Mavzu: pedagogik tajribani to‘plash tizimi. Reja: Ilg`or pedagogik tajribani o`rganishda materiallar to`plash. Ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va ularni qo`llash metodlari. Shaxsiy pedagogik tajribani to’plash tizimi
Mavzu: PEDAGOGIK TAJRIBANI TO‘PLASH TIZIMI. Reja: 1. Ilg`or pedagogik tajribani o`rganishda materiallar to`plash. 2. Ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va ularni qo`llash metodlari. 3.Shaxsiy pedagogik tajribani to’plash tizimi. 4.Ilg`or xorijiy tajribalar
XXI-asr talabiga ko`ra o`qituvchilarni tayyorlash tizimini zamonaviylashtirishning umumiy tomonlari:
-o`qituvchilarning asosiy kismini oliy ta’lim, universitetlar tayyorlay boshladi, bu esa o`qituvchilar kasbini boshqa mutaxassislar darajasiga ko`tarib, ularning jamiyatdagi rolini oshirishga olib keladi;
-pedagogik ta’limning ko`p satxli va variantligiga o`qituvchilar va boshqa mutaxassislar turli davomiylikda tayyorlana boshlandi (bakalavr, mutaxassis, magistr);
-pedagogik ta’limda umumta’lim qismlarini kuchaytirish. O’kituvchi o`zining murakkablashgan funksiyalarini bajarish uchun ko`p tomonlama va yuqori bilimli, ruxan boy, inson tabiatini utkir sezuvchi inson bulishi shart.
-boshqa yunalishdagi mutaxassislarni ham o`qituvchilikka tayyorlash va xokazo.
Umumlashgan xolda bulajak o`qituvchilar shaxsiga qo`yiladigan asosiy talablar: kasbiy bilimdonlik, intellegentlik, ma’naviy barkamollik. Хozirgi davrda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish keskin kuchayganligi uchun ham o`qituvchiga va ham o`quvchiga juda katta va turli-tuman axborot texnologiyalari bilan ishlashga to`g`ri kelganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql idrok bilan ajratib olish zarur. Shuning uchun o`qituvchilar mehnati va bilimini tashkil kilish uchun quyidagilar zarur:
1. Bo‘lajak pedagogning birgina axborot texnologiyalari muxitida ishlashga tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish ma‘nosida qarash mumkin.
2. Pedagogning fikrini jamlash, vaktini tejash hamda o`qitish metodikasini tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yakinlashtirish.
3. Axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim berishga tayyorlanish va utish. Bunday utish o`quv kurslarini axborotli-kompyuterli xolga utkazishni kuzda tutadi.
4. Birlashgan axborot xajmidagi o`quv jarayonining dasturiy-metodik ta’minlanishini tayyorlash.
Тa’limdagi xalqaro tendensiyalarning, xususan kasbiy pedagogikadagi, taxlili o`qituvchining ham kasbga oid va ham shaxsiy sifatiga nisbatan talablarning keskin ortishiga olib kelmokda:
A)ta’lim sifatining o`qituvchi kasbiy bilimdonligi yuqorilashib borishini zarurligini kursatadi;
B)o`qituvchilarga ko`plab ilmiy va ijodiy masalalarni kuyish va yechishlariga to`g`ri kelmokda, bu esa o`qituvchining ilmiy va ijodiy xususiyatlari ortib borishiga olib keladi. Shunday kilib, kelajak o`qituvchining uzluksiz ijodiy shaxsga aylanishi zarurligini kursatadi;
V)murakkablashib borayotgan tarbiya o`qituvchidan yuqori darajadagi intellegentlikni va ruxiy-ma’naviy xulkining ortib borishiga talab kilmokda.
G)21-asr o`qituvchidan o`qitish va tarbiyaning ilgor texnologiyalaridan va ajdodlarimiz bitiklaridan doimo foydalana borishini talab kilmokda.
PEDAGOGIK TAJRIBANI TO‘PLASH TIZIMI Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. Ma'lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug’iladi. O'qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e'tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo'ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni echish jarayonidir. O'qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish usullarida, ularni xal qila olish yo'llarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi.
Pedagogik ijodkorlik manbai- bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba-muammoli vaziyatlarga juda boydir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda, biz o'qituvchining o'z pedagoglik vazifasiga ijodiy yondashishni, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasida yangi, samarali yo'l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz.
Ilg’or pedagogik tajriba o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan ish shakli, ish usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o'quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:
umumnazariy tadqiqotni pedagogik turkum fanlarning qaysi yo’nalishlariga taalluqli ekanligi: tarbiya nazariyasi, didaktika, ijtimoiy pedagogika va boshqa
alohida mavzular yo’nalishi bo’yicha;
tavsiyalar (yoki tavsiyalarni amalga tatbiqi bo’yicha).
Mazmun va mohiyatidan kelib chiqib, ilg’or pedagogik tajribalar quyidagi asosiy funktsiyalarni bajarishi mumkin.
1. Ilmiy bilimlarni amaliy tajribalardan oldinda bo’lishi, ya’ni fan yangilikni yaratadi, ammo hali ta’lim amaliyotiga to’liq yetib bormagan bo’ladi. Ammo mohiyatan pedagogik nazariya va amaliyotga dialektikasi bir-birini to’ldirib, nazariya bilan amaliyotning birligi printsipiga asoslanishi lozim.
2. Ilmiy bilimlarni amaldagi tajribalardan o’zib ketishi, nazariy tadqiqotlar va nazariy muammolarni hal etishga qaratiladi.
3. Keltirilgan tavsiyalar asosida pedagogik kontseptsiyalar va ilg’or tajribalarni turli sharoitda sinovdan o’tkazish.
4. “Ishonchli, ilmiy asoslangan” deb topilgan tajribalarni ommaviy ravishda ta’lim amaliyotiga tatbiq etish.
Pedagogik tajriba o'qituvchining o'quv ishlari jarayonida egallaydigan bilimi va ko'nikmalari yig’indisidir. Bu o'qituvchining Педагогик маҳорат ва техникаi bo'lib, u pedagogika fanining rivojlanishida boshlang’ich omil hisoblanadi. Pedagogik tajriba to'plash tizimi:
1.Maqsadni belgilash (nimani o'rganaman).
2. Tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
3. Yutuqlarni aniqlash.
4. Ma'lumot to'plash.