60-yillardan boshlab bolalar uchun nashr etilgan qo'shiqlar to'plamlari soni sezilarli darajada oshdi. O'quv qo'llanmalar, xrestomatiyalar, umumta'lim maktablari uchun darsliklar paydo bo'la boshladi, ularda bolalar qo'shiqlari asosiy o'quv materiali bo'lib qoldi. O'zbekistonda bolalar qo'shiq san'atining rivojiga maxsus tashkil etilgan bayramlar, festivallar, tanlovlar, konsertlar katta yordam berdi. "Qo'shiq bayrami", "Bolalar musiqasi haftaligi", "San'at bayrami" ko'rik-tanlovi va boshqalar shular jumlasidandir. O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining bolalar musiqasi sho''basida bolalar qo'shiqlarini targ'ib ishlari faollashdi. Respublika radio va televedinyasida maxsus eshittirishlar, ko'rsatuvlar, dasturlar tayyorlanib, namoyish etila boshlandi. Kompozitorlar bolalar uchun ajoyib she'rlar yaratuvchi Uyg'un, G'.G'ulom, A.Raxmat, I.Muslim, P.Mo'min, Q.Muhammadiy, Z.Diyor, Mirtemir, T.To'la, N.Orifjonov, O'.Rashid, H.Qayum, Q.Hikmat va boshqa shoirlar bilan ijodiy aloqalar o'rnatdilar. Bolalar qo'shiqlari sohasida faol ish olib borgan kompozitorlar qatoriga S.Hayitboyev, T.Toshmatov, S.Varelas, A.Berlin, S.Abramova, E.Shvarts, Sh.Yormatov, K.Kenjayev kabi bir qator iqtidorli mualliflar kelib qo'shildilar. O'sha davrda O'zbekiston kompozitorlari uchun yangi sahifa ochildi.