Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi


-§. Fizik kattaliklar. Tezlik. Tezlanish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

 
2-§. Fizik kattaliklar. Tezlik. Tezlanish.
Reja: 
1. Fizik kattaliklar. O’lchov birliklari. 
2. To’g’ri chiziqli tekis harakat. Tezlik. 
3. To’g’ri chiziqli notekis harakat. Tezlanish. 
Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar: Fizikada aniq o’lchashlar asosiy rol 
o’ynaydi. Bu o’lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga 
misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. 
Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini 
ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomonidan o’lchash mumkin. Fizik 
kattaliklarni o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan 
solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik 
kattaliklarni aniq o’lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi. 
O’lchov birliklari ixtiyoriy ravishda tanlab olinishi mumkin. Ilgari 
zamonlarda ular amaliy xarakterdagi mulohazalarga bog’lab tanlangan: 
masalan qadimgi ruscha uzunlik birligi “lokot” (tirsak) yoki inglizcha birlik 
“fut” kabi o’lchov birliklari kishi tanasining o’lchamlari bilan bog’liq. 
XVIII asrda fransuz olimlari o’lchov birliklarini vaqt o’tishi bilan 
o’zgarmaydigan o’bektlarga bog’lab, ularning “absolyut” sistemasini 
yaratishga urinib ko’rdilar. Masalan, uzunlik birligi uchun meridian 
uzunligining 1| 40000000 bo’lagini olishga qaror qilindi. Ammo xuddi 
shunday uzunlikdagi chizg’ichni xatosiz yasash hech mumkin emas. Boshqa 
“absolyut” birliklarni belgilahsda ham shunga o’xshash qiyinchiliklarga duch 
kelindi. Shuning uchun o’tgan asrning oxiridan boshlab birliklar namuna 
jismlar yordamida belgilanadigan bo’ldi. M: 1960 yili Xalqaro konferensiyada 
qabul qilingan xalqaro birliklar sistemasida (SI) uzunlik birligi (metr) uchun 
shunday uzunlik qobul qilinganki, unga kripton 86 izotopining (Kr86) 
bo’shliqda hosil qilingan spektrdagi sariq to’lqin uzunligidan 1650763,73 tasi 
joylashadi: 1m=1650763,73

(Kr86)


 Xalqaro birliklar sistemasida massa birligi uchun iridiyli platinadan 
yasalgan, o’lchov tarozilarning Xalqaro byurosida saqlanadigan jismning 
kilogramm deb ataladigan massasi qabul qilingan.
Vaqt birligi uchun 1900 yil 1 yanvaridagi tropik yilning 1| 31556925, 
9747 qismiga teng vaqt qabul qilingan. Tropik yil deb Quyoshning ekliptika 
bo’yicha qilinadigan ko’rinma harakatida boxorgi tengkunlig nuqtasi orqali 
ikki marta o’tshi orasidagi vaqtga aytiladi. 
Xalqaro birlik sestemasida Asosiy birliklar uchun quydagi 6 ta birlik 
qabul qlingan: uzinlik birligi – 1 metr massa birilgi 1 kilogram (1kg), vaqt 
birligi 1 sekund (1sek), temperatura birligi – 1gradus, tok kuchi birligi – 
1amper (1A), yorug’lik kuchi birligi – 1 sham (1sh). 
Harakatlar bir-biridan shu bilan yqqol ravishda farqlanadiki, jismlar teng 
vaqtlar oraliqlarida har xil yo’llarni bosib o’tishlari mumkin. Harakatlar 
orasidagi bu farqni xarakterlash uchun tezlik tushunchasini kiritamiz.
Biz hayotda tezlik deganda, vaqt birligida bosib o’tgan yo’lni 
tushunamiz. Agar teng vaqtlar oraliqlarida moddiy nuqta teng yo’l yursa, 
bunday harakatga tekis harakat deyiladi va harakat to’g’ri chiziqli bo’lsa, tekis 
harakat tezligi uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz. 
dS
V
dt


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin