TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN DARS
JARAYONIDA FOYDALANISH
Qurmanova Qundiz Ergaliyevna
kurmanova.kundyz@ bk.ru
Qoraqalpoǵiston Respublikasi, Qo’ng’irot tumani, 41-maktab
Shrazov Adilbay Shamsitdinovich
Qoraqalpog’iston Respublikasi XTXQTMO Xududiy markazi
Annotatsiya
:
Innovatsion
faoliyat-pedagogning
o’z
kasbini
takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini
nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion faoliyat haqida barqaror,
hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida
barqaror va hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar tasniflar shu paytgacha
mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim.
Kalit so’zlar
: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy,
metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish.
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL
SYSTEM IN THE LESSON PROCESS
Kurmanova Qundiz Ergaliyevna
kurmanova.kundyz @ bk.ru
Republic of Karakalpakstan, Kungrad district, school №41
Shrazov Adilbay Shamsitdinovich
Regional Center of ATRPES the Republic of Karakalpakstan
Abstract:
Innovative activity is a creative approach of a teacher to the
acquisition of existing forms and means of professional development. It should also
be acknowledged that the classifications of sustainable, universally accepted
scientific ideas about innovation and innovative activity in education and sustainable
and popular scientific ideas about innovative pedagogical activity have not yet been
perfectly composed.
Keywords:
technology, innovation, concept, resources, organizational,
methodological, psychological, pedagogical teams, parameters, innovative teaching.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
Murojaatnomasida
2018-yilga
faol
tadbirkorlik,
innovatsion
g‘oyalar va
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
152
http://oac.dsmi-qf.uz
rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog‘risida quyidagilarni ta’kidladi: «Innovatsiya bu
kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan
bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz
kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy
vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni
safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va
ishlanmalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida
bo’ladi» [1]
Demak, bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga
kirishishdan oldin «innovatsiya» so’zining ma’nosiga biroz to’xtalishni lozim topdik.
Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX
asrlarda qo’llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa
sohaga kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib
firmalar foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida
o’zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo’g‘inini yangilash
bo’yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir
o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan
foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol
usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy
izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali
bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga
bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki
kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning
asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy
etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy
salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez
va to’la qabul qila olish ko’nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi.
Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga
qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada
egallangan bilim, ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish
sifati oshadi. Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning
mazmuniga qarab darsni to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha
o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero, o‘qituvchi ta’lim
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
153
http://oac.dsmi-qf.uz
islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta
miqdordagi axborot to’plamini o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning
an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan
kompyuterlardan foydalanish yordam beradi.
Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g‘aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya
mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga
qaratilgan.Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion
jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish
(ma'lum bir holatda, ilmiy kashg‘iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va
yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish. [2]
Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o’lchovi sifatida optimallik
o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat
sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining shaxsiy
pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka
erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik
darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida
natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon
bo’ladi. O’lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi
o’qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo’ladi. Mazkur
o’lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini
shakllantirishning bir butunligida namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan innovatsion
jarayonni ilmiy g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan
bog'liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb
hisoblash mumkin. G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu
jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir.
Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati
mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo’llash alohida
o’qituvchilar ish faoliyatining boshlang‘ich bosqichida namoyon bo’ladi. Mazkur
innovatsiyalar tajribasi sinovdan o’tkazilib, ob’ektiv baholangandan so’ng ommaviy
tarzda qo’llash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish
imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda o’qituvchilarning
kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Pedagogik
innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish o’qituvchining pedagogik ijodning
rangbarang shakllarini o’zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik
madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy
pedagogik jamoatchilikka ma’lum bo’lgan g‘oyalar, konsepsiyalar, texnologiyalarni
o’z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik, kreativ ishlab chiqish va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
154
http://oac.dsmi-qf.uz
amaliyotga joriy etishga qadar bo’lajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini
tashkil etishi lozim.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo’llash metodlarini bo’lajak
o’qituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi
hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik
muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy,
metodik, psixologik xarakterdagi choratadbirlarni kullash talab etiladi. Shu maksadda
bulajak ukituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik
innovatsiyalar bilan izchil kurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq
qilishga o’rgatish vazifasini kuyish lozim[2]. Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi
yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq,
ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida,
bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va
amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa
tomondan,
ta'limni
markazsizlashtirish
va
mintaqalashtirishning
ijtimoiy
tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bog'liq. Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri
pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiy-
pedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past bo'ladi.
Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llab-
quvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va
daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada
kuchaytirishi mumkin. [3]
Xususan, turli xil innovatsion jarayonlarning hayotiy davrlarini o'rgangan
pedagogik innovatsiyalar sohasi mutaxassisi V.I.Zagvyazinskiy ta’kidlashicha
yangilikni rivojlantirish natijasida ijobiy natijalarga erishgan holda, o'qituvchilar uni
asossiz ravishda uni universallashtirishga, uni pedagogik amaliyotning barcha
sohalariga
tatbiq
etishga
intilayotganliklarini
ta'kidlaydilar.
Ko'pincha
muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi va umidsizlikka olib keladi, yangilikka
soviydi.Boshqa bir tuzilmani (hozir aytilganiga juda yaqin) aniqlash mumkin. Bu
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar nazariyasidan olingan innovatsiya
genezisining tuzilishi. Ammo o'quvchi yetarlicha rivojlangan tasavvurga ega bo'lsa,
maktabdagi innovatsion jarayonlarga o'tish juda qulay: g'oyaning paydo bo'lishi -
rivojlanishi - dizayn (qog'ozda nima bor) - ishlab chiqarish (ya'ni amaliy ishda
o'zlashtirish) - boshqa odamlar tomonidan foydalanish. [4]
Yuqoridagilardan tashqari har qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni
yaratish va yangiliklardan g‘oydalanish (o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson;
bir-biri bilan bog'liq bo'lgan mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun
maktabning rivojlanishi asosida yotadigan murakkab innovatsion jarayon.
Xulosa
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
155
http://oac.dsmi-qf.uz
O’qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni
mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda,
o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik,
psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: |