Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


MTTda sensor tarbiya berish. S



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə7/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

1.MTTda sensor tarbiya berish. Sezgi va idrok biror
maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikasiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o‘rgatiladi, suratlarni ko‘zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko‘rish qobiliyati rivojlanadi.

Bog‘chada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo‘lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada -pastda”, “uzoq -yaqin”, “chapda -o‘ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o‘lchamining farqiga yetadilar, ularni o‘zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko‘proq aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari eshitib ta’sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur -shuturi va mo‘laqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri -tekshirishdir.
Tekshirish -buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta - kichiklikni, shaklin, fazovyi munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish va farqlashga o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o‘ynaydi. Holbuki shu mashg‘ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarini tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba’zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o‘rgatib, ularga qiladigan ishlarining ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va u biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi: axir, daraxat shoxlari (novdalarini) yaxshilab ko‘zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko‘rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog‘oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog‘oz va gazlamani g‘ijimlanganda nima bo‘lishini eshitib ko‘rishni, qog‘oz va bir parcha gazlamani yirtib ko‘rishni, qog‘oz va gazlamadan qilingan qo‘g‘irchoq ko‘ylagini suvda yuvishni taklif etadi.
To‘plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko‘chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “kel, qumga suv quyamiz, u nam bo‘ladi, biz undan tunnel quramiz”, “Bu chelakni ko‘tarma, unda qum bor, u juda og‘ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalariga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin va qo‘llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma -xil mashg‘ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo‘shimcha material hisoblanadi.

  1. Mashg„ulot ta’limning tashkiliy sharti ekanligi^Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi.

Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatiga, o‘tkazish joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir -biridan farq qiladi.
Bolalar bog‘chasida ta’limning frontal (umumiy), guruh bilan va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg‘ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida va shunga o‘xshashlarda amalga oshirib boriladi.
Mashg‘ulot bolalar bog‘chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulot -pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy -gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq- hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi. Mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab. Mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta -sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar, o‘z -o‘zini yaxshi tashkil etadigan bo‘lib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir -birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish -yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs -o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlang‘ich sinflarda dastur materialini yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga erishish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda
tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi tako‘lillashtirib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
Bolalar bog‘chasida kichkintoylarni tevarak -atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa mashg‘ulotlari, tasviriy san’at mashg‘ulotlari, qurish -yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muo‘lalada bo‘lishidan iborat bo‘lib .bu mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go‘daklar ixtiyoriy diqqati o‘sib borgani sari, bunday mashg‘ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yo‘la olib boriladi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning aktiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur; mashg‘ulotning vaqtini, kun tartibidagi o‘rnini, dasturning har xil bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg‘ulotlarni kunning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha daqiqa davom etishi bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida ularning yosh xussiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg‘ulot bolalarni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo‘ladi. Mashg‘ulot setkasini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo‘ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki, haftaning o‘rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo‘lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg‘ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o‘rgatish va h.k.) Jadval tuzganda bu mashg‘ulotlarni birinchi qo‘yish kerak, bolalardan ko‘p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashg‘ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo‘yiladi.
Bolalar o‘zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bodishi kerak. Bog‘cha dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni (bular tabiatga muhabbat uyg‘otadi, o‘simliklar va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishini nazarda tutadi: bilimlarni o‘zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o‘z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug‘ kishilarga muhabbat va hurmat, o‘lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ijtimoiy hodisalar, voqealar to‘g‘risida umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo‘shni o‘lkalardagi bolalarning hayoti va do‘stligi haqidagi dastlabki bilimlar asosida vatan to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg‘ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg‘ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog‘lanishini o‘ylab ko‘radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bilan o‘qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma -xil mehnat turlari haqidagi
ma’lumotlar sistemasining bir qismidir. Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar-ijtimoiy mehnatning jamoa xarakteri
to‘g‘risidagi bilimlar sistemasining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy
xarakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga o‘xshash ko‘pdan - ko‘p mehnat turlari bilan tanishishi lozim.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin