Ish tajribalarini umumlashtirish va uni bolalar bog`chasida pedagoglar orasida yoyish
Katta tarbiyachi talablarni qo`yishda talabchan va qat'iy bo`lishi kerak. Rahbarning o`ziga bo`ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislati — talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qo`shib olib borish zarur. Talabchanlik — bu qattiqo`llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko`ra zarari ko`proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat bepadi. Katta tarbiyachining muhim sifatlardan biri tadbirkorlikni har xil tipdagi kishilarga ularning bilimlari, madaniyati, tarbiyalanganlik darajalarini, temperament va xarakterlarini hisobga olib yondosha bilishidir. Maktabgacha muassasaning qandayligini uning tarbiyachilari kollektivi ko`rsatib turadi. Kollektivni yaratadigan, uni jipslashtiradigan, ishga layoqatli kuchga aylantiradiganlar mudira va katta tarbichidir. Yaxshi kollektivda nizoli vaziyatlar ishbilarmonlik bilan, taqdirlovichi so`zlar takabburona tanbehlarsiz hal qilinadi. Ma'lumki, odoblilik shaxsning o`zini tuta bilishi, emotsional vazminliligi bilan bog`liqdir. Rahbarning obro`sini hech bir narsa manmanlik, bag`ritoshlik, ma'naviy, etik madaniyatning tanqisligi, o`ziga va qo`l ostidigilarga talabchanlik, so`z bilan ish o`rtasidagi uzilish to`kkandek to`kolmaydi.
Hap qanday talab — ko`rsatma yoki maslahat, mulohaza yoki hatti-harakat tajribali rahbarda doimo amaliy xarakter kasb etadi. U hatto jaxli chiqqan vaqtda ham ovozini ko`tarishdan o`zini tiyadi. Talabchanlik har bir kishiga xurmat bilan olib borilgan, va o`ziga talabchan bo`lish namunasi bilan mustahkamlangan hollardagina samarali bo`ladi.
Xushmuomala, nazokatli rahbar boshchilik qilgan pedagoglar kollektivida uning baholari, ko`rsatmalari, muomala ohangida alohida sezgirlik tarkib topishi qayd etilgan.
Maktabgacha muassasa ta'lim tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro`si ko`p jihatdan pedagoglar kollektivining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o`zaro tushunishning mavjudligiga bog`liq bo`ladi.
Mudir va katta tarbiyachining boshqaruvchilik vazifasi umumiy va o`ziga xos vazifalarga bo`linadi. Masalan, rahbarning asosiy va umumiy vazifasi maktabgacha mussasada ta'lim — tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Umumiy vazifalarga tarbiyachilar kollektivini uyushtirish, jipslashtirish, uning faoliyatini aktivlashtirish, maqsadga yo`llash, o`z-o`zini boshqarish, kontrol qilishni rivojlantirish kiradi. O`ziga xos vazifalarga esa tarbiyachilarning kasb — hunar malakalarini oshirish, metodik ishni tashkil qilish, pedagogik hujjatlarni yuritish kiradi.
Bu vazifalarni bajarish katta tarbiyachi va bolalar bog`chasining mudiri o`rtasida aniq taqsimlangan va kelishib olingan bo`lishi kerak.
Kelishilgan harakatlar ma'lum masaalalarni hal qilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda barchaga yordam beradi. Amaliyot ko`rsatishicha, operativ masalalar: ishni planlashtirish, kontrolni amalga oshirish, pedsovet, konsultatsiyalarni o`gkazish, buyruqlar, ko`rsatmalar berish va hokazolar osonroq hal qilinadi, takkabburlik, engillik va ta'sirchanlik, insoniy hatti-harakatlar sabablarini tushuna bilmaslik, kishilardagi afzalliklardan ko`ra ularning nuqsonlarini sezishga moyillik — bularning barchasi rahbarlikninig qoralanadigan uslubining asosiy belgilaridir. Mana shuning uchun ham pedagogik eruditsiya, yuksak ma'suliyat hissi, g`oyaviy ma'naviy e'tiqod haqikiy rahbarning qimmatli hislatlari hisoblanadi.
Yosh tarbiyachilarga metodik yordam
Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og`ir ish kunlar hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg`otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat'iyatsizlik ko`rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho`chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo`lmaydi, «gruppani eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o`z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, xatto o`zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo uni tajribali, bilimdon, bolalarii va o`z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan gruppaga yo`llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini ko`rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko`rsatishdik yordam bermaydi.
Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira bilmayapti. Bolalar nima bilan shug`ullanishni bilmaydilar, pedagog esa gruppada intizomni, tartibni o`rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki bolalar bog`chasining mudiri bolalarning bunday hatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to`polon qilayotgan bo`lsalar, unda darhol ularga maqul keladigan mashg`ulotlarni topish haqida o`ylash kerak bo`ladi.
Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning hilma xil faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil o`yinlar, mashg`ulotlarga jalb qilishni ko`rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondoshuvni amalga oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo`lda tashlab ketmokchi bo`lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko`umaklashadi, bolalarga o`z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab, qo`shib uyushtirishni o`rgatadi; o`yin uchun sherik topishda yordamlashadi. Bunday ko`rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to`g`ri uyushtirishda yordam beradi.
Metodik ishga rahbarlik vazifalarini amalga oshirish kadrlar bilan kollektiv va individual ish shakllari orqali amalga oshiriladi. Kollektiv ish shakliga pedagogik yig`ilishlar kiradi. Maktabgacha bolalar muassasalarida pedagogik sovet haqida Nizomga asosan quyidagi masalalarni ko`rib chiqish mumkin: «Bolalar bog`chasi ta'lim — tarbiya dasturi» ning bajarilishi haqida tarbiyachilarning hisobotlari, tajriba almashish, tematik tekshirish natijalarining bahosi, ilg`or pedagogik tajribani va fandagi yangi yutuqlarni amaliyotda qo`llash va boshqalar. Pedagogik kengashlarning aniq mavzusi maktabgacha tarbiya muassasalarining holati va yillik planda ko`zda tutilgan vazifalarga bog`liq holda quyidagicha temalarni keltirish mumkin.
1. Matematika mashg`ulotlarida bolalarning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirish ish tajribasi bilan almashish.
2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o`yin usullari va qiziqarli mashqlardan foydalanish ish tajribasi bilan almashish.
3. Bolalar tomonidan o`zlashtiriladigan matematik bilimlarning individual xususiyatlari.
4. Matematika mashg`ulotlarida bolalarga individual yondashish.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlardaturlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oilava maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Oilada ota-ona bo’lsa, maktabgacha ta’limdaalbatta tarbiyachi-pedagog bo’ladi. Shuning uchun har bir pedagog bolaga matematik tasavvurlarni shakillantirarekan, pedagogikaning nazariyasi va o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari(interfaol metodlar,individual yondashish,mustaqil shig’ullanishga o’rgatis va hk)hamda milliy istiqlol g’oyalari bilan qurollangan bo’lishlari kerak. Nazariy jihatdan to’la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va zamonaviy axborottexnologiyalarni bugungi kunda ta’lim jarayoniga qo’llash eng dolzarb masalaga aylangan
Metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to’g’risida o’quv qo’llanmalar, o’yinlar va xokazo);
Jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilgor tajriba va olimlarning fikrlari. Xozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashhil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematiqani bilishdan emas, balki ularni xayotga tayyorlash, o’zlarining xayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
Matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o’rganishga tayyorlashni rejalash; matematik tushunchalarning rivojlantirish yo’llari va shartlarini ishlab chiqish;
Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jixatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi: Ko’rgazmali dasturli xujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha ko’rsatmalar va xokazo);
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko’rsatmalar berish. G.Nedenko o’z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko’rsatadi:
“Oddiy o’rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang’ich maktab kursini o’zlashtirish uchun zamin bo’lgan) va “o’rtadan yuqori bo’lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo’ladigan qobiliyatdir.
Dostları ilə paylaş: |