Tarmoq razvedkasini amalga oshirishni o‘rganish



Yüklə 17,03 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü17,03 Kb.
#193899
5-amaliy ish (2)


5- amaliy ish

Tarmoq razvedkasini amalga oshirishni o‘rganish


Ishdan maqsad: maxsus dasturiy vositalarni qo‘llash orqali tarmoqda turli xil razvedka hujumlarini amalga oshirish, ularning imkoniyatlarini o‘rganish va bu borada bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy qism
Tarmoq razvedkasi - mijozning axborot tizimi, axborot tizimining resurslari, foydalaniladigan qurilmalar va dasturiy ta'minot, ularning zaif tomonlari, himoya vositalari, shuningdek, axborot tizimiga kirish chegarasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish va qayta ishlash.
Tarmoq razvedkasi DNS so‘rovlari, ping tekshiruvi va portni skanerlash shaklida bo‘ladi. DNS so‘rovlari ma'lum bir domenga kim egalik qilishini va ushbu domenga qanday manzillar tayinlanganligini tushunishga yordam beradi. DNS tomonidan topilgan manzillarga ping jo‘natish sizga ma'lum bir muhitda qaysi xostlar ishlayotganligini ko‘rish imkonini beradi. Xostlar ro‘yxatini hisobga olgan holda, xaker ushbu xostlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlarning to‘liq ro‘yxatini tuzish uchun portni skanerlash vositalaridan foydalanadi. Va nihoyat, xaker xostlarda ishlaydigan ilovalarning xususiyatlarini tahlil qiladi. Natijada, xakerlik uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar olinadi.
Zamonaviy tarmoq razvedkasi, faoliyatning maqsadlari, ko‘lami va vazifalarni bajarish uchun qo‘yilgan vazifalar xarakteriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • strategik;

  • taktik.

Taktik razvedka hujumchilarning harakatlarini ta'minlaydi. Bularga tajovuzkorlar ham, axborot tizimini sinovdan o‘tkazuvchi mutaxassislar ham kiradi. Taktik razvedka quyidagi ma'lumotlarni ochib beradi:

  • texnik jihozlar,

  • dasturiy ta'minot uskunalari,

  • pochta serveridagi zaifliklar,

  • xizmatlar va pochta mijozlari,

  • tarmoq segmentlarining chegaralari,

  • foydalanilgan aloqa kanallari (turi, tarmoqli kengligi),

  • axborot tizimlariga hujumni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha maqbul qarorlarni qabul qilishga yordam beradigan tarmoq va/yoki serverga davlat (geografik, tijorat) egalik qilish.

Ushbu ma'lumotlar elektron vositalar orqali uzatiladigan ma'lumotlarni ushlab turish orqali olinadi.
Amaliy qism
Nmap dasturiy vositasi tarmoqda mavjud domenning host tizimi, portlari, foydalanuvchi xizmatlari va ulardagi xavfsizlik vositalari haqida axborot yig‘uvchi vosita hisoblanadi. Undan foydalanish interfeysning soddaligi tufayli qulaydir.
Dastlab bravzer orqali biz tekshirmoqchi bo‘lgan saytimiz manzili aniqlab olinadi (7.1-rasm).
Aniqlangan manzil Nmap dasturiga qo‘yiladi. Buning uchun dasturda “Nishon (Цель - Target)” qismi mavjud bo‘lib, u tekshirilishi lozim bo‘lgan sayt manzilini qabul qiladi. So‘ngra “Skanerlash” tugmasi bosiladi. Bundan oldin “Profil” qismidan bizga kerakli bo‘lgan skanerlash turi tanlanadi (7.2-rasm).

7.1-rasm. Sayt manzilini aniqlash

7.2-rasm. Skanerlash profillari
“Skanerlash” tugmasi bosilganidan so‘ng, dastur biz kiritgan manzilni tekshirish boshlaydi. Tekshirish “Nmap Done” xabari chiqmagunigacha davom etadi.

7.3-rasm. Skanerlash jarayoni
Dasturning asosiy oynasida skanerlash jarayoni tugaguniga qadar barcha xabarlar ketma-ketligi berib boriladi.

7.4-rasm. Skanerlash yakunlangan holati
Dasturning “Portlar (Ports - Порты)” bo‘limida biz skanerlagan sayt o‘rnatilgan hostdagi ochiq yoki firewall yordamida bloklangan portlar ro‘yxati, ulardan foydalanuvchi xizmatlar, portlar holati, protokoli va versiyasi haqida ma’lumot olishimiz mumkin.

7.6-rasm. Portlar (Ports - Порты) bo‘limi
Dasturning “Topologiya” bo‘limida bizning tarmoq qurilmamizdan sayt faoliyat olib boruvchi hostgacha asosiy yo‘nalishni ko‘rishimiz mumkin.

7.7-rasm. Topologiya oynasi
“Uzel parametrlari (Getaway detail – Детали узла)” bo‘limida hostda o‘rnatilgan OT va skanerlashning umumiy natijalarini ko‘rish mumkin.

7.8-rasm. Uzel parametrlari bo‘limi
Dasturning asosiy oynasida saytdagi xavfsizlik parametrlari haqida to‘liqroq ma’lumot olish mumkin. Masalan, ssl sertifikati, kalitlar haqida ma’lumot, ssh protokoli va hokazo.

7.9-rasm. SSL sertifikati haqida ma’lumot

7.10-rasm. ftp va ssh haqida ma’lumot
Topshiriq
3 ta web sayt tanlang va ularni Nmap vositasi yordamida tekshiring. Natijalarni solishtiring va farqlarni toping. Topilgan natijalar Xavfsizlikka qay darajada ta’sir ko‘rsatishini izohlang.
Nazorat savollari

  1. Razvedka hujumi nima?

  2. Tizimdagi zaifliklardan qay maqsadlarda foydalanilsa bo‘ladi?

  1. Daryo.uz

Gazeta

Inbazar.uz

Ochiq portlar - 9



Ochiq portlar – 7



Ochiq portlar - 12



Filtirlangan portlar - 0



Filtirlangan portlar - 0



Filtirlangan portlar - 6



Yüklə 17,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin