Bola huquqlari konvensiya



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə10/17
tarix19.10.2023
ölçüsü39,05 Kb.
#157662
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
BOLA HUQUQLARI TO

28-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini e’tirof etadilar hamda ana shu huquq teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, jumladan:
bepul va majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy etadilar;
ham umumiy, ham kasb-hunar bo‘yicha o‘rta ta’limning turli shakllari rivojlanishini rag‘batlantiradilar, bunday ta’limdan hamma bolalar bahramand bo‘lishlarini ta’minlaydilar hamda bepul ta’lim joriy etish va zarurat tug‘ilgan hollarda moliyaviy yordam ko‘rsatish singari zarur choratadbirlarni ko‘radilar;
barcha zarur vositalar yordamida har bir bolaning qobiliyati asosida oliy ta’limdan bahramand bo‘lishini ta’minlaydilar;
barcha bolalar uchun ta’lim va kasb-hunar tayyorgarligi sohasida axborot hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradilar;
bolalarning maktabga muntazam borishlariga ko‘maklashish hamda maktabni tashlab ketadigan o‘quvchilar sonining kamayishi uchun chora-tadbirlar ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar maktab intizomi bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmatlash o‘z ifodasini topgan usullar yordamida hamda ushbu Konvensiyaga muvofiq olib borilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar ta’limga taalluqli masalalar bo‘yicha, jumladan, butun dunyoda johillik va savodsizlikni tugatishga yordam beradigan hamda ilmiy-texnikaviy bilimlar va o‘qitishning zamonaviy usullariga yo‘l ochishni yengillashtiradigan maqsadlarga qaratilgan xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar va rivojlantiradilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berilishi zarur.
29-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar:
bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishi;
inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga hurmatni tarbiyalash;
bolaning ota-onaga, uning madaniy o‘ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy qadriyatlariga, o‘zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash;
bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar va ayollarning tengligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o‘rtasida do‘stlik ruhida tayyorlash;
atrof-tabiatga hurmatni tarbiyalash.
Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgai tamoyillarga rioya qilgan holda rahbarlikni amalga oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.

Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin