Bojxona qoidalari: Qaysi holatlarda deklaratsiya to’ldirish kerak?



Yüklə 309,67 Kb.
səhifə8/12
tarix09.03.2022
ölçüsü309,67 Kb.
#53506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13-маruza

4-jihat. Tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o’tmagan va bunda tovarning qiymatiga tegishli tuzatishlarni kiritish imkoniyati bo’lishi lozim.

Agar tuzilgan shartnomasi shartlariga ko’ra sotib oluvchi tovarning qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga o’tkazishi kerak bo’lsa-yu, lekin, bunday qism miqdori yoki uni belgilash usuli shartnomada ko’rsatilmagan bo’lsa, 1-usulning qo’llanilishi mumkin emas.

Biroq shartnoma shartlariga ko’ra, tushumning beriladigan qismi miqdorini hisoblab chiqish mumkin bo’lsa, unda bojxona qiymati ikki bosqichda belgilanadi.

Birinchi bosqich. Bojxona qiymati tovar olib kelinishi paytida 1-usul bilan aniqlanadi va uning olib chiqib ketilishi belgilangan tartibda bojxona organining belgisi qo’yilgan holda amalga oshiriladi.

Ikkinchi bosqich. Tovarni qayta sotgan, undan foydalangan yoki uni tasarruf etgandan so’ng import qiluvchi olingan summa miqdori va sotuvchiga beriladigan summa haqidagi ma’lumotlarni aks etuvchi hujjatlarni taqdim etadi.

Ana shu ma’lumotlar asosida bojxona qiymati va binobarin, undirilishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlari summasiga tuzatishlar kiritiladi.




Yüklə 309,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin