Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

4-§. Moddiy nuqta dinamikasi.
Reja: 
1. Dinamikaning asosiy qonunlari. 
2. Ta’sirlashuv kuchlari. 
3. Galileyning nisbiylik prinsipi. Galiley almashtirishlari. 
DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI 
Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan 
sabab bilan birga o’rganadigan bo’limini dinamika deyiladi. Dinamikaning 
asosini 3 ta qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. 
SHu sababli ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi. 
Nyutonning birinchi qonuni tashqi ta’sirsiz harakatlanayotgan 
jismlarning mexanik holati haqidadir. Bu qonunni shunday bayon etish 
mumkin: tinch holatdagi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismga 
boshqa jismlar ta’sir etmasa yoki ularning ta’siri kompensatsiyalansa, bu 
jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. 
Nyutonning 2-qonuni jism harakat tezligining o’zgarishini shu jismga 
ta’sir etayotgan tashqi sabab - kuch bilan bog’laydi. Bunda kuch jismlarning 
o’zaro ta’sirini xarakterlaydigan fizik kattalik sifatida qaraladi. Tajriba 
ko’rsatadiki, bir xil kuch bilan har xil jismlarga ta’sir etsak, ular har xil 
tezlanish oladi, bunga sabab ularning har xil massaga ega bo’lishidir. SHu 
sababli Nyutonni 2- qonunini shunday yozish mumkin:
F
mW


 
(2.1) 
bunda kuch, - jism massasi, - tezlanish. 
Bu tenglamaga ko’ra kuch vektor kattalikdir, lekin massa - skalyar kattalikdir. 
Bu qonunda massa jismni tezlantiruvchi kuchlarga nisbatan qarshi turaolish 
qobiliyatini bildiradi, ya’ni inertligini ifodalaydi. 
Massa birligi XBS da kilogramm deb ataladi. Xalqaro bitimga asosan 
massa birligi kg etaloni sifatida maxsus platina — iridiy qotishmasidan 


yasalgan etalon qabul kilingan, bu etalon Parijda saqlanadi. Kuch birligi (2.1) 
formula asosida aniqlanadi va Nyuton deb ataladi. Kuch birligi qilib shunday 
kuch olinadi-ki, u 1kg massali jismga 1m/s

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin