qator tadbir va tanlovlarda g’olib
deb topilib, nufuzli mukofotlar bilan
taqdirlanishi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Mualliflar ham bu jarrayonga
baholi qudrat o’z hissalarini qo’shish
maqsadida, ko’plab talaba va
o’qituvchilarimiz oldida turgan qo’llanma muammosini
bir qadar yechish
maqsadida «Umumiy fizika kursi» dan kichik bir qo’llanma tayyorlashdi.
Ma’lumki, Universitetning umumiy fizika kafedrasida fizik bo’lmagan
ixtisosliklar uchun ham umumiy fizika o’qitiladi. Ularning dars soatlarining
turlicha ekanligi tufayli barcha ixtisosliklar uchun ishlatsa bo’ladigan ma’ruza
matnga ehtiyoj tug’ildi. Ushbu matn umumiy fizika kursini barcha bo’limlarin
o’z ichiga olgan qo’llanmadir. Qo’llanmadan fizik bo’lmagan
barcha
mutaxassislar va sirtqi bo’lim talabalari foydalanishlari mumkin.
Bu turdagi qo’llanma birinchi marta tayyorlanganligi sababli unda ayrim
kamchiliklar uchrashi ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo’llanma haqida fikr-
mulohazalarini bildirgan barcha o’rtoqlarga minnatdorchilik izhor etadi.
KIRISH
Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning
qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum
qonunlar asosida ro’y beradi. Bu qodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi
bog’lanishni o’rganish qar bir fanning asosiy vazifasidir.
Fizika sohasiga
asosan jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda
elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini
o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq
chegarasini hozirgi vaqtda
ko’rsatish qiyin. CHunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar –
fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmokda deb aytish mumkin.
Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar
bilan tanishamiz.
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan
jismlarda vaqt
o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga
aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki
laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi.
Tajribalarda olingan xulosalar
u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning
honuniyatlarini ochishga yordam beradi.