Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
E.M.Mardonov
MATEMATIK TASAVVURLARNI
SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA
METODIKASI

Maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
O‘QUV QOTLANMA
Samarqand - 2021
UDK 51 (07)
BBK 22.11
O 49
Mardonov E.M. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi. Maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. Oquv qodlanma. - Samarqand:SamDU nashri, 2021.- 244 bet.
Mazkur o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim, boshlang'ich ta’lim, mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda
maktabgacha ta ’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni hosil qilish maktabgacha ta’limda o‘quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlari, ularni matematik o'yinlar orqali amalga oshirishning usullarini shakllantirishga qaratilgan.



Muallif:

dots. E.M.Mardonov


Mas’ul muharrir: SamDU “Matematik fizika va funksiyalar
nazariyasi” professori f.m.f.d E.S.Sattarov
SamDU “Matematik analiz kafedrasi” dotsenti A.U.Arziqulov
Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021 yil 31 iyundagi №13-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-6088-3-2
MUNDARIJA


  1. BOB. MTTLARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTI- RISH METODIKASI HUQUQIY ASOSLARI

  1. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat


SO„Z BOSHI
Mazkur o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni hosil qilish maktabgacha ta'limda o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlari, ularni matematik o‘yinlar orqali amalga oshirishning usullarini shakllantirishga qaratilgan.
O‘quv qo‘lanma birinchi bobida matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining umumiy masalalari : matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari; arifmetika fani rivojida sharq matematiklarining tutgan o‘rni; pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini rivojlantirish masalalari;
maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik prinsplari va tamoyillari MTT ning turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini tashkil qilish nazariy masalalari qaralgan.
Ikkinchi bobida matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi xususiy masalalari: 3-4-yoshli bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish; bolalarda maktabgacha ta’limda elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish;o‘yin va o‘yin mashqlaridan foydalanish; bolalarda son - sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularni sanashga o‘rgatish; MTT o‘rta va katta guruhlarda son-sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish; MTT tayyorlov guruhlarida son-sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish; bolalarda predmetlarning o‘lchami va ularni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; MTTda kichik va tayyorlov guruhlarida predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; MTTda katta va tayyorlov guruhlarida predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish; bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish usullari bayon etiladi.
Uchinchi bobida MTTlarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi huquqiy asoslari: ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari (O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari); ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari qarab otiladi.
Umuman olganda, o‘quv qo‘lanma dastur asosida yozilgan va shu soha bo‘yicha ilmiy tadqqiqotlar bilan shug‘ullanuvchilar va magistrantlar uchun ham ilmiy va o‘quv faoliyatlarida qo‘llashlarida foydali bo‘lishi mumkin deb hisoblayman.
Muallif
KIRISH
Mustaqillik yillarida Respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qodlanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.
Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog‘liq ekanini ta'kidladi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutmog‘imiz kerak».

  1. BOB. MATEMATIK TASAVURLARNI
    SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
    FANINING UMUMIY MASALALARI


  1. Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi
    fanining maqsad va vazifalari


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda

matematik ta'limning ahamiyati.
Yosh avlodni o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruhida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.


  1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘nsidagi Qonuni (2020 yil) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog‘liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta'lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.

MTTarini tayyorlash tizimida matematik tassavurlarini
shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda MTTda matematika o‘qitish butun sistemasida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi MTTlarida
matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Maktabgacha ta’limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.

  1. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:

  1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).

  2. Maktabgacha ta’limda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.

  3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?

  4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‘qitish).

  5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg‘ulotdan tashqari formalarini qanday o‘tkazish kerak?)

Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Mashg‘ulot protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

  1. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin