Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Bolalar anatomiyasi va flziologiyasi fanining tekshirish usullari



Yüklə 34,24 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü34,24 Kb.
#36862
1   2   3
bolalar anamto fizio

Bolalar anatomiyasi va flziologiyasi fanining tekshirish usullari. Anatomiyani o‘rganishda bir necha usullardan foydalaniladi. Eng qadimgi — murdani yorib o‘rganish usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayrim organlarni yoki butun murdani fiksatsiya qilish yoki konservatsiya usuli ham anatomik preparatlarni buzmasdan, uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Mikroskop ixtiro qilingach, anatomiyada mikroskopik tekshirishning xilma-xil usullaridan foydalanildi. Ayniqsa, kimyo, fizika fanlarining rivojlanishi bilan to‘qimalarni turli kimyoviy moddalar bo‘yab mikroskopda o‘rganish keng qo‘llanildi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida anatomiyaning alohida sohasi - reuigen anatomiyasi paydo bo‘ldi. Ineksiya usulida qon va limfa tomirlariga, bez yo‘llariga, to‘qimalar oralig‘iga turli rangdagi suyuqliklarni quyib, shu kovak organlarining tuzilishini o‘rganish mumkin. 3 Korroziya usulida esa, ya’ni avvaldan ichi biror qotuvchi modda bilan to‘ldirilgan kovak organlarning barcha to‘qimalari ishqor yoki kislota bilan eritilib, ularning tuzilishi o‘rganiladi. Anatomiyani o‘rganishda tirik odamda organlarni paypaslab ko‘rish (palpatsiya) antropometriya usullaridan ham foydalaniladi. Rasmga va videoga olish, jadvallar tayyorlash, turli asboblar, binokulyar lupalardan, mikroskopdan foydalanib ham anatomik tekshirishlarni amalga oshirish mumkin.


Yüklə 34,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin