Bola huquqlari konvensiya



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə11/17
tarix19.10.2023
ölçüsü39,05 Kb.
#157662
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
BOLA HUQUQLARI TO

30-modda
Etnik, diniy yoki til jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi yoxud tub aholiga mansub shaxslar yashaydigan davlatlarda ana shunday ozchilikka yoki tub aholiga mansub bolaning mazkur guruh boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z madaniyatidan foydalanish, o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish, shuningdek, ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmasligi lozim.
31-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va bo‘sh vaqtini o‘tkazish huquqini, o‘zining yoshiga mos keladigan o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug‘ullanish huquqini e’tirof etadilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama qatnashish huquqini hurmat qiladilar, rag‘batlantiradilar hamda madaniy va ijodiy faoliyat, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun tegishli teng imkoniyatlar yaratib berilishiga ko‘maklashadilar.
32-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda uning sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan yoxud sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar keltiradigan har qanday ishlardan himoya qilinish huquqini e’tirof etadilar,
Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning amalga oshirilishini ta’minlash uchun qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek, ta’lim sohasidagi chora-tadbirlarni ko‘radilar. Ana shu maqsadlarda, boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda, ishtirokchi-davlatlar, jumladan:
ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh yoki eng kichik yoshlarni belgilab qo‘yadilar;
kundalik vaqtdagi ishning muddati va mehnat sharoitiga doir zarur talablarni aniqlaydilar;
ushbu moddaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun jazoning tegishli turlari yoki boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadilar.
33-modda
Ishtirokchi-davlatlar tegishli xalqaro shartnomalarda belgilab qo‘yilganidek, bolalarni giyohvandlik va psixotrop moddalarini g‘ayriqonuniy ravishda iste’mol qilishdan himoya etish maqsadida zarur barcha chora-tadbirlarni, jumladan, qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek ta’lim sohasidagi choralarni hamda ana shunday moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda ishlab chiqarishda va ularni sotishda bolalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radilar.

Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin