Shaxsiy-yo„naltirilgan yondashuv - bu ta’lim jarayoni markaziga faoliyat sub’ekti sifatida ta’lim oluvchi qo‘yiladigan yondashuvdir. Yetakchi tamoyili bo‘lib ta’lim oluvchining ehtiyojlari, motivlari, tajribasi va dolzarb rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilganlik va yaqin istiqboldagi rivojlanish hududida o‘qitish sanaladi12.
Individual yondashuv- ta’lim beruvchining guruhdagi har bir bolaning faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo‘ljallangan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi. Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti- bola rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o‘yinlar, o‘yin predmetlari va jihozlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan uskunalar) o‘zaro bog‘liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko‘rsatkichlardir. Inklyuziv ta’lim- alohida individual imkoniyatlarni va ta’limiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan barcha bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning teng ravishda ommabopligini ta’minlaydigan jarayon; Model (lotinchadan- o‘lcham, namuna) - tabiatdagi yoki jamiyatdagi hodisa yoxud jarayonlarni talqin qilish; Integratsiyalashgan rejalashtirish - bolalarni o‘qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir: bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik zarur, biroq bir butun majmua sifatida qarash lozim. Turli sohalardagi ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq va bir-biri bilan uyg‘unlashgan . Bola kompetensiyasi- bolaning bilim, ko‘nikma, malakalar va qadriyatlar majmuidir. Tayanch kompetensiyalar rivojlanish sohalaridan qat’iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;