Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə9/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Mashg„ulot tuzilishi. Mashg‘ulot quyidagi tuzilishga ega:
bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar mashg‘ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o‘ylab olinishi kerak. Bolalar o‘quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachini e’tibor bilan tinglab, o‘yindan mashg‘ulotga osonlik bilan o‘tadilar.
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig‘ib, ularning mashg‘ulotga tayyorligini tekshiradi: tashqi ko‘rinishi, joy -joyiga to‘g‘ri o‘tirishganligi, diqqatini to‘plaganini sinab ko‘radi.
Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish uyg‘otishi, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo‘llashi kerak.
Kichik guruh bolalarida mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. “Quloq solinglarchi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo‘g‘irchoq biznikiga mehmonga kelibdi!”, deb mashg‘ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to‘g‘isidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg‘ulot mana shunday boshlanadi.

Katta guruhlarda qanday mashg‘ulot bo‘lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib qo‘yadi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga
borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o‘tadi va ularga rasmlarni ko‘rishni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko‘rganini eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo‘r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg‘ulotning zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg‘ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo‘ladigan jamoatchilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo‘shib olib boriadi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo‘llaydi.
Mashg‘ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo‘yilgan aqliy vazifaga bog‘liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarurligi ko‘rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e’tibor bilan eshitib o‘tirishga o‘rgatish kerak. Zarurat tug‘ilsagina takrorlash mumkin.
Bog‘chadagi bolalar o‘qish, yozishni bilmaganlari uchun o‘tilgan materialni qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi.
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to‘ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otadi va shu narsa to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqurlashtirali. Mashg‘ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo‘llaniladi.
Bolalar o‘zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo‘lgan material so‘z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so‘z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son -sanoqqa o‘rgatishda, qurish - yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushuntirib berishi talab etiladi).
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o‘z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masalan, son -sanoq mashg‘ulotida bolalar sanash materiali bilan o‘zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig‘iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi yoki ko‘paytirishadi. Buning uchun o‘yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.
Mashg‘ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o‘z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg‘ulot yakka tartibda olib boriladigan bo‘lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish -yasash, konstruksiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg‘ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg‘ulotni tugatish kerakligi to‘g‘risida ularni ogohlantiradi.
Mashg‘ulotni tugatayotib, tarbiyachi o‘tkazilgan mashg‘ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg‘ulotda qatnashganini gapiradi, ba’zan kelgusi mashg‘ulotda nimalar o‘tishlarini aytadi.
Bolalarning o‘quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to‘g‘ri baholashga bog‘liq.
Qo‘yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to‘g‘ri baholab, “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha qimmatlidir.

Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg‘ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o‘yinga taklif etadi, boshqa mashg‘ulot bo‘lmasa, sayrga tayyorlanishadi.
Mashg‘ulotda tarbiyachining bolalarga qo‘yadigan talabi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo‘lib mashg‘ulot o‘tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to‘g‘ri javob berishlarini, ko‘rsatilgan narsaning nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi.
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo‘lishsa, dastlabki 1-2 haftada tarbiyachi faqat xohlagan bolalar bilangina mashg‘ulot o‘tkazadi: bolalar yangi sharoitni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Daslabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo‘g‘irchoqlar yordamida mashg‘ulot o‘tkazadi. Tarbiyachi avval bolalarda mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otadi, keyin esa mashg‘ulotning hamma uchun majburiy ekanligini sekin -asta bolalar ongiga singdirib boradi.
Sekin - asta mashg‘ulot bolalar xulqiga moslab murakablashtirib boriladi. Ular mashg‘ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar: to‘g‘ri o‘tirish, chalg‘imaslik, tarbiyachi va o‘rtoqlarini diqqat bilan eshitish, tarbiyachi so‘ragandagina javob berish, javob berganda o‘rnidan turish, kerak bo‘lsa stolning oldiga borish va hokazolarni o‘rganadilar.
Katta bolalar o‘zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga osonlik bilan o‘tishlari, mashg‘ulot vaqtida ish joylarini ozoda saqlashlari, rasmga qarab so‘zlaganda ko‘rsatkichdan foydalanishlari, javob berganda gavdalarini to‘g‘ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo‘lishi, shartli darajada baland ovozda gapirishlari, to‘la javob berishlari, mashg‘ulotdan keyin o‘z ish joylarini yig‘ ishtirib qo‘yishlari kerak.
Mashg‘ulot paytida talabni bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerak. Bu ikki narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro‘siga asoslanilsa, ikkinchisi ma’lum talabning rivojlanishi bilan (o‘qib olish va bajarish uchun eshitish kerak, qiziqarli bajarish zarur) amalga oshiriladi. Tashqaridan qaraganda bolalar xulqida hech qanday farq ko‘rinmaydi -bu odatdagi intizomga xulqida hech qanday farq ko‘rinmaydi - bu odatdagi intizomga bo‘ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o‘quv faoliyati rivojlanganligining belgisi, ta’limning ta’siridir.
Mashg‘ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, maktab ta’limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy -axloqiy qismi hisoblanadi.

  1. Tarbiyachining mashg„ulotga tayyorlanishi. Mashg‘ulotning sifati va uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko‘rganiga bog‘liq. Mashg‘ulotga tayyorlanish mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo‘yish, bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash.

Tarbiyachi bir bo‘limdan bitta emas, balki butun bir mashg‘ulotlar sistemasini rejalashtirgandagina ma’lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: “Kiyim qanday tikiladi?” mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg‘ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish to‘g‘risida gapiradi va tikish uchun kerakli narsalarni ko‘rsatadi; yaqinroqdagi atelyega ekskursiyaga boriladi gazlamalar to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi. Birinchi mashg‘ulotda bolalarning tikish va kiyim to‘g‘risidagi bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo‘ladigan boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko‘rsatib, gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko‘rsatadi.
Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar atelyedagi asbob -anjo‘llarni, tikuvchilarning ish jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuv mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishadi va qanday kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinchi mashg‘ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir -biridan farqlashga o‘rgatiladi.
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg‘ulot mazmunini konkretlashtiradi, bajarish usullarini tanlaydi, bunda albatta bolalarning yoshi va imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Ba’zi bir mashg‘ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi va u rejada ham aks ettiriladi. Masalan, “Bizning bayram” degan mavzudagi rasm mashg‘ulotidan oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan ko‘chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko‘rish, oynayi jahon orqali ko‘rsatilgan bayram eshittirishlari bo‘yicha suhbat o‘tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg‘ulotga hissiyot tayyorgarligini ta’minlaydi. Tarbiyachi mashg‘ulotning borishini batafsil o‘ylab ko‘radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan “kiyim qanday tikiladi?” mavzusiga oid birinchi mashg‘ulotning borishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: pedagog bolalarga bir -birlarining kiyim -boshlarini ko‘zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 -4 boladan so‘ralsa, bunga 3-4 daqiqa kerak bo‘ladi. Keyin tarbiyachi: “Kiyimlaringizni kim bergan?”, “Magazindan tayyor holda sotib olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim biladi?”, “Tikish uchun qanday buyumlar kerak?” degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3-4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qaychi, santimetr, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko‘zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so‘zlab berish taklif etiladi. Bunga 8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg‘ulotning o‘zida tarbiyachi qo‘g‘irchoq kiyimi tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo‘yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho‘ntakni tikish, qo‘lda tugmalarni qadash va tikishdagi ketma-ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bunday mashg‘ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg‘ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda mashg‘ulotning mazmuni (ta’lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo‘lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo‘lsa), mashg‘ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot jarayonini bayon yetib yozishda mashg‘ulotning boshi va oxirida yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o‘tishda) bolalarni uyushtirish va keyingi faoliyat turiga o‘tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko‘rsatish kerak.
Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun jihozlarni o‘z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg‘ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog‘liq.
Odatda metodika xonasida “Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturi”ning hamma bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi, ba’zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg‘ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o‘tkazadigan bo‘lsa, u oldindan ekskursiya o‘tkaziladigan joyga borib kelishi, kuzatish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni o‘ylab qo‘yishi, eng yaqin va xavfsiz avtomabillarni atalashi kerak. Mayda sanoq materiali, rasm mashg‘uloti, applikasiya, qurish -yasash, uchun materiallar, she’r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Ba’zi mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki ko‘chat o‘tqazishga qiziqish uyg‘otish uchun ularga ko‘karib turgan o‘simlikgi ko‘rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg‘ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo‘llanma va materiallarni qo‘yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin