Bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni



Yüklə 332,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix27.03.2023
ölçüsü332,31 Kb.
#90219
1   2   3   4   5
4480-Article Text-8705-1-10-20221204

1. Avtoritar uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar.
- o’zi yakka holda guruh faoliyatining yo’nalishlarini belgilaydi; o’zi 
o’quvchilarga ko’rsatmalar va buyruqlar beradi; ta’lim-tarbiyaviy jarayonga 
javobgarlikni o’z zimmasiga oladi; o’quvchilarning unga so’zsiz bo’ysunishini da’vo 
qiladi; qattiq intizom asosida ish olib boradi; topshiriqlarning to’liq bajarilishini talab 
qiladi; gap qaytargan, fikr bildirgan o’quvchini yoqtirmaydi; aytgan tashakkuri ham 
buyruqdek chiqadi, so’zlari qattiq va qo’pol; o’quvchilarga biror muammoni to’liq 
tushuntirmasdan talab qiladi. O’qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi 
sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi. 
2. Demokratik uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar. 
- pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr-mulohazalariga tayanib 
ta’limtarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, 
rivojlantiradi, o’quvchilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; muloqot 
jarayonida o’quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida 
qo’llaydi; muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy 
muomala.
3. Liberal uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar.
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; sinf jamoasining 
tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki 
qarab chiqadi; o’z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o’zini olib qochadi; 
o’quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; o’quvchilar 
kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg’am qaraydi; o’z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik 
bilan munosabatda bo’ladi. [3] 
O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti samarali bo’lishi uchun suhbatdoshni 
o’ziga moyil qilib olish zarur. O’zaro moyillikka erishish uchun amalda qo’llanilib 
kelinadigan bir qator murakkab bo’lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan 
foydalaniladi. Ularning eng muhimlari o’quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish 
va ma’qullash usullaridir. 
❖ Ishonchini qozonish usuli o’quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir 
ko’rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o’quvchi ongiga qaratilgan bo’lib, 
idrok qilish orqali o’quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda 
tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
732


usuli muloqot dasturi sifatida darsdan tashqari jarayonlarda, o’quvchi bilan yakka 
holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo’llamladi. Ishonchini qozonish 
usuli yordamida o’qituvchi o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o’z-
o’zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini o’stiradi.
❖ Ta’sir etish va ma’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki 
suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko’rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish 
vositasi sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida 
o’qituvchi o’quvchi ruhiyatiga va xulq- atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko’zlab sezilarsiz 
ravishda psixologik ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu 
usul muloqot jarayonida o’qituvchi o’quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlarni faol 
takomillashtiradi. O’qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati 
bilan o’quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, 
o’qituvchi va o’quvchining yaqindan muloqotda bo’lishini, bir-birlariga ishonchini
topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi. Tosh 
DPU doktaranti M.Hamdamova uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida barkamol shaxsni 
shakllantirish jarayonini quyidagicha qo’llashni tavsiya etadi: Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida: Bunda tarbiyachilardan bolalarga onalarcha mehr berishlari, ularga 
muntazam ravishda muhabbat ko’rsatishni asosiy maqsad qilib qo’yishlari shart. 
Tarbiyachilar kundalik va yillik rejalarida barkamol shaxsni shakllantiruvchi maqsad 
va vazifalarni alohida ta’kidlab, bajariladigan ishlarni bayon etib borishlari shart. 
Odatda, tarbiyachilar o’z rejalari asosida o’zbek xalq ertaklaridan keng foydalanib 
kelishadi. Ertaklaridagi yaxshilik va yomonlik, mehribonlik, rahmdillik va 
toshbag’irlik, ezgulik va yovuzlikning o’zaro farqlari mazmun-mohiyatini 
kichkintoylarga yetkazib berishga harakat qiladilar. Shuningdek, ertak qahramonlarini 
chizish, yasash, musiqiy ohanglarni eshitish, raqs va bolalar qo’shiqlarini o’rgatish 
ham shu bosqichning tarbiyaviy qismi sanaladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 
bashlang’ich sinflari bu 7-11 yoshli bolalar bo’lib, odatda, ular juda qiziquvchan, 
o’yinqaroq, quvnoq va diqqatsizroqdir. Bu bolalar maktab ostonasiga qadam qo’ygan 
kundan boshlab savodxonlik darajasida faqatgina ustozining so’zini so’z deb tan oladi. 
Ularning fikrini ota-onalar ham o’zgartirishlari mushkul. Bu yoshdagi o’smirlarni 
yildan yilga atrof muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi. Ular ko’proq o’zlari 
qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi. Yolg’on so’zlash, 
qilgan aybini yashirin va kattalar oldida o’zini aqli raso qilib ko’rsatishga urinishadi. 
Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib borish uchun barcha 
o’qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-ko’y, nazorat inspeksiyasi hamkorligida 
tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yib borilmog’i lozim. Bolalarni teatr, muzeylarga olib 
boorish, asosan, maktab zimmasida qolgan. Ammo shunga yarasha ota-onalar “Bugun 
teatrga boribsan, nima ko’rding, nimani tushunding” deb, besh daqiqa vaqt sarflash 
ota-onalarning vazifasidir. [4] 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
733


Ma’lumki, oiladagi yoki maktabdagi nizolar oqibatida yoxud bola dunyoga 
kelmasidan oldin bolalarda nuqsonlar va kasalliklar yuzaga keladi. Bolalik davridagi 
har qanday kasallik asab faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini 
o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun onaning homiladorlik davridan boshlab bolaning 
ruhiy salomatligini saqlash choralari ko’rilishi kerak. Homilador ayol asab tizimiga 
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan o’zini saqlay olsa, ruhan tetik bola tug’adi. 
Shuning uchun unga ruhiy sog’lom muhit yaratib berish lozim. Shu masalaga oid bir 
misol keltiramiz. Uyida yolg’iz qolgan homilador ayol zerikkanidan faqat pianinoda 
o’ziga yoqqan bitta kuyni chalar ekan. Bola tug’ilganidan so’ng xuddi shu kuy 
chalinsagina tinch uxlar ekan. Rivojlanishning jiddiy davrini o’rganish uchun nutqning 
shakllanish jarayonini misol qilib olish mumkin. Ma’lumki, nutqni egallab olish 
qobiliyati vaqt nuqtayi nazaridan chegaralangan. Inson hayotining dastlabki davrlarida 
nutqni ta’minlab beruvchi jarayon boshqa yordamchi mexanizmlar bilan 
mustahkamlanib borilmasa, nutq funksiyasi so’nadi. Masalan, vaqtida aniqlanmagan 
tug’ma karlik nutq rivojlanishiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda nutqni ta’minlab 
beruvchi sistema bola bir yoshga to’lmasdan buziladi. Bunday bolaning keyinchalik 
og’zaki nutqqa qobiliyati yo’qolib, faqat imo-ishoralarni tushunadi va imo-ishoralar 
bilan maqsadini atiofdagilarga tushuntiradi, xolos. Agar og’zaki nutq 4-5 yoshlarga 
qadar tiklanmasa, nutqning keyinchalik rivojlanishi katta shubha ostida qoladi. Boshqa 
funksional sistemalar shakllanishi jarayonida ham jiddiy davrlar mavjud bo’lib, biron-
bir tashqi yoki ichki salbiy ta’sir ostida sistemalararo aloqa xuddi shu davrda uzilib 
ketishi mumkin. Bunga qattiq qo’rquvdan so’ng bolada nutqning birdan yo’qolishini 
misol qilib keltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek shaxsning shakllanishi 
bolalik davridan boshlanadi. Ota-onaning yomon kayfiyati bolada aks etmasligi kerak. 
Bosiqlik, mehribonlik, talabchanlik, aql bilan to’g’ri munosabat o’rnatish bolada asab 
va ruhiy buzilishlarning oldini oladi. Kattalarning jahldorligi, bo’lar-bo’lmasga bolani 
koyish, unda asab-ruhiy funksiyalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nutq 
rivojianishida ruhiy funksiyalarning bir maromda rivojlanganligi katta ahamiyat kasb 
etadi. Bolada yozma nutq markazlarining sust rivojlanganligi so’zlarni to’g’ri yozishni 
o’rgatishda qiyinchiliklar tug’dirsa, og’zaki nutqning yetishmovchiligi o’qish va 
sanashning buzilishiga sabab bo’Iadi. Qo’lida qalamni to’g’ri ushlay olmaslik esa 
chiroyli yozish va chizishni o’rganishga xalaqit beradi. Shunday qilib, miya 
tuzilmalarining bir maromda rivojlanishi organizmning sinxron rivojlanishiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun individual rivojlanishning jiddiy davrlarida 
kuzatiladigan har qanday kasallik o’z vaqtida aniqlanib, unga davo qilinishi g’oyat 
muhim masala hisoblanadi. Endi eng murakkab muammolardan biri bo’lmish 
bolalarda uchraydigan giperaktiv sindrom haqida so’z yuritamiz. 

Yüklə 332,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin