Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi


Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar: Fizikada aniq o’lchashlar asosiy rol 
o’ynaydi. Bu o’lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga 
misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. 
Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini 
ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomonidan o’lchash mumkin. Fizik 
kattaliklarni o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan 
solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik 
kattaliklarni aniq o’lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi. 
Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o’zaro bir-biri bilan 
bog’langan holda sodir bo’ladi. Kuzatish va tajriba yo’li bilan bu bog’lanishlar 
qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo’lgan 
qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda 
bu fizik qonunlar asos qilib olinadi. 


 
1-BO’LIM. MEXANIKA 
1-§. MODDIY NUQTANING HARAKATI. 
Reja: 
1. Moddiy nuqta kinematikasi. Mexanik harakat. 
2. Fazo va vaqt. Sanoq sistema. 
3. Harakat nisbiyligi. 
4. Moddiy nuqta trayektoriyasi, yo’l va ko’chish. 
Jismlarning yoki bir jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan 
siljishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini 
o’rganganda ko’pincha ularning shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham 
bo’ladigan hollar uchraydi. Bunday sharoitlarda jismni moddiy nuqta deb 
qarash mumkin. Masalan, bir bola uyidan maktabgacha ma’lum masofa bosib 
o’tsa, bolaning harakatini o’rganganda uni moddiy nuqta deb qarash masalani 
osonlashtiradi. Lekin shu bola qo’l va oyoqlarini qimirlatib gimnastika bilan 
shug’ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin bo’lmaydi. Xuddi 
shunday yerning Quyosh atrofida aylanishini o’rganganda yerni moddiy 
 
nuqta 
deb qarash mumkin, lekin yerni o’z o’qi atrofida sutkalik aylanishini ko’rganda 
yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas. Demak, moddiy nuqta deb 
ko’rilayotgan masalada shakli va o’lchamlarini hisobga olmaslik mumkin 
bo’lgan jismga aytiladi.
Moddiy nuqtalar harakatini har qanday fizik hodisa kabi fazoda vaqt o’tishi bilan yuz 
beradi. Shuning uchun har qanday fizik nazariya eng avvalo va vaqt haqidagi ma’lum 
tassavvurlarga asoslanishi kerak. Bu tassavvurlar tabiatda real mavjud bo’lgan moddiy 
jismlar orasidagi fazoviy munosabatlarni hamda turli fizik hodisalarning davomatligini va 
ular orasidagi vaqt munosabatlarini aks ettiradi. Dialektik materiazm talimotiga ko’ra. 
Fazo va vaqt xarakatidagi materiya mavjudligining asosiy formalaridir. Materiya doimo 
harakatda, harakat esa fazoda vaqt o’tishi bilan yuz beradi. Demak, fazo va vaqt har doim 
bir biriga bog’liq holdagi harakatdagi materiya bilan birgalikda mavjud bo’lishi mumkin. 
Fazo va vaqtni bir biridan va harakatdagi materiayadan ajratib bo’lmaydi. Harakatdagi 
materiya mavjudligining asosiy formalari bo’lgan fazo va vaqt xuddi materiyaning o’zi 
kabi ob’yektiv mavjuddir. Fazo va vaqt o’z tabiatiga ko’ra bir vaqtda ham absolyut ham, 
nisbiy bo’ladi: absolyutligi ularning moddiy oboyektlari mavjudligining asosiy formalari 
ekanligida, nisbiyligi esa ularning hossalari moddiy jismlar va maydonlarning harakati va 
o’zgarishiga bog’liqligidadir. Fazo va vaqt haqidagi tasavvurlar o’zaro bog’langan holda 


va harakatdagi materiya bilan birgalikda oboyektiv mavjud bo’lgan real fazo va vaqtning 
aks ettirish kerak. Sanoq sistemasi. 
Moddiy nuqta yoki jismlarning harakatini tekshirishda sanoq sistemadan 
foydalaniladi. Har qanday absolyut qattiq jism bilan bog’langan koordinatalar sistemasi va 
unga mahkamlangan bitta soat uzunlik va vaqt etalonlari bilan birgalikda klassik 
mexanikadagi sanoq sistemasini tashkil etadi. Buni batafsilrok tushintiraylik. Fazo bir 
jinsli va izotorop bo’lgani uchun uning xossalari hamma nuqtalarida va barcha 
yo’nalishlar bo’yicha bir xil. Fazo nuqtalari o’z belgisiga ega emas, shuning uchun bo’sh 
fazoning bir nuqtasini boshqasidan farqlab bo’lmaydi.
Fazo nuqtasining holatini undagi biror moddiy jismlarga nisbatangina aniqlash 
mumkin. Shuning uchun ham bu bu maqsadda biror absolyut qattiq jism bilan bog’langan 
sistemadan foydalaniladi. Koordinata sistemasi sifatida ortlari i, j, k bo’lib, XYZ to’gri 
burchakli dekart koordinatalar sistemasidan foydalanilsa ixtiyoriy M nuqtaning unga 
nisbatan holati x,y,z koordinatalar yoki r gadius vektor bilan to’liq aniqlanadi.
r=xi+yj+zk 
bunda x,y,z lar M nuqtaning koordinatalari r ning o’qlaridgi proyeksiyalari.
Sanoq sistemasi qattiq jism bilan bog’langan koordinatalar sistemasi, unga 
mahkamlangan soat hamda uzunlik va vaqt etalonlaridan iborat. 
Moddiy nuqtaning fazodagi holati x,y,z,t dan iborat 4 ta son bilan xarakterlanadi. 
Moddiy oboyektining aniq vaqt momentida fazoning biror nuqtasida bo’lishi fizik voqea 
x,y,z,t kattaliklari esa voqea koordinatalari deyiladi. Ravshanki fizik voqealar ketma-
ketligidan iborat bo’ladi. 
Jismning vaziyatini yoki harakatini har doim boshqa jismga nisbatan 
ko’riladi, shu sababli oxirgi jismni sanoq jismi deyiladi. Fizikada sanoq 
sistemasi sifatida koorditanatalar sistemasi ishlatiladi. Masalan, o’zaro tug’ri 
burchak ostida bo’lgan uch o’qli koordinata sistemasi olinadi, bu o’qlarni x, y, 
z harflari bilan belgilanadi. Bunday koordinata sistemasini fransuz olimi Dekart 
kiritgan. Yаna boshqa koordinatalar sistemalari ham mavjud. 
Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz 
o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada 
mexanik harakatlarni karab chikish uchun traektoriya, yo’l, ko’chish kabi 
tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan 
chiziqqa traektoriya deyiladi. Agar traektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, 
harakat to’g’ri chiziqli harakat deb ataladi. Traektoriya egri chiziqdan iborat 


bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi. Traektoriya aylanadan ham 
iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat 
sodir etyapti deyish mumkin.
Moddiy nuqtaning traektoriya bo’ylab harakati davomida bosib 
o’tgan masofaga yo’l deyiladi. Yo’l yo’nalishi bilan xarakterlanmaydi. 
Fizikada bunday kattaliklarni skalyar kattaliklar deyiladi. Yo’l—skalyar 
kattalik. Agar moddiy nuqta bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga qarab harakat qilsa, 
shu nuqtalarni birlashtiruvchi va 1-nuqtadan 2-nuqtaga yo’nalgan to’g’ri 
chiziqqa ko’chish deyiladi. Fizikada yo’nalish bilan xarakterlanadigan fizik 
kattaliklarga vektor kattaliklar deyiladi. Ko’chish - vektor kattalikdir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin