Oʻzbekiston Respublikasida sport oʻyinlarining ahamiyati
Annotasiya: Respublikamizda sport oʻyinlarini rivojlantirishda va uning tashkil etishda oʻziga xos tomonlari mavjud.Shuning uchun ham har bir oʻyinning nozik tomonlarini bilishining ahamiyati kattadir.Ushbu maqolada vatanimiz yosh avlodlarini sogʻlom boʻlib voyaga yetishda sport oʻyinlariga qiziqish uygʻotish va shu oʻyinlar natijasida ham vatan ravnaqiga ham salomatligiga taʼsir oʻtkazish natijasida roʻy berayotgan hodisalar haqida soʻz yuritiladi.Eng muhim jihati sport oʻyinlarining yoshlarimizga ahamiyatli tomoniga keng toʻxtalib oʻtiladi.
Kalit soʻzlar: Sport oʻyinlari, jismoniy madaniyat,oʻyin turlari, taʼlim-tarbiya.
Respublikamizda yoshlarni sport oʻyin turlariga chaqirish va toʻplash, oʻyinni boshlash uchun qura tashlash, oʻyinni toʻliq ochib beradigan oʻziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sogʻlomlashtirish , taʼlim- tarbiyaviy vazifalarni jismoniy sifatlarni (tezkorlik, dadillik, kuch, gʻayrat, shijoat) va boshqalarni tarbiyalab boʻlmaydi.Xalqimizning mehr ila yaratilgan har bir sport oʻyinlarining umrboqiyligi ,har bir oʻyinga qanday munosabatda boʻlishi ham bogʻliq hisoblanadi. Umuman olganda sport har bir xalqning qalb ohanglari, quvonchlarini va turmush tarzi kabi xususiyatlarini belgilaydi.Sport oʻyinlarini saqlab eʼzozlab,meʼyoriga yetkazib oʻynash xalq vakillariga,xosdir. Jismoniy madaniyat insoniyat umumiy madaniyatning bir qismi boʻlib,u oʻtmishning oʻzgarishi yangi qadriyatlar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyat bilib, asosan jismoniy kamolot, salomatlikninmustahkamlash taʼlim-tarbiya sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.Jismoniy madaniyat esa sogʻlom turmush tarziga boʻlgan ehtiyojini shakillntiradi.Misol uchun:oʻzini-oʻzi rivojlantirish, sogʻlomlashtirish, yuksaltirish va takomillashtirish uchun motivatsiyani kuchaytiradi.Bugungi kunda oʻquvchi yoshlarni sport sohasiga umumiy sonining 30% yoshlarni sogʻlom deyish mumkin,qolganlari esa asabiy, jismoniy va psixologik rivojlanishida koʻplab muomolar yuzaga kelmoqda.Har yili surunkali kasalliklar koʻpayib bormoqda,alergik,ontologik, yurak qon tomir,nafas olish tizim kasalliklari va xuddi shu koʻrinishdagi kasalliklar koʻpayib bormoqda.Hozirgi kunda oʻquvchi yoshlarning koʻpchiligida kuzatilayotgan chekish va ozgina jismoniy madaniyat tufayli bronxit nafas qisishi va tez-tez uchishidan genetouriya tizimlarining kasalliklari yuzaga kelmoqda.Bir spz bilan aytganda sport sohasini rivojlantirib unda salomatlikni saqlash toʻlaqonli funksional holatni shakillantirishda barkamol rivojlanish uchun muhimdir.Sport oʻyinlarida kishilarning turmush tarzi, millat ahamiyati, madaniyati va mentaliteti, mardlik, jasorat gʻoyalari oʻz ifodasini topgan.Vatanparvarlik, umuman jamiyat maʼnaviyati bilan bogʻliq holda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy rivojidagi oʻzgarishlar jamiyatning xususiyatlarida sport oʻyinlarining rivojlanishida namoyon boʻladi.Sport oʻyinlari, axloqiy tuy-gʻu va gʻoyalarini, axloqiy xatti-harakatlari va madaniyatini tarbiyalashning muhim vositasidir.Sport oʻyinlari oʻquvchilarning axloqiy tarbiyasi ularning butun umr davomida amalga oshadi, ular yashayotgan muhit oʻquvchilar-ning axloqiy tarbiyalashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Sport oʻyinlarining oʻymash jarayonida barcha mushak guruhlariga yuk tushadi,bu jismoniy fazilatlarni yaxshi rivojlantiradi (kuch, chidamlilik, tezlik,chaqonlik, moslashuvchanlik). Jismoniy faollik barcha organlar va tizimlarning (yurak qon-tomir,asab,nafas olish,ovqat hazm qilish, hissiy tayanch harakat tizimi rivojlanishi)va faoliyatiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Xotira fikrlash, eʼtibor, aql-zakovat kuzatuvchanlik, jiddiy tasavvur shaxsiy fazilatlarni rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish natijasida oʻquvchilarning milliy sport oʻyinlariga nisbatan qiziqishini uygʻotish erishish ham mumkin.Sport oʻyinlarini atrof jamiyatning madaniy merosini singdirish, madaniy axloqiy tarbiyani shakllantirish maqsadida maktab, kollej va litseylarda jismoniy tarbiya darslari qoʻyilgan.Bu esa kelajakda sport turlarini mohir ustalari, chempionlari boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi.Jismoniy tarbiya tizimining muhim bosqichlaridan biri jismoniy vositalaridir.Ularning tarkibiy qismlari esa gimnastika va boshqa sport turlari va harakatli oʻyinlar katta taʼsir koʻrsatadi.Jumladan,eng muhim va ustuvor tomoni ham shundaki oʻyin joylari maʼlum chergara bilan belgilanadi,hamda oʻyin qoidalariga toʻliq rioya qilinishi talab etiladi,oʻyin qoidalarini bilib bilmaybuzishga buzilishga jarima yoki shartli jazolar belgilanadi.Sport oʻyinlarining jamiyat va davlat oldidagi ahamiyati, aholining jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash oʻquvchi yoshlarning jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohadagi tadbirlarda mazkur muomolarni keng targʻibot qilish zarur.Dars uchun sport oʻyinlarini tanlash, shuningdek oʻquvchilarning tarkibiga mashgʻulotni oʻtishga joy (joy, maydoncha,zal) asab-anjom va jihozlarga boʻliq boʻladi. Pedagogik vositani hal qilishda ish sharoitiga bogʻliq har xil oʻyinlardan foydalanish mumkin,Xuddi shunday, masalan:1-2 sinf oʻquvchilari uchun harakat, reaksiya tezligini tarbiyalash vazifasi qoʻyilgan.Agar maqsad qilib toʻpni otish va ilib olish harakatlarini takomillashtirish vazifasi qoʻyilgan boʻlsa,3-4 sinf darsliklarida ,,Uzatdingmi-oʻtir",, Oʻyin boshiga toʻpni berma", 5-6 sinflar uchun esa, ,, Toʻp oʻrtadagiga ", ,,Otishma" singari sport oʻyinlaridan foydalanish mumkin, yana aytish mumkinki 6-sinf oʻquvchilari uchun agarda darsning asosiy qismida yugurib kelib balandlikka sakrash malakasini takomillashtirish yoki oʻrganib olish belgilangan boʻlsa, unda oʻquvchilarning boshqa harakat turlariga qarshilik koʻrsatish, uloqtirish bilan birga berish kerak.Bunda quyidagi oʻyinlarini berish oʻrinli boʻladi,''Doiraga tort" , ,,Qala himoyasi" va hokazo.Yaxshi tanlangan oʻyin taʼlim-tarbiya muo-faqiyatlarining muhim shartigina boʻlib qolmay,balki oʻquvchilarning salomatligini yaxshilashga mavjud muomalar boʻlsa kamaytirishga, xullas koʻp hollarda oʻquvchi salomatiga xizmat qiladi.Oʻquvchilar oʻyinni oʻtkazish-ga tayyorlashda oʻyinga qatnashuvchilarning tarkibini, yosh xususiyatlarini, shuningdek jismoniy tayyorgarligini hisobga olib darsning asosiy vazifasini belgilashda muhim jihatlarini hisobga olish zarur.Baʼzan yaxshi oʻynasada ,lekin u yomon oʻtish mumkin.Bunday hollarda tanlangan oʻyin ishtirokchilarning qiziqishlariga mos kelmasligi mumkin.Bu esa oʻquvchilar-ning nafaqat dars mashgʻulotlariga nisbatan ayni shu sport oʻyinlarini milliy oʻyinlarga nisbatan ham qiziqish soʻnishiga olib keladi va bu asosiy sabab boʻlishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Azamovich.M.A (2021) Monitoring ot the Monitor Readiness of the Students of the National Guart Courses, 108-110
2. Hamrayev.A.R, Ergasheva.O.A (2023) Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasiga harakatli oʻyinlarni taʼsiri 219-227.
3.Madamovich. D.E Innovatsion taʼlim vositalarida bilish jarayonlarining rivojlantirish.123-134.
Yozdi: Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti GIBA yoʻnalishi 2-kurs 203- guruh talabasi ESHMONOVA BAHOROY.