International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https:
econferencezone.org 22
nd
July 2022
46
BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY VA BIOLOGIK OMILLAR
Abdullayev Shahzod Zarifboy o’g’li
Pedagogika
fakulteti, Urganch Davlat Universiteti, Xorazm, O’zbekiston.
Shonazarova Sevara Anvar qizi
Pedagogika fakulteti, Urganch Davlat Universiteti, Xorazm, O’zbekiston.
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning psixik rivojlanishi va bola psixik rivojlanishdagi ijtimoiy va
biologik omillar keltirilgan bo’lib, bu omillar yuzasidan olimlarning o’tkazgan tajribalari va
tadqiqot nazariyalari keltirilgan.
Kalit so’zlar: psixik rivojlanish, inson, xulq-atvor,
biogenetk kontseptsiya, sotsiogenetik
kontseptsiyadir,
«
tabiiy kuchlari» , «
tug’ma mayllar» «top-toza taxta», jinsiy
ehtiyojlar,
biologik omillar, ijtimoiy muhit.
Asosiy qism:
Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat
qonunlarini o’rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim
va dolzarb maqsadlaridan biridir.
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir.
Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga
pedagogik
jihatdan
ta`sir
ko’rsatishning
zarur
holatidir.
Inson
- biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug’ma ravishda
tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, ko’rish
yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy
nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti
va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan,
axloqiy
odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
Xo’sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar
sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga
egami?
Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir
etuvchi omillarning
muammosi o’z mohiyati jihatidan g’oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan.
Inson
shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim
biogenetk
kontseptsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim
sotsiogenetik kontseptsiyadir.
Inson shaxsining tarkib topishini
tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning
ikkinchi yarmida maydonga kelgan.