Бойсун туман ҳокимлиги томонидан



Yüklə 365 Kb.
səhifə2/16
tarix02.02.2022
ölçüsü365 Kb.
#51976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Устав ва Пед кенгаш36

U MUMIY QOIDALAR

1.1. 54-umumiy o’rta ta’lim muassasasi (bundan keyin matnda maktab) O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida”gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi “2004-2009 yillarda maktab talimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 321- sonli, 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi “Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy - iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida”gi 63-sonli, 2011-yil 1-martdagi “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 52-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo’lib, o’z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga, Hukumatning, Xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko’rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi.

1.2. Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, u o’quvchi yoshlarga I-IX sinf hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’lim muasasasidir.

1.3. Maktab Xalq ta’limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shtampiga, g’aznachilik bo’limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega bo’ladi.

1.4. Maktab umumiy o’rta ta’lim muassasasini attestastiya va akkreditastiya qilish natijasiga ko’ra davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestastiya boshqarmasi o’tkazgan attestastiya natijalariga ko’ra Xalq ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta’limning bir turidan boshqa turiga o’zgartirilishi mumkin.

1.5. Maktab manzili: 190404. O’zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Sangchil mahallasida joylashgan.


Yüklə 365 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin