Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə5/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi. Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita har-xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu prinsip keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya'ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushunib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Ko„rgazmalilik prinsipi. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad — mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.
Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.
M: doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qoladi.
Bilimlarni o„zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir- biri bilan
bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin
murakkablashtirib borilishi lozim.
Puxta o„zlashtirish prinsipi esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning biror qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin