Bola tarbiyasida oilaning o'rni. Reja



Yüklə 40,97 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü40,97 Kb.
#157661
BOLA TARBIYASIDA OILANING O


BOLA TARBIYASIDA OILANING O'RNI.
REJA:

  1. Oila-jamiyatning tayanchi.

  2. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi.

  3. Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o'z farzandlaringizni tartib-intizomga o'rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.

  4. Tarbiya ko’p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir.

  5. Xulosa.

Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg'ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan bolalarimizga bog'liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Ko'pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o'zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog'lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko'chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o'tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to'g'ri yo'lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go'zal xulqli bo'lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Oiladagi muhit ota-ona o'z ma'suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo'ladi. Bolalarning odobli bo'lib ulg'ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida ko'rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz.Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o'zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o'z odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bo'lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g'arb o'smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo'ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qo'yishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.
Inson hayoti davomida biror shaxsni o'ziga o'rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho'qqilarga chiqishni ko'zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari o'z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o'rnak qilib olishlari ko'p muammolarni keltirib chiqarmoqda.
XXI asrda turli hayot tarzlari va g'oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o'zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo'lishi lozim. Aks holda, o'zlikni yo'qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo'q manqurtga aylantirib qo'yadi. Hozirgi kunda g'arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning o'zligini yo'qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yo'naltirilgan.
Albatta bola tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o'z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko'lamini oshirish talabini qo'yadi.
Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o'z farzandlaringizni tartib-intizomga o'rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Bolalarni intizomga o'rgatish oila mustahkamligiga asos bo'ladi. Islom shu ma'noda ota-onalarni o'z farzandlariga sog'lom tarbiya berishga rag'batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta'kidlangan.
Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.
Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan.
Sharq allomalari o'z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar.
Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go'zal axloqning inson kamolotiga sabab bo'luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad hadislar to'plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g'ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan.
Yurtimiz ulamolari o'z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bo'lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar:
- farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinso'z, muloyim, bosiq va kamtar bo'lishiga e'tibor qarating;
- odamlar xursandchiligini baham ko'rish, g'am-anduhidan qayg'urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bo'ling;
- farzandingizga o'zgalar bilan muomala chog'ida boshqalarni g'iybat qilish, o'zgalarni mensimaslik, obro'si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat ko'rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;
- yoshi ulug' kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning ko'ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering.
Ota-bobolarmiz azaldan o'g'il qizlarning go'zal xulqli, odobli bo'lishiga katta ahamiyat berganlar. Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo'yiladi.
Farzand tarbiya qilganda odatda o'g'il bolalar tarbiyasi bilan ko'proq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shug'ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko'rishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so'z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o'rganadi, asosiy ma'lumotni shu yosh oralig'ida egallaydi. Bu davrda biz ko'proq amaliy jihatdan namuna bo'lishga urinishimiz, sog'lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo'ladi.
Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi. Loqaydlik yomon illat bo'lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo'l ochadi. Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va manfaatli ilm hamda yaxshi amalni o'rgatmagani oqibatida o'z farzandidan zarur ijobiy hislatlarni shakllantira ololmagan. Farzand ham otasining yaxshi tarbiyasidan mahrum bo'lib o'sadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr o'smirlik payti bo'lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan o'rganadi. Bu davrda farzand to'g'ri yo'lga solinsa, tarbiyali do'stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo'lib, yaxshi inson bo'lishi uchun muhim qadam qo'yiladi.
Odatda onalar o'z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo'l qo'ygan xatolari, qo'l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola o'z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo'rqmasdan qilaverishi mumkin.
Mehr-muhabbat berishda ham me'yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to'g'ri-noto'g'ri xatti-harakatlarini ma'qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman tarbiyasiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan sustlashtirib qo'yadi, mehr ko'rsatish esa uni yanada faol bo'lishga undaydi. Erka o'sgan bola faqatgtna shaxsiy manfaatlarini ko'zlaydigan, ma'suliyatsiz bo'lib voyaga yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo'lib yetishida onaning xizmati juda zarur va muhimdir. Bolalik chog'ida farzandning qalbi o'ta yumshoq va ta'sirga beriluvchan bo'ladi. Shu bois diniy ta'limotlarda bolalarni mehr bilan erkalash, farzandning bolalik davrini xursand o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, qiz bolaning ko'ngli nozik bo'lishini hisobga olib, ularga alohida mehr ko'rsatishga chaqiriladi. Diniy ta'limotlarda ota-ona o'z farzandlariga ta'lim-tarbiya berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad (alayhissalom):
“Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo'lmagan vaqt uchun tug'ilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning o'z zamonasi ilm-fani, ta'limiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.
Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.
Islom ta'limotida yosh avlodning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni o'rgatinglar”, deganlar.
Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda Ijtimoiy tarmoqlar to'ri tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa vositalari bo'lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to'liq shakllanmagan sust yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, o'quv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.
Tarbiyadan tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sir bu, eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratishi talab etiladi. Ya'ni, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qaerga borishi, nima bilan shug'ullanishini nazorat qilish lozim.
Farzandga bilim olish uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Ilm olish har bir musulmon va muslima uchun farzdir”, deb marhamat qilganlarida, o'g'il va qiz farzandlarimizga ilm olish uchun barobar sharoitni ta'minlash kerakligini nazarda tutganlar.
Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa “kitobxonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilingan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, “Aybuk” tarzidagi kitob-kafe do'konlari va boshqalar so'zimizning yaqqol misolidir.
Ota-ona farzandiga vaqtni unumli o'tkazishni o'rgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin bo'lgan usullardan yana biri-zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir.
Ota-ona bolada estetik tarbiya, go'zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni o'zi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida go'zallik latofatini singdirishi muhim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o'zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo'ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o'z ota-bobolariga, o'z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo'lib kamol topishsin. Bolaning oiladagi o'rni An'anaga ko'ra, asosiy ta'lim muassasasi oila hisoblanadi. Bola bolaligida oilada nimani qo'lga kiritsa, u keyingi hayoti davomida saqlab qoladi. Oilaning tarbiya muassasasi sifatidagi ahamiyati shundan iboratki, inson hayotining salmoqli qismida va uning insonga ta’sir qilish davomiyligi bo‘yicha hech bir ta’lim muassasasini oila bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bu bolaning shaxsiyatiga asos soladi va u maktabga kirgunga qadar uning yarmidan ko'pi allaqachon shaxs sifatida shakllangan. Oila tarbiyaning ham ijobiy, ham salbiy omili sifatida harakat qilishi mumkin. Bolaning shaxsiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan narsa shundaki, oilada unga eng yaqin odamlar - onasi, otasi, buvisi, bobosi, ukasi, opa-singillaridan boshqa hech kim bolaga yaxshi munosabatda bo'lmaydi, uni sevmaydi va unga e'tibor bermaydi. u haqida juda ko'p. Shu bilan birga, boshqa hech qanday ijtimoiy institut bolalarni tarbiyalashda oila kabi zarar etkaza olmaydi. Oila - bu ta'limda asosiy, uzoq muddatli va eng muhim rol o'ynaydigan alohida turdagi jamoa. Xavotirli onalar ko'pincha tashvishli bolalarni tarbiyalaydi; shuhratparast ota-onalar ko'pincha o'z farzandlarini shunchalik bostirishadiki, bu ularda pastlik kompleksining paydo bo'lishiga olib keladi; arzimagan qo'zg'atishdan jahlini yo'qotadigan o'zini tuta olmaydigan ota, ko'pincha o'z-o'zidan bilmagan holda o'z farzandlarida xuddi shunday xulq-atvorni shakllantiradi va hokazo. Oilaning alohida tarbiyaviy roli bilan bog'liq holda, oilaning bola tarbiyasiga ijobiy ta'sirini maksimal darajada oshirish va salbiy ta'sirini minimallashtirish uchun buni qanday qilish kerakligi haqida savol tug'iladi. Buning uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oila ichidagi ijtimoiy-psixologik omillarni to‘g‘ri aniqlash zarur. Kichkina odamni tarbiyalashda asosiy narsa ma'naviyatga erishishdir birlik, ota-onalarning bola bilan axloqiy aloqasi. Hech qanday holatda ota-onalar katta yoshda ham tarbiya jarayonini o'z yo'liga o'tkazishiga yo'l qo'ymasliklari kerak, voyaga etgan bolani o'zi bilan yolg'iz qoldirishlari kerak. Aynan oilada bola birinchi hayotiy tajribani oladi, birinchi kuzatishlarni amalga oshiradi va turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishni o'rganadi. Bolaga o'rgatgan narsamiz aniq misollar bilan tasdiqlanishi juda muhim, shunda u kattalarda nazariya amaliyotdan ajralib chiqmasligini ko'radi. (Agar farzandingiz har kuni yolg'on gapirish yaxshi emasligini aytadigan onasi va otasi buni sezmasdan, bu qoidadan chetga chiqishlarini ko'rsa, barcha ta'lim bekor bo'lishi mumkin.) Oila nafaqat ikkining baxti, balki farzandlarining baxti uchun ham yaratilgan. Bolalar - bu turmush o'rtoqlar sevgisining haqiqiy, aniq timsolidir. Oilada birinchi o'g'ilning paydo bo'lishi turmush o'rtoqlarni chinakam yaqin, qarindosh qiladi. Ayni paytda, savolga: "Qachon va qancha bola bo'lishi kerak?" turmushning birinchi kunlarida allaqachon javob berish kerak. Odatda baxtli, barqaror oilalarda ikkinchi va keyingi bolalar tug'iladi. Konfliktli oilalar bir bola bilan chegaralanadi. Eng oqilona variant - nikohning birinchi yillarida bola tug'ishdir. Oilaning asosiy vazifasi bolalarni tarbiyalashdir. Va bu erda ham ota-onalarning roli va majburiyatlarini to'g'ri taqsimlash juda muhimdir. Ota-ona sevgisining shunday turi mavjudki, bola boshqa barcha manfaatlarni o'zgartirganda, unga maksimal kuch va vaqt beriladi. Va agar bunday lavozimni turmush o'rtoqlardan biri egallagan bo'lsa - nima bo'lishidan qat'i nazar. Ammo ikkalasi ham? Bunday holda, bola oilaning markaziga aylanadi, buzilgan, uning xohish-istaklari darhol amalga oshishiga o'rganadi. Turmush o'rtoqlarning o'zlari odatda ta'lim usullari haqida bahslashadilar, bir-birlarining pedagogik usullarini tanqid qiladilar, raqobatlashadilar, bolaning sevgisini izlaydilar. Agar ikkita bola bo'lsa, unda har bir turmush o'rtog'i o'zi uchun sevimlini tanlaydi va o'zining nozik his-tuyg'ularini faqat unga qaratadi. Agar oila yomon ishlasa yoki ota-onalikdan boshqa funktsiyalarni umuman bajarmasa, yashashi mumkin. Oila o'zi uchun yaratilgan ishni - bolalarni tarbiyalashni to'xtatsa, o'ladi. Yosh oilalar alohida e'tiborga loyiqdir. Yoshlikning infantilizmi, mas’uliyat tuyg‘usining susayishi, oilani zaiflashtirgan ota-onaga qaramlik haqida ko‘p aytiladi. Yosh oilalar uchun dam olish dolzarb muammo hisoblanadi. Birinchi farzandning paydo bo'lishi bilan yosh oilaning hayoti nihoyatda murakkablashadi. Bolalar bilan ishlashda hali ham tajriba yo'q, ota-onalar har bir arzimas narsadan qo'rqishadi, eng ahamiyatsiz sabablar haqida qayg'uradilar, ba'zida ular haqiqiy vahima ichiga tushadi. Farzandni kutish sevgi uchun haqiqiy sinovdir va uning tug'ilishi oilaviy rishtalarning mustahkamligi sinovidir. Ko'pgina nikohlar bola tug'ilgandan keyingi birinchi yilda buziladi, otalik sinoviga dosh bera olmaydigan erkaklar tashabbusi bilan buziladi. Aniqrog'i, xudbinligi barcha boshqa his-tuyg'ulardan kuchliroq bo'lgan erkaklar. Chaqaloq tug'ilgandan so'ng, yosh er unga g'amxo'rlik qilishdan voz kechishga haqli emas, u xotiniga bola haqida cheksiz tashvishlarda yordam berishi kerak, aks holda u o'zini ko'p quvonchlardan mahrum qiladi. Kichkintoyning barcha g'amxo'rligini yolg'iz xotiniga ishonib topshirib, erning o'zi unga boshqa hech narsa qilish imkoniyatini bermaydi, shu jumladan uy va o'zi. Bunday vaziyatda, bunday sharoitda, oilada muqarrar ravishda noqulaylik paydo bo'ladi. Er o'zini ortiqcha, keraksiz, sevilmagan his qila boshlaydi, buning uchun o'zini aybdor deb o'ylamaydi. Va yuqoridagilarning oqibati sifatida, er hamma narsani o'z xohishiga ko'ra o'zgartirishi mumkin degan fikrni tobora ko'proq chayqala boshladi. Qanday? Ajrashmoq! Va keyin - yana ozodlik, hech qanday tashvish, qichqiriq yo'q. Yana u suyukli, yagona, yaxshi ishlangan ... Bolaning kelishi bilan ayolga juda ko'p tuyg'u keladi, ko'pincha hatto eng sevimli eri ham bir muncha vaqt fonga tushadi. Va agar bu bola faqat ovqatlanadigan, uxlaydigan va ota-onalarga alohida tashvish tug'dirmaydiganlardan emas, balki uyqusiz tunlarni, tinimsiz g'amxo'rlik va asablarni talab qiladigan bola bo'lsa, unda his-tuyg'ulardan tashqari, onaning doimo kunning barcha soatlari unga tegishli. Farzandining qichqirig'idan to'lib-toshgan yoki onaning ovqat eyishiga rozi bo'lmayotgan bir paytda tikilmagan ilmoq yoki dazmollangan ko'ylakdan noroziligini bildirgan erning, yumshoq qilib aytganda, buning uchun sabab bo'lishi aniq. eng yaxshi tuyg'ular. Yosh ona esa to'yib uxlamagan, charchagan bo'lsa, erining da'volariga o'zi xohlagandek munosabat bildirmasligi mumkin. Albatta, xotin boshqa so'zlarni va boshqa ohangni topishi mumkin edi ... lekin uni ham tushuning. Shuning uchun, juda ob'ektivlik bilan ayollarni qoralab bo'lmaydi. Va faqat bitta yo'l bor: turmush o'rtoqlar birgalikda yangi tug'ilgan chaqaloqqa g'amxo'rlik qilish yukini ko'tarishlari va bir vaqtning o'zida bir-biriga o'ziga xos noziklik va sezgirlik ko'rsatishlari kerak. Bola uchun qo'rquv, ayniqsa hayotining birinchi yilida, ko'pincha yosh ota-onalar o'rtasida janjal va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Oila birlamchi hujayra sifatida insoniyatning tarbiya beshigi hisoblanadi. Oila asosan bolalarni tarbiyalaydi. Oilada bola birinchi mehnat ko'nikmalarini oladi. U odamlarning mehnatini qadrlash va hurmat qilish qobiliyatini rivojlantiradi, u erda ota-ona, qarindoshlar va do'stlarga g'amxo'rlik qilish tajribasiga ega bo'ladi, turli moddiy ne'matlarni oqilona iste'mol qilishni o'rganadi, pul bilan muomala qilish tajribasini to'playdi. Eng yaxshi misol bu ota-onalardir. Aksariyat hollarda bolalar ota-onalarning in'ikosidir. Albatta, tarbiyaviy vazifa shu bilan tugamaydi. Siz oilada o'z-o'zini tarbiyalash haqida ham gapirishingiz mumkin. Ota va onaning vazifalari Har doim oilada otaning o'rni katta bo'lgan va hech narsani almashtirib bo'lmaydi. Tabiatan va jamiyatga ko'ra, har bir erkak, xuddi har bir ayol - ona va xotin kabi, er, ota bo'lishga tayyor. Inson olamdan o‘tgandan keyin hamisha undan keyin nima qolishi haqida o‘ylaydi. Inson daraxtga o'xshab, ildizlari bilan qudratli ekanligi ajablanarli emas. Shuning uchun, turmush qurish, erkak katta mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi - ota bo'lish, oilada tayanch. Biroq, shahar turmush tarzining tarqalishi bilan, aslida, ko'pincha oilaviy hayotni ayol-xotin, ona boshqaradi. Oilaviy ishlarda ishtirok etish ulushining kamayishi tufayli otaning obro'si sezilarli darajada pasayib ketdi. Zamonaviy kvartiralarda hamma narsa bor va bolalar ko'pincha otalarining ish namunasini ko'rmaydilar. Uning ishi deyarli butunlay oiladan olib tashlangan. Yana bir narsa - bu ona. U ishlab chiqarishda ham ishlayotgan bo'lsa-da, uyda ish kuni ham mavjud. Bolaning oiladagi noqulay rollarining turlari "Oila buti". Bola o'zini qanday tutmasin, oilaning umumiy hayratiga sabab bo'ladi. Uning biron bir yoki deyarli har qanday injiqliklari kattalar tomonidan darhol amalga oshiriladi va ulardan biri buni qilmasa, qolganlari tomonidan qoralanadi. Bunday muhitda bola erka, injiq, eng muhimi, chuqur egosentrik bo'lib ulg'ayadi, chunki u yoshligidanoq o'z shaxsini koinotning markaziga qo'yishga odatlanib qoladi. "Onamning, (dadam, buvim va boshqalar) xazinasi". Bu "oila buti" roliga o'xshaydi, lekin bu holda bola oddiy emas, balki kimningdir shaxsiy butidir. Masalan, turmush qurganidan qattiq norozi bo'lgan ona ongsiz ravishda o'z tabiatiga xos bo'lgan barcha ehtiros, mehribonlik va fidoyilikni bolasiga to'kishga harakat qiladi (ba'zida dadam bilan ham shunday bo'ladi). Shunday qilib, bola qiyin ahvolga tushib qoladi. Darhaqiqat, “ona xazinasi” bo‘lgan o‘g‘il boshqa oila a’zolarining “onaning o‘g‘li” degan masxaralariga chidashga majbur bo‘ladi. Qiz bola - "dadaning xazinasi" - boshqalar tomonidan "dadaning qizi" deb qarash mumkin. Bolalar uchun boshqalar bilan boshqacha munosabatda bo'lish kerakligini aniq tushunib, bir nechta oqsoqollar o'rtasida yirtilib ketish juda qiyin. "Yaxshi bola" roli. Odatda odobli, itoatkor, namunali boladan hamma mamnun bo‘ladi; shu bilan birga, kattalar tomonidan bolani benuqson qilishga urinishi ortida ko'pincha oilada xayoliy hamkorlik muhiti yashiringan. Boladan, birinchi navbatda, odob-axloqqa rioya qilish kutiladi; bu umidlarini ibratli xulq-atvori bilan tasdiqlaydi va buning uchun keksalari tomonidan taqdirlanadi. Botiniy hayotning asl mazmuni nima, undan oldin, mohiyatan, hech kimni qiziqtirmaydi. Doimiy ikkiyuzlamachilik esa bola uchun hayot uchun mavjudlik normasiga aylanadi. Maxsus holatkasal bolaning roli. Albatta, sog'lig'i alohida e'tibor va g'amxo'rlikni talab qiladigan ko'plab bolalar bor. Biroq, hayotda quyidagi manzarani kuzatish mumkin: uzoq vaqt kasal bo'lgan bola deyarli tuzalib ketadi va o'zini boshqa barcha bolalar bilan teng his qilishni xohlaydi, lekin oilada kimdir o'jarlik bilan uni zaif deb hisoblaydi va xuddi shunday munosabatni talab qiladi. boshqalardan unga. Bu erda oila a'zolaridan biri uchun bolaning kasalligi uchun shartli nafaqa aniqlanadi. Yoki u yana kimningdir o'yinida kozır sifatida xizmat qilishga chaqiriladi yoki izolyatsiya sharoitida kimningdir o'zini o'zi isbotlash vositasi sifatida. Bundan tashqari, vasiyning vazifasi ota-onaning o'sib borayotgan bolaga nisbatan vakolatlarini kengaytiradi. Keling, salbiy rejaning rollariga murojaat qilaylik, uning yordamida oilada bolaning past qiymati aniqlanadi. Bu erda, birinchi navbatda, ta'kidlash kerak"dahshatli bola" roliuning ko'p navlarida. Bu rolni o'ynashga majbur bo'lgan bola (chunki oqsoqollarning umidlari shunday) oilada faqat muammo va keskin vaziyatlarni yaratuvchi sub'ekt sifatida qabul qilinadi. U itoatsiz, o'zini o'zi irodali, bo'shashmasdan, burch tuyg'usidan mahrum va hatto yomon niyatli, chunki uning ko'p harakatlarini kattalarni yomon ko'radigan harakatlar deb hisoblash mumkin. Oiladagi hamma uni cheksiz tanbeh va jazolar bilan tartibga solishdan boshqa hech narsa qilmaydi. Bu ko'pincha ta'sir qilmaganligi sababli, bola kattalar uchun yanada dahshatli ko'rinadi. Shunday qilib, u paydo bo'ladi qiynoqchining roli. "Qo'rqinchli" bola sifatida izolyatsiyaga duchor bo'lgan bola, ba'zida ham shunday harakat qiladi"ayb echkisi"oila uchun. Uning barcha a'zolari uchun u, albatta, yomon va bu ularga o'zlarining tajovuzkorligini unga qo'yish huquqini beradi. Axir, bu uni bir-biriga tushirishdan ko'ra xavfsizroqdir ... Bunday muomalaga ega bola "dahshatli" dan "dahshatli" ga aylanishi mumkin."tiqilib qolgan": u har qanday bayonoti va har qanday harakati uchun jazodan qo'rqishni boshlaydi. Ajratilgan bola ko'pincha boshqa rol o'ynashi kerak -"oyoq ostiga tushish": u hamma bilan aralashib, oilasi orasida faqat g'azabga sabab bo'lishini his qiladi ... Oilada hozirgina tasvirlangan rollarni o'ynash zarurati bolaning ruhiyatiga qanday zarar etkazishi va deformatsiya qilishini kengaytirishning hojati yo'q. Bunday bola hech qachon uydagi ta'lim oqibatlarini bartaraf eta olmaydi. Yaxshi ta'limning mohiyati shundaki Shunday qilib, bolaning ijtimoiy ma'qullangan xulq-atvori qo'rquv va kimgadir iltifot ko'rsatish istagi bilan emas, balki o'z vijdoni bilan turtki bo'ladi. Agar u bolada haqiqatan ham shakllangan bo'lsa, uning qalbida u har bir nomaqbul xatti-harakati uchun o'zini qoralaydi. Eng yaxshi munosabatlar bola va uning ota-onasi o'rtasida rivojlanadi, agar - ota-onalar doimo o'z talablarining sabablarini tushuntiradilar va ularni bola bilan muhokama qilishni rag'batlantiradilar; Quvvat kerakli darajada ishlatiladi; Bola itoatkorlikni ham, mustaqillikni ham qadrlaydi; Ota-ona qoidalarni ishlab chiqadi va ularni qat'iy amalga oshiradi, lekin o'zini xatosiz deb hisoblamaydi; Ota-onalar bolaning fikrini tinglashadi, lekin faqat uning xohish-istaklaridan kelib chiqmaydilar. (A.B. Dobrovich kitobiga ko'ra) Oilani sotsiologik nuqtai nazardan ko'rib chiqsak, biz bolalarning oiladagi funktsiyalari kabi hodisa haqida gapirishimiz mumkin. Oila yagona organizm sifatida uning barcha a'zolari uchun ular bajarishi kerak bo'lgan o'ziga xos rollarni belgilaydi. Bu oilaning yaxlit tizim sifatida mavjudligining zarur shartlaridan biridir. Shunga ko'ra, oilada bolalarning vazifalari ham aniq belgilangan. Agar biz quruq sotsiologik formulalardan qochib, bu savolni qayta ibora qilsak, unda, aslida, oiladagi bolalarning vazifalarini savol orqali ifodalash mumkin: bizga bolalar nima uchun kerak; Nima uchun nikohda farzandlarimiz bor? Bu savolga ibtidoiy biologik javob berish mumkin emas, chunki insoniyat jamiyatida "insonning hayvon tabiati" deb tushuniladigan biologiyaning ta'siri deyarli mutlaq minimal darajaga tushadi. Bu erda bir oz boshqacha qonunlar qo'llaniladi. Shunga ko'ra, oilada bolalarning vazifalari qanday? Oiladagi bolalarning vazifalari birlamchi va ikkilamchi, ongli va ongsiz, zamonaviy va arxaik (qadim zamonlarda saqlanib qolgan) bo'lishi mumkin. Bolalarga bo'lgan ehtiyoj shaxsning ko'plab ehtiyojlari bilan bog'liq va shuning uchun bolalarning shaxs va oila hayotidagi vazifalari ham noaniqdir. Oila va shaxsning iqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan bolalar boquvchi, keksalikda tayanch va xonadonda yordamchi sifatida qaraladi; nikoh munosabatlari sharoitida bolalar nikoh mustahkamligining sharti sifatida harakat qiladilar; shaxsning maqsadli xulq-atvori doirasida bolalar hayotning mazmuni va shaxsning turli imkoniyatlarini qo'llash ob'ekti sifatida qaraladi - pedagogik, kommunikativ, intellektual, ijodiy va boshqalar; his-tuyg'ular va his-tuyg'ular sohasida bolalar insonparvarlik, muhabbat va mehrning namoyon bo'lish manbai va ob'ekti sifatida baholanadi. Oilaning mustahkam, quvnoq va to'laqonli bo'lishi uchun bolalar zarur, oiladagi bolalarning vazifalaridan biri ular nikoh hayotiga uyg'unlik berishdir.- tsovskiy va onalik salohiyati, tarbiyachining fazilatlari, bolalar ham sifatida qaraladi. eng yaxshi xususiyatlarini davom ettirish mumkin bo'lgan avlodlar. Bundan tashqari, oilada bolalarning roli ham ota-onalar uchun psixologik himoya funktsiyasiga ega. Farzandli bo'lgan ota-ona keksalikdan kamroq qo'rqadi, keksalikda yordam va yordamga ishonadi. Bolalarning bu ijtimoiy-psixologik funktsiyalari oila va shaxs uchun ijobiy ma'noga ega. Biroq, bolaning tug'ilishi ham ba'zi salbiy oqibatlarga olib keladi va bu bolalarning tashqi ko'rinishi ularning salbiy funktsiyalari bilan bog'liqligi bilan birga keladi. Tabiiyki, oilaning reproduktiv xulq-atvori salbiy holatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Oiladagi bolalarning yana bir ijtimoiy-psixologik funktsiyasi, unga ko'ra ular turmush o'rtoqlarning (yoki ulardan birining) oilaviy tashvishlar bilan og'riganligi va ularning ijtimoiy, madaniy hayotdan to'liq yoki qisman chetlanishi, rad etilishining sababi hisoblanadi. yaqinlaringizning ishlari, do'stlar doirasi. Bolalar ko'pincha hayot sharoitlarini tushunish katalizatori, ya'ni qadriyatlarni qayta baholash, hayotning murakkabligi va jiddiyligini tushunish uchun turtki rolini o'ynashga qodir. Oilada u yoki bu qator farzandlarning bo`lishi turmush o`rtoqlar ongida turmush sharoitidan norozilik, moddiy noqulayliklar, oilaviy munosabatlarning keskinligi, ayollarning ishda bandligi, uy yumushlarining og`irligi kabi fikrlarni kuchaytirishi mumkin. Ota-onalar o’z bolalaridan qanday kishilar tarbiyalab yetishtirishlarini, unda qanday fazilatlar hosil qilishlarini ani q tasavvur qilishlari kerak. Bolani to’g`ri tarbiyalash uchun uni yaxshi bilish va tushunish kerak, buning uchun esa pedagogik bilimlar zarur bo’ladi. Ular ota-onalarning bola xul qini to’g`ri taxlil qilishga, uning tarbiyasi uchun to’g`ri yo’lni tanlashga yordam beradi. Ota-onalar bola tarbiyasida pedagoglik odobiga rioya qilishlari zarur. Pedagoglik odobi nima o’zi? Bu bolaga bo’ladigan munosabatda me’yorga rioya qilish, ya’ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta’sir etadigan tarbiyaviy choralarni uning yosh xususiyatlarini, imkoniyatlarini xisobga olib mavjud sharoitga qarab tanlay bilishdir.
Pedagoglik odobi- bolani tarbiyalashdagi moxirlik bo’lib, bunda tarbiyachilarni o’rgatgandek ota-onalarni xam o’rgatish kerak. Ota-onalar o’z xul qi, fe’l - atvorini tashkil eta bilishlari, bolaning qalbida, ongida nima kechayotganini seza olishlari, shunga qarab muomila qila bilishlari lozim.
Shu bilan bir qatorda bolalarga talabchan munosabatda bo’lishlari, ularda iroda, ong, xul qni, o’z xatti-xarakati uchun bosh qalar oldida javob bera olishni tarbiyalashlari kerak.
Oilani turmush madaniyati, oila a’zolarining bir-biriga xurmatli munosabati va butun oilaviy xayotni to’gri tashkil etishni o’z ichiga oladi. Bunday batartib oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar sekin asta kattalarning hayot tajribalarini egallab boradilar. Bola bilan dildan, beg`araz suxbatlashish, bolani ota-onalarga ya qinlashtiradi, ular o’rtasida mehr o qibat kuchayadi.
Bolaning tarbiyasiga oiladagi tash qi shart-sharoit: uyning jixozlanishi, gigiyenik, umumiy madaniyat va estetik didga javob berish xam ta’sir etadi. Bolaning normal rivojlanishi uchun xar bir oilada zarur shart-sharoit: bolaning o’ynashi va shug`ullanishi uchun aloxida joy bo’lishi kerak. Bolalar uyda saramjom-sarishta bo’lishlari, uy jihozlari va o’z anjomlarini ehtiyot qilishlari zarur.(o`yincho qlar, kiyimlar va o’rin jixozlari)
Ota-onalar bolalarning fe’l – atvorini yaxshi bilishlari ularda bola tarbiyasi uchun javobgarlikni oshiradi. Ular bolaga bir xil talab qo’yadilar va ta’lim tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshiradilar.
Maxsus pedagogik bilimlarni egallash bolalarda sinchkovlikni, kuzatuvchanlikni, manti qiy tafakkurning oddiy formalarini o’stirishga, bolalar mehnati va o’yiniga to’g`ri raxbarlik qilishga bolalar xul qini to’g`ri tahlil qilishga yordam beradi.
Ota-onalarni ilk yoshi bolalar filiologiya va psixologiyasini bilishlari bolani sog`ligini sa qlashga g`amho’rlik qilish uni xarakatlarini madaniy gigiyenik malakalarini rivojlantirish nut qi, muomila faoliyatini o’stirishga yordam beradi.
Bolalarda muta qillikni o’stirish ularni qiyinchiliklarni yengishga o’rgatish undagi irodani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga bolalarni tarbiyalashda ularning o’ziga xos xususiyatlarni bili shva uni e’tiborga olish zarur. Chunki xar bir bola yoshi teng bo’lgan ikkinchi boladan o’zining qizi qishi, qobiliyati, mijozi va fe’l-atvori bilan far q qiladi. Bir xil vaziyatda xar bir bola o’zini xar xil tutadi: biri uyatchan, tortincho q, bosh qasi esa dadil; biri bo’shang, pssiv, yana bosh qasi tevarak- atrofda bo’layotgan vo qealarga judayam xushyor va sezgirlik bilan munosabatda bo’ladilar. Shuning uchun, ota-onalar xar bir bolaga uning o’ziga xos, mos yo’lni tanlaydilar.
Oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro xurmat, hamjihatlik, oilaning yaxshi yo’lga qo’yilgan ichki hayoti tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Oila a’zolari o’rtasidagi samimiy munosabatlar: mehribonlik, o’zaro hurmat va g`amxo’rlik, vatanparvarlik, mexansevarlik kayfiyati, umumiy tartib va oilaviy an’analar, bolalarga kattalar qo’yadigan talablarning yagonaligi muhim rol o’ynaydi.
Bolani to’g`ri tarbiyalashda uning oldida ota-onaning obro’sini yu qori bo’lishi kerak, busiz tarbiya bo’lishi mumkin emas. Ota-onalarning fu qarolik qiyofasi, hayoti, ishlari, yurish turishi, jamiyat oldida o’z oilasi uchun javobgarlik tuyg`usi ular obro’sining asosidir. Mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo’shib olib boradigan, o’z bolalarining hayotiga qizi qadigan va ularga mohirlik bilan rahbarlik qiladigan ota-onalar eng obro’li kishilardir – bularning xammasi xam onaga, xam otaga baravar taallu qlidir.
Bolalarga qo’yiladigan talablarda birlik bo’lishi umumpedagogik prinsip xisoblanadi, maktabda ham, oilada ham bu prinsipga amal qilinishi lozim. Oilada bolalarni tarbiyalashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
a) bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni xis kilish;
b) pedagogik bilimlardan xabardor bo’lish;
v) bolaga bo’lgan mexr-muhabbatni unga talabchanlik qilish bilan qo’shib olib borish.
Insonning qanday kishi bo’lib yetishishi ko’p jihatdan u qjavobgardurlar. Shaxsning qadr- qimmati uning jamiyatga keltiradigan foydasi bilan baxolanadi. Ota-onalar o’z bolalarining asosiy tarbiyachilari xisoblanadilar. shuning uchun ular farzandlarini o’z xa qining eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy an’analarini ruhida oliyjanob fazilatli, bilimdon, madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashlari kerak.
Tarbiya ko’p qirrali, uzo q davom etadigan jarayondir. Bolani o’rab olgan muxitning xammasi – odamlar, narsalar, vo qea- xodisalar, uning ongida, xul q-atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni o’zgartiradi va rivojlantiradi. ota-onaning burchi manna shu rivojlanishni ziyraklik bilan bosh qarib borishdir. Ota-onaning mehri, muruvvati, g`amxo’rligi bolalar uchun sua va havodek zarur.
Oilaviy tarbiyaning ko’p muammolari ota-onalarni pedagogik bilimlardan xabarsiz ekanliklari orkali yuzaga keladi. Bunda yota-onalarning ko’pchiligi axlok, xu qu qshunoslik, ruxiyat va pedagogik bilimlarni bilmaydilar. Bu esa bola tarbiyasida noxush vo qealarga sabab bo’lmo qda.
Ota-onalarga mo’ljallangan, ularning tafakkurini va amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xul qini va o’zlarining tarbiyaviy ta’sirini taxlil qilishga undovchi pedagogik bilimlarni yanada kengro q targ`ib qilish kerak.
Hozirgi va qtda jumxuriyatimiz rahbarlarining asosiy diqqat-e’tiborlari jamiyatda yuz berayotgan noxushliklarni bartaraf etish, oilalarga, ko’p bolali onalarning farzandlariga yaxshi tarbiya berishlariga, oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya birligini mustahkamlashga qaratilgandir. Chunki bolaning sog`lig`ini sa qlash va uni tarbiyalashda oila aslsiy rol o’ynaydi. Mustahkam, ma’naviy va ahlo qiy sog`lom oila jamiyat tara q qiyotining asosiy omilidir.
Bola bu muhabbat va g`amxo’rlikka ota-onalarga nisbatan katta mexribonlik va muhabbat, ularning ustunligi va obro’yini tan olish, ular yo’lidan borishiga, xar narsada ularga ta qlid qilishga intilish bilan javob beradi. Oilada ta’sirining kuchi bolaning tarbiyaviy tsirlarga moyilligi, ta qlidchanligi bilan belgilanadi.
Ayni qsa kichik yoshli bolalarni tarbiyalashda oilaning roli kattadir. Bolalar ota-ona raxbarligida tevarak-atrof, hayot to’g`risidagi dastlabki tasavvurlarni egallab oladilar.
Oila bolani tarbiyasiga ta’sir etadi, uni tevarak-atrofdagi xayotga qo’shadi.
Bolani yoshligidan boshlab oilaviy odob-axlo q qoidalariga odatlantirish, yaxshi xul q-atvorli bo’lishga o’rgatish ota-ona uchun xam farz, xam qarzdir. Ular bolalarda yoshligidan boshlab kishilarga mexr-muhabbatli, izzat-hurmatda bo’lish, insonning qadriga yetish va hurmat qilish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalab borishlari zarur.
O qil ota-onalar oilada farzand dunyoga kelishi bilan uni tarbiyasini buvisi, buvasi yoki jamoat tarbya muassasalarga topshirmay, bu ma’suliyatli vazifa bilan o’zlarijiddiy shug`ullanadilar. O`z farzandlarini o’zi yashab turgan jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashga intiladilar.
O`zbek oilalarida bolalarni jamiyatning munosib farzandlari qilib tarbiyalash bo’yicha ijobiy tajribalar to`plangan. Lekin kichkintoylar tarbiyasida jiddiy xatolarga yo’l qo’yadigan oilalar ham uchraydi. Bu esa bolalarning kelgusidagi kamolotiga salbiy ta’sir etadi va ularni qayta tarbiyalashdek murakkb muammolarni keltirib chi qaradi. Bunday xatolarning asosiy sababi ota-onalarda pedagogik madaniyatning yetarli darajada bo’lmasligi. O`z bolasini yaxshi kishi, yetuk inson qilib tarbiyalash istagini o’zi yetarli emas. Buni uddalay bilish kerak.
Ota-onalar; «Bolalarni tarbiyalash - hayotimizning muxim sohasi… To’g`ri tarbiya – bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya bizning kelajakdagi qayg`u – xasratimiz, ko’z yoshlarimiz bosh qa kishilar oldidagi, butun mamlakat oldidagi abimizdir», degan fikrlarni tushunishlari kerak, - degan edi ato qli pedagoglardan biri. O`z bolasini tarbiyalashni shaxsiy ish deb bo’lmaydi, balki bu jamiyat oldidagi fu qarolik burchini bajarishdir.
Yüklə 40,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin