Bolalar folklori na’munalari ( Qo‘shiqlar, maqollar, latifa va topishmoqlar ) Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna Fardu dotsenti G‘anijonova Dinora Odiljon qizi Fardu talabasi Annotatsiya



Yüklə 13,85 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü13,85 Kb.
#198171
1   2   3
Dinora Maqola1

Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o‘quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o‘yin bo‘lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi. Topishmoqlar so‘roq gap shaklida bo‘lishi shart emas. Ular bir necha so‘zdan tashkil topgan gap shaklida ham, juftlik yoki bayt shaklida ham bo‘lishi mumkin. Ko‘p topishmoqlar qofiya holida keladi.3
–Og‘zi bor, o‘tin yutadi, mo‘ri bor, chekadi. (Pechka)
–Uning og‘zi bor, tili yo‘q, nafasi bor, joni yo‘q, terisi bor, qoni yo‘q. (Balon)
Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri; qisqa va lo‘nda, obrazli va obrazsiz, Grammatik va mantiqiy tugallangan ma’noli hikmatli ibora. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Turkiy xalqlarning maqollaridan na’munalar dastlabki maqol Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan. “Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin” ya’ni “ Odam olasi ichida, mol olasi tashida” kabi. Biz maqollarni hayotda juda ko‘p ishlatamiz.4
–Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
–Aytilgan so‘z- otilgan o‘q.
–Achchiq til – zahri ilon, chuchuk tilga – jon qurbon.
Qo’shiq. Xalq qo‘shiqlari og‘zaki ijodimizning lirik janridir. “Qo‘shiq” atamasi qadimiy turkiy tildagi “qo‘shdi” fe’lining o‘zagidan yasalgan bo‘lib, misraga misrani qo‘shib kuylashdir. Qo‘shiqlar xalq ma’naviyatining qudratini, fidokorona mehnatini, omma irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlik va elparvarlikka, vatanparvarlik va do‘stlikka, sevgi va sadoqatga chorlaydi.5
O‘zbek milliy qo‘shiqlari ichida “Alla” boshqalaridan alohida ajralib turadi. Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylanadigan qo‘shiqlar alla deb ataladi. O‘tmish alla qo‘shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum sharq onasi obrazi gavdalanadi. Uning betinim xatti-harakati, beminnat mehnati tufayligina murg‘ak go‘dak ulg‘ayadi, voyaga yetadi.Alla onaning bolaga bo’lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifodalaydi. Shu bois ba’zi alla na’munalari yig‘i ohanglariga yaqin bo’ladi. Ayrim taxminlarga ko‘ra alla nomi “Alloh” so‘zidan kelib chiqib, yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nisbat bilan bog‘liq.
Latifa (arabchadan mutoyiba, hazil) – xalq hajviyoti janrlaridan, tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya. Qadimdan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Latifalar qahramoni jonli va ta’sirchan so‘zlaydigan, hazil-mutoyibaga boy, haqiqat va adolatni himoya qiluvchi hozirjavob shaxs. Latifa syujetini qochiriq, kesatiq, piching to‘la hajviy epizod va holatlar tashkil etadi. Latifaning ilk namunalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Sa’diyning “Guliston” asarlarida uchraydi. Latifa janri XI asrdan so‘ng keng shakllandi va rivoj topdi. Latifa qahramoni o‘zbeklarda Afandi, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali nomi bilan yuritiladi. O‘zbek xalq latifalarini dastlab Sharif Rizo to‘plab nashr ettirgan (1941).6
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda bolalar adabiyotida folklor janrlarining barchasi oldingidek ommalashgan deya olmaymiz. Hozirgi kun bolalari uchun multfilmlarning turli-tumanligi yoki ko‘cha-ko‘ydagi bolalar o‘ynaydigan mavsumiy o‘yinlarning kamayganligi boisdan folklorning ayrimlari, laparlar, xalq qo‘shiqlari, sanamalar, matallar, askiyalar, dostonchilik va afsonalarga qiziqishlari biroz susaygan. Faqatgina maktabgacha ta’lim muassasalarida yoki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tadbirlardagina saqlanib, kuylanib kelinmoqda. Shuning o‘zi ham quvonarli albatta. Yosh avlod tarbiyasida laparlar, xalq qo‘shiqlari kabilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 13,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin