Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanidan oraliq nazorat ishi



Yüklə 21,1 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü21,1 Kb.
#152003
Anatomiya


BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHI .



  1. Bilet


  1. Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.

  2. Mimika muskullari qanday vazifani bajaradi.

  3. Ko`z soqqasi qanday tuzilgan.

Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining tarixi.


Odam tanasining tuzilishiga oid dastlabki ma’lumotlar Yunon (qadimgi Gretsiya)da miloddan avvalgi IV—V asrlarda tabiblar, faylasuflar tomonidan to‘plangan. Antik madaniyat rivojlangan davrda tabiblar odam tanasining tuzilishi haqidagi diniy qarashlar, tushunchalar bilan cheklanib qolmasdan, balki murdalarni yorib o‘rganganlar. 0 ‘z zamonining mashhur tabibi Gippokrat (miloddan avvalgi 460—377-yillar) avloddan avlodga og‘zaki o‘tib kelayotgan anatomik ma’lumotlarni, kuzatishlarni to‘plab, sistemaga soladi. Kalla suyaklarining tuzilishi va o‘zaro birikishini to‘liq hamda aniq qilib bayon etadi. Lekin u nerv bilan payni bir-biridan ajrata bilmaydi. Yunonistonda yashagan buyuk olim, faylasuf Aristotel (miloddan avvalgi 384—322-yillar) qarashlari tibbiyot fanlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. U hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirlab bergan va ularni tasniflagan. U nerv bilan payni bir-biridan ajratgan, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o‘zaro bog‘liqligini bayon etgan. Miloddan avvalgi III asrda savdo markazlaridan bo‘lgan Aleksandriya shahrida ilm-fan juda rivojlangan. Bu yerda Gerofil va Erazistrat kabi olimlar tekshirish ishlari olib borib, anatomiya sohasidagi bilimlarni kengaytirganlar. Gerofil o‘n ikki barmoq ichak, ko‘z va tuxumdonning tuzilishini tasvirlab bergan. U hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, nerv sistemasi markazi bosh miyada ekanligini isbotlaydi. Olim miya qobiqlari, miyaning qattiq pardasi, bosh miya qorinchalari va uning tomirlar to‘ri, uzunchoq miya, bosh miyaning ayrim qismlari, miya qorinchalarini ta’riflab berdi. Shuningdek, bosh miya bilan nervlarning bir-biriga bog‘liqligini aniqlaydi, yurak qopqoqlarini ochadi. U sezuvchi nervlar bilan harakat nervlarini birinchi marta farqladi. Erazistrat arteriyalarda havo emas, qon oqishini, jigarning qopqa venasini va qon o‘pkalardan yurakning chap bo‘lmasiga va qorinchasiga kelib quyilishini, so‘ngra aorta va arteriyalar orqali butun organizmga tarqalishini aniqladi. Qadimgi Rim imperiyasida tabiyot fanlari qatorida anatomiya fani ham rivojlandi. Amaliy tibbiyot shifokorlardan aniq anatomik ma’lumotlarni talab qila boshlaydi. Bu davrda anatomiyaning rivojlanishida mashhur olim, anatom Klavdiy Galen (130—201) ning ishlari juda muhim. Rim qonunlarida odam murdasini yorish qat`iy man etilgani uchun Galen hayvonlar tanasini tekshirgan. U suyaklarning rivojlanishini o‘rganib, 300 dan ortiq muskulni bilgan, bosh miyani ta’riflab bergan. Galen o‘zining falsafiy qarashlarida Aristotelning fikrlarini rivojlantiradi. 0`rta asr boshlarida yashagan atoqli tabib, anatom, faylasuf, matematik, Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining juda ko‘p ilmiy asarlari bilan tibbiyot, shu jumladan, anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Tib qonunlari» nomli 5 jildli asari XVII asrgacha Yevropada tibbiyotdan asosiy qoilanma bo‘lib keldi. Ibn Sino bu asarida tibbiyotning umumiy nazariyasini bayon etdi. Unda odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jarrohlik, diagnostika va boshqalarga katta ahamiyat berilgan. Leonardo da Vinchi (1452-1519) plastik anatomiyaga oid o‘z tekshirish natijalarini to‘plab, plastik anatomiya kursini sistemaga soladi. XVI asrda olimlar murdani yorib o‘rganishlari tufayli organlarning tuzilishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko'paya boshladi va hozirgi zamon odam anatomiyasining yaratilishiga asos solgan mashhur olimlar ko‘zga tashlanadi. Shulardan biri Andrey Vezaliydix (1514—1564). Vezaliy asosan hayvonlar tanasini tekshiradi, odam murdasini ham yashirincha yorib ko‘radi. Vezaliy anatomiyaga oid «Odam tanasining tuzilishi» nomli mashhur asarini yozdi. 0 ‘sha davrda atoqli ingliz anatomi Vilyam Garvey (1578— 1657) hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, qon tomirlarda qonning oqishini tekshiradi. Uning tajriba natijalari asosida yozilgan «Hayvonlarda yurak va qonning harakati» kitobi tabiatshunoslik va tibbiyotda yangi yutuqlarni ochdi. Mikroskop ixtiro qilinishi bilan italyan olimi Marcello Malpigi (1628—1694) kapillarlarni kashf qildi. Bu kashfiyot hayvonlar organizmida qonning doira bo`ylab harakatlanishi to‘g‘risidagi Garvey fikrlarini yanada kengaytirib, qon aylanishi to‘g‘risida to`liq tasavvur hosil qildi. XVII asrning oxirlariga kelib, qon tomirlariga ineksiya qilish va anatomik preparatlarni konservalash usullari qo‘llanishi bilan anatomik tekshirishlar metodikasi ancha takomillashdi. XVIII asrning o‘rtalarida anatomiya, embriologiya, solishtirma anatomiya sohasida juda ko‘p materiallar to‘plandi. Rus olimi M .V Lomonosov (1711—1765) anatomiyani bevosita kuzatish bilan uning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Uning shogirdi A.P. Protasov (1723—1796) anatomiya atamalari bilan mukammal shug'ullanib, «Anatomik atamalar to‘g‘risida» nomli asar yozadi. A.M. Shumlyanskiy (1748—1795) buyrakning mikroskopik tuzilishini tekshirib, «Buyrakning tuzilishi to‘g‘risida» nomli mashhur asarini yozgan. U buyraklarning tomir chigalini o‘rab turgan qo‘sh devorli parda — kapsulani birinchi bolib izohlab beradi. I.M. Sechenov (1829—1905) va I.P. Pavlov (1849—1936) ning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Sharq dunyosida jahonga tanilgan ko‘plab olimlar yashab va ijod etganlar. Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (873—950) o£zining 160 dan ortiq asari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko‘p yangilik kiritdi. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi turlarga bolgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb ta’kidlagan. Ismoil Jurjoniy (1080—1141) mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari ma’lum. U odam sog£lig‘ini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo£qotish lozim deb yozgan , shuningdek, mijozlar haqida bayon etib, ular nasldan-naslga o‘tishini aytadi. Odamning hayot faoliyatini o‘rganish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bo‘lgan, ular funksiyalar to‘gerisidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. I.M. Sechenov 1862-yili «Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayoni»ni ochgan. 1863-yili «Bosh miya reflekslari» asarini nashr qilgan. I.P. Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari hazm tizimi a’zolari faoliyatini o‘rgandi. I.P. Pavlov reflekslar nazariyasini rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida sodir bo`ladigan asosiy jarayonlarni o‘rgandi. 1904-yilda I.P. Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o‘rgandi. 0 ‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishiga ko‘plab o‘zbek olimlari hissa qo‘shganlar. Jumladan: Adham Yunusov - fiziologiya fanining rivojlanishiga, Yolqin Xolmatovich Turaqulov - qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir ilmiy ishlarni amalga oshirdi. I.K. Musaboyev — yuqumli kasalliklarni tarqalish sabablarini o‘rgangan. K.A. Zufarov — turli kasalliklarda, hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni o‘rganishga doir ish olib bordi.

Sklet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan:bosh, bo`yin,gavda,qo`l,va oyoq muskullari.


BOSH MUSKULLARI:bajaradigan ishiga ko`ra,chaynash va mimika muskullariga bo`linadi.
CHaynash muskullariga chakka,chaynash muskullari kiradi.
Mimika muskullariga:ko`zning aylana muskuli,qoshlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi,va og`izning aylana muskuli kabilar kirdi.Mimika muskuli odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi.Ular ayniqsa aktrisalarda qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo`ladi.CHunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi.Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.

Ko`zning tuzilishi.Ko`z bosh suyagining chuqurchasida –ko`z kosasida joylashgan.Ko`z ko`z soqqasi,ko`rish nervi va yordamchiqismlar:ko`z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari,qovoq va kipriklar,yosh bezlari qon tomirlar kabilardan tuzilgan.Ko`z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat.Tashqi qavati uch qavat:tashqi-fibro`z,o`rta qon tomir,va ichki-to`rsimon pardalardan tashkil topgan.Ichki qismiga ko`z ichi suyuqligi ,ko`z gavhari va shishasimon tana kiradi. Fibro`z pardaning oldingi qismida shox parda bo`ladi.ko`z soqqasining ichki to`rsimon,ayniqsa muhim ahamiyatga ega chunki uning orqa qismida yorug`likni ,ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan.Ular maxsus nerv hujayrali bo`lib tayoqcha va ko`lbacha shaklidadir.


KO`Z SOQQASI
1-KO`Z SOQQASINING OQ MODDASI
2-KO`Z SOQQAASINING SHOX PARDASI
3-KO`ZNING QON TOMIR PARDASI
4-KO`ZNING KAMALAK PARDASI
5-KO`ZNING OLDINGI BO`SHLIG`I(SUYUQLIK BILAN TO`LGAN)
6- KO`Z QORACHIG`I
7-KO`Z GAVHARI
8-GAVHARNI O`RAB TURUVCHI KIPRIKSIMOM MUSKUL
9-SHISHASIMON TANA
10-KO`ZNING TO`R PARDASI
11-KO`RISH NERVI.
Yüklə 21,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin