Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar. Avval ta’kidlab o`tganimizdek, bu davr bolalari maktabga boradigan, o`zlari mustaqil ravishda ozmi-ko`pmi kitoblar o`qiydigan darajada bo`ladilar. Bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko`p qismini ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o`qish haqida bo`lishi talab etiladi. “Zumrad bilan Qimmat”, “Oltin tarvuz”, “Dehqon bilan ayiq”, “Non va tilla” (arab xalq ertagi), “Haqqush” (tojik xalq ertagi), “Danak” (qirg`iz xalq ertagi), “Qizg`anchiq Pak” (koreys xalq ertagi), “Kuch va topqirlik” (latish xalq ertagi), “O`tinchi yigit”, “Bo`ri bilan echki” singari ertaklar kichik maktab yoshidagi bolalar sevib o`qiydigan ertaklardir.
Bu yoshdagi bolalarga ko`proq ig`vo, g`iybat, munofiqlikdan yiroq bo`lgan ertaklar yoqadi. Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga hech bir ozor etkazmasligini, takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko`zi bilan qaramasligini, rostgo`y bo`lishini kitobxonlar avvalgi davr bolalar kitobxonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Demak, o`zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so`zli va xushmuomala bo`ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig`vo, g`iybat munofiqlikdan o`zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o`zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug`laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-oqibatli bo`ladi. Yomon yo`llardan, yaramas ishlardan, nojo`ya harakatlardan o`zini saqlaydi. Mana shularga o`xshash go`zal xislatli bolalarni el sevadi, e’zozlaydi. “Zumrad bilan Qimmat” ertagidagi Zumrad xuddi shunday hislatli obrazlardan biridir.
O`rta va katta yoshdagi bolalarga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar.Maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar yuqorida ko`rib o`tganimizdek hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo`lishidan tashqari rasm va bo`yoqlar bilan boy bo`lishini ham ta’kidlab o`tgan edik. Bu ikki guruh kitobxonligidagi ertaklar vositasida kichkintoylarga tabiat, ona-Vatan, hayvonot olami haqida to`g`ri so`zli, odobli bo`lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash singari masalalar ularning ong-tushunchalariga etkazilishini eslatib o`tmasak ham bo`ladi.
Endilikda bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning katta-ko`pchiligi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo`lish, xalq va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi ertaklardan iborat bo`ladi. “Pahlavon Rustam”, “Birlashgan o`zar”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Ona yer farzandi», “Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo`lgani” (turk xalq ertagi), “Ilon terisini yopingan pahlavon” (no`g`ay xalq ertagi), “Donishmand qiz” (xitoy xalq ertagi), “Qadrdon uyingning mixi” (shved xalq ertagi), “Chollar, ho`kizlar, bo`rka va pop” (gruzin xalq ertagi) singari ertaklarni o`qish uchun tavsiya etish mumkin.
Ota-boblarimizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish insonning o`ziga bog`liq. U nechog`li to`g`ri so`zli, aqlli, tadbirli, pok ko`ngilli bo`lsa; do`stga, vatanga xiyonat qilmasa; yolg`on gapirmasa; topshirilgan ishni va’da qilgan kunida bajarib va’dasiga vafo qilsa bunday zotni el yurakdan yaxshi ko`radi.
Kimki zolim va takabbur bo`lsa, bir kuni buning jazosini tortadi. G`arib, bechoraning ko`nglini og`ritmasa, dangasalik qilmay mehnat qilsa, katta davlat va qudratga ega bo`ladi. Beva-bechoralarga rahm-shafqat qilmaganlar yo`qchilik, kambag`allik o`tida qovuriladilar. Ertaklardan ana shu fikrlarni uqish mumkin.
Bizga ozgina bo`lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, dunyoga kelishimizga sababchi bo`lgan, o`stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga doimo muhabbat, hurmat, rioyat va xizmat qilish – bo`ynimizdagi sharafli burchdir. Bu sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini olgan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, saodatli bo`lib yashaydi. Buning yorqin namunasini “Uch og`a-ini botirlar” ertagida ko`rish mumkin. Ertakda ota uzoqni ko`zlab ish ko`radiganlardan. O`g`illariga yaxshi tarbiya beradi. Natijada o`g`illari ota izidan komil insonlar bo`lib kamol topadilar. Ota duosi, o`git-nasihatlarini dillariga jo qilib olganliklari uchun ular hayotda kam bo`lmaydilar.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehroqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.
Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalaming quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. Uning asarlari bolalarni yaxshi o‘qishga, fan asoslarini chuqur egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi.
Xullas, kimki xalq og`zaki ijodiga mehr qo`ysa, ayniqsa, ertaklarni ko`proq o`qisa, albatta, yomon bo`lmaydi.