Ikkinchi farzand (yoki o‘rtancha) odatda kattalarga tobe, o’zgalar ko’magiga muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo’lib o’sadi. U akasi yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq bo’lib ko’rinadi, chunki tug’ilganidan yonida undan kattalar borligiga u ko’nikib boradi. O’rtancha farzandlardan yaxshi san‟atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin.
Kichik farzand umrining oxirigacha o’zini kichikman, deb his qilishga moyil bo’ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha g’amxo’rlik og’ushida bo’lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda o’zini muhofazada, xavfsizlikda his etishga moyil bo’ladi va buni o’zgalardan talab ham qiladi. Ularning kayfiyati ko’pincha yaxshi bo’lib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq bo’ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo’lishi kuzatilgan, oilada kichik farzand bo’lganlar salga ajralishni o’ylaydi, chunki ulardan yaxshi vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. Shu bois, turmush qurishga ham unchalik shoshmaydi, chunki o’ziga mas‟uliyatni olishni yoqtirmaydi.