Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining
tutgan o’rni
Nilufar Rustam qizi Do’sjonova
Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Maqolada
oila haqida qisqacha tushuncha, oilada ota-onalar
o’rtasida kelib chiqadigan nizolarning, mojaroli vaziyatlarning bola psixikasiga ta’siri
va shuning natijasida kelib chiqadigan kasalliklari, uning nima sababdan kelib
chiqgani, shu bilan birgalikda ma’naviy barkamol
insonni tarbiyalashda oilaning,
maktab jamoasidagi o’qituvchi, pedagog-psixologlarning tutgan o’rni hamda bolani
qanday tarbiyalash usullari, u bilan jonli muloqot qilish yo’llari yoritib beriladi.
Kalit so’zlar: Oila, maktab, bola, ota-ona, o’qituvchi, muloqot, avtoritar,
demokratik, liberal, konsepsiya, giperaktiv sindrom, muloqot, ishontirish, ta’sir qilish
va ma’qullash.
The role of family, school and neighborhood communities in
child education
Nilufar Rustam kizi Dosjonova
Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz
Abstract: In the article, a brief
understanding of the family, the impact of
conflicts between parents in the family, conflict situations on the child’s psyche, and
the diseases that arise as a result of this, what is the cause of it, and at the same time,
the role of the family in raising a spiritually mature person. The role of the teacher,
pedagogue-psychologists in the school team,
the methods of raising a child, and the
ways of live communication with him will be explained.
Keywords: Family, school, child, parent, teacher, communication, authoritarian,
democratic, liberal, concept, hyperactive syndrome, communication, persuasion,
influence and approval.
“Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o’z farzandlari baxtu- saodati,
faz-lu kamolotini ko’rish uchun butun
hayoti davomida kurashadi, o’zini ayamaydi.
Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar,
qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy
hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi”.
(Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov)
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
726
Bugungi kunda oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo’g’in
hisoblansa-da, u shaxsni to’liq tarkib toptira olmaydi. Ana shunda maktab va
jamoatchikka ehtiyoj seziladi. Bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o’qish
davrida ham, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida
bolalarning dunyoqarashi, xulqi, didiga ta’sir ko’rsatadi. Oila a’zolarining ma’naviy
birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki
va asosiy omillaridan
biri hisoblanadi. Oilada kundan-kun kamolga yetib borayotgan farzand atalmish
ne’mat, eng avvalo, shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an’analariga to’la
amal qilmog’i, qolaversa, ota-onaning o’zi farzandiga ibrat bo’la olishi lozim.
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam
bog’lamay turib tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirib
bo’lmaydi. Estetik, axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib,
ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi va kamol topadi. Oilaviy tarbiya
mazmunining tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi.
Bola yoshlik davrida oilada olgan ta’lim- tarbiyasini butun umri davomida saqlab
qoladi. Bola hayotini asosiy qismini oilada o’tkazadi, o’zining ta’sir kuchiga ko’ra
hech qanday tarbiya vositasi oila bilan bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari
tarkib topdiriladi, maktabga borganda esa bola shaxs sifatida shakllangan bo’ladi. Oila
bolalarga ijobiy va salbiy ta’sir etish omili bo’lishi mumkin. Bola shaxsiga ijobiy ta’sir
etish shundan iboratki, oilada bolaga eng yaqin insonlardan - ota-ona-buvi-buva- aka-
opalardan tashqari hech kim ulardek bolani yaxshi ko’rib, u haqida qayg’urmaydi. Shu
bilan birga bola shaxsini shakllantirishga, ularga tarbiya berishda oila salbiy ta’sir ham
ko’rsatishi mumkin. Oilani o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda,
oilani bolaga ijobiy ta’sirini oshirib, salbiy ta’sirini kamaytirish zarur. Buning uchun
esa tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillarni aniq
belgilash lozim. Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o’rtasida qalban
yaqinlikka va axloqiy bog’likka erishishdir. Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini
o’z holiga tashlab qo’ymas!igi kerak, ayniqsa, katta bo’la boshlagan bolani o’z holiga
tashlab qo’ymasligimiz kerak. Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi,
kuzatadi va o’zini turli hil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi. Biz bolani
nimaga o’rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash kerak, bola kattalarni
aytgan gaplari amalda ham bir xil bo’lishini ko’rishi kerak (masalan: agar bola har kuni
ota-onasi tomonidan yolg’on gapirish mumkin emasligini eshitsa-yu, lekin ota-ona o’zi
sezmagan holda shunday qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasi darz ketadi). Har bir
ota-ona farzandlarida o’zlarining davomchilarini ko’radi
va albatda farzandlarining
o’zlari xohlagan inson bo’lishlarini xohlaydilar. Ammo ayrim vaziyatlarda oilada
nohushliklar, mojaro hamda nizolar kelib chiqadi va bular o’z navbatida bolaga
bevosita o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Mojaroli vaziyatlarni hal etish uchun
quyidagilarga rioya qilish kerak.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
727