Bolalar folklori na’munalari ( Qo‘shiqlar, maqollar, latifa va topishmoqlar )
Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna
FarDU Dotsenti
G‘anijonova Dinora Odiljon qizi
FarDU talabasi
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek bolalar folklori , uning janrlari, bolalar adabiyotida folklorning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:folklor, folklorshunoslik, xalq og‘zaki ijodi, topishmoq, maqol, qo‘shiq, latifa.
Kirish. Ma’lumki, folklor barcha san’atning boshlanishi. Xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. U musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy va badiiy san’atlar bilan bog‘liq tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Xalq ijodi na’munalari har galgi ijroda an’analarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, o‘zgarib,mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi na’munalari ko‘plab variantlikka ega. Ana shu variantlik xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xosligini ta’minlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir.
Folklor ( inglizchadan folk – “xalq”, lore – “bilim”, “donolik” ) – xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846-yilda ingliz arxeologi William Thoms olib kirgan. 1880–1990-yillarda “folklore” termini ko‘plab mamlakatlarda, jumladan Rosiiyada ham qo‘llana boshlagan. O‘zbekistonda dastlab, “og‘zaki adabiyot”, “og‘iz adabiyoti” atamalari qo‘llangan. “Folklor” termini 30-yillarning o‘rtalaridan ishlatila boshlagan. 1939-yilda Hodi Zarifning “O‘zbek folklori” xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin o‘zbek folklorshunosligida mustahkam o‘rin oldi.1 Folklorshunoslik – xalq ijodi haqidagi fan. Folklorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda etnografiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, antropologiya va sotsiologiyaning bir qismi sifatida qaralib kelgan. Keyinchalik xalq sa’atini ( xalq og‘zaki ijodi, nusiqa folklori, raqsi, teatri, sirki kabi ) o‘rganuvchi mustaqil v maxsus fan sifatida rivojlandi. Filologiya va san’atshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Folklorshunoslikning asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklori to‘g‘risidagi dastlabki fikrlari folklorshunoslik uchun muhimdir. Turkiy xalqlarda folklor materiallarini yozib olish bo‘yicha dastlabki tajribalar XI asrdan boshlab ko‘zga tashlanadi ( Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi folklor materiallari).2