Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari.
Yosh tarbiyachilarga metodik yordam. Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og`ir ish kunlar hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg`otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat'iyatsizlik ko`rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho`chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo`lmaydi, «gruppani eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o`z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, xatto o`zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo uni tajribali, bilimdon, bolalarii va o`z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan gruppaga yo`llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini ko`rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko`rsatishdik yordam bermaydi.
Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira bilmayapti. Bolalar nima bilan shug`ullanishni bilmaydilar, pedagog esa gruppada intizomni, tartibni o`rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki bolalar bog`chasining mudiri bolalarning bunday hatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to`polon qilayotgan bo`lsalar, unda darhol ularga maqul keladigan mashg`ulotlarni topish haqida o`ylash kerak bo`ladi.
Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning hilma xil faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil o`yinlar, mashg`ulotlarga jalb qilishni ko`rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondoshuvni amalga oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo`lda tashlab ketmokchi bo`lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko`umaklashadi, bolalarga o`z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab, qo`shib uyushtirishni o`rgatadi; o`yin uchun sherik topishda yordamlashadi. Bunday ko`rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to`g`ri uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis — ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy — tajribaliroq va obro`liroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo`lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg`or metodlari va usullarini egallashga, o`z bilimlarini doimo to`ldirib borishga, erishilgailar bilan chetlanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo`llash katta tarbiyachining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki kundan boshlab katta tarbiyachi yosh pedagogga bolalarni diqqat bilan kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, hatti - harakatlarini o`rganishni o`rgatadi. har bir bolaning kimligini, qandayligini), uni nimalar qiziqtirishini, nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarinig unga qanday munosabatda bo`lishini bilgan taqdirdagina har bir bolannng qalbiga yo`l topish mumkinligi hammaga ma'lum. Pedagogning, unda kasb mahoratinig shakllanishi tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, hatti - harakatlarining sabablarini tushuna bilganda, har bir bolaga e'tiborli va sezgir bo`lganda, hayrixohlik bildirib, ko`nglini ko`tarib, erkalata olganda, gruppadagi bolalar o`zlarini uylaridagidek his qiladigan vaziyatni yarata olishidan boshlanadi.
Yosh mutaxassisni iliqlnk bilan kutib olish va o`z kollektiviga qabul qilish, unga kasbga «kirishida» va unga mehr qo`yishida yordamlashish muhimdir. Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo`lishi va qoniqmasliklari haqidagi mavjud faktlarga ba'zan to`liq darajada ma'muriyat va birinchi navbatda katta tarbiyachi sababchi bo`ladi. Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining o`z vaqtida, adolatli baholanshiga ehtiyoj sezadi. Biz ko`pincha tarbiyachining ishini faqat, tashqi belgilariga ko`ra baholaymiz. Gruppada osoyishtalikmi — demak hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashqi intizom emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan — olmaganligi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni o`rgatgan — o`rgatmaganligi, bolalarning yordamga muhtoj o`rtoqlariga o`z vaqtida yordam ko`rsatishni bilish-bilmasliklarida emasmi?
Maqtov kayfiyatni ko`taradi, faoliyatni rag`batlantiradi, ishga qiziqishini oshiradi.
Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish unga qo`yiladigan yuksak talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan kollektivlarda yaxshi an'analar, yuksak ma'suliyat ruhi, do`stona o`zaro yordam, ijodiy tashabbuskorlik yashaydi. Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi pedagoglar kollektiviga tez va osonlik bilan singib ketadi.
Kasbga oid sifatlar ko`p jihatdan tarbiyachining o`ziga xosligi, xarakteri va temperamentining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Pedagoglik faoliyatiga ma'lum irsiy moyilliklari bo`lgan talantli kishigina chinakam va omilkor tarbiyachi bo`lishi mumkin degan fikrlar mavjud.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida metodik ish shakllari bor.
Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa tarbiyachining o`yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo`llab-quvvatlaydi. Son haqidagi tushuncha tug`ma deb, bolalarni maxsus mashg`ulotlarda sanashga o`rgatishga yo`l qo`ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki son-sanoqqa o`rgatish dasturini belgilab chiqadi. Tixeeva didaktik va hayotiy materiallarning rolini ko`rsatdi, uni o`rgatishda ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik printsipiga amal qilishni ko`rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o`rgatishda asosiy metod faqat didaktik o`yin metodi deb hisoblaydi. Lekin E.I. Tixeevaning didaktik o`yinlari va didaktik materiallaridan foydalanish mumkin.