«What kind of toy is this?» – «Bu qanaqa o‘yinchoq?»
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga bir qancha o‘yinchoqlarni ko‘rsatadi.
Koptok (boll), qo‘g‘irchoq (doll), mashina (car), kubik(brick), baraban(drum), samolyot(pliane), paravoz (train), ayiqcha (teddy-bear), masxaraboz(clown) kabi o‘yinchoqlarni bolalarning qo‘llariga tutqazib, o‘yinchoqlarning nomlarini ingliz tilida takrorlab eslatadi va bolalardan qayta so‘rab mustahkamlaydi. So‘ng tarbiyachi sanamalar orqali bitta ishtirokchini ajratadi va uning ko‘zini bog‘ich bilan bog‘laydi. Qolgan ishtirokchilar navbati bilan ko‘zi bog‘liq bolaning yoniga kelib, uning qo‘liga o‘yinchoqni tutqazib, ingliz tilida o‘yinchoqning nomini so‘raydi: «What is this?». Bola o‘yinchoqni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rib, nomini aytishi kerak bo‘ladi. «This is a doll», «This is a car». Agar ko‘zi bog‘liq bola o‘yinchoqning nomini ingliz tilida ayta olmasa, navbatni boshqa ishtirokchiga beradi. O‘yinchoqning nomini eng ko‘p topgan bola o‘yin g‘olibi bo‘ladi va yulduzcha bilan taqdirlanadi.
Xulosa o`rnida shuni alohida takidlash lozimki, bolalarga maktabgacha yoshdan ikkinchi tilga o`rgatib borish ularning dunyoqarashini kengaytiradi va kelajakda yetuk kadr bo`lib shakllanishida asos bo`lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda bolalarga ikkinchi tilni o`rgatishda ta`limiy o`yinlardan keng va maqsadli foydalanish juda katta ahamiyatga egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
O‘zbekiston Respublikasining „Maktabgacha ta`lim to`g`risida“gi Qonuni. T:. 2020
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari. – Toshkent. 2018.
«Ilk qadam» Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. –Toshkent 2018-yil.
«Bolajon» tayanch dasturi (Takomillashgan «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari» asosida ishlab chiqilgan). Toshkent – 2016.
Qodirova F.R. “Bolalarni ikkinchi tilga o`rgatish metodikasi”
Dostları ilə paylaş: |