Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv fan sifatida. Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o’quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika instituti va Universitetlarida, kasb-hunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o’quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlarining to’la tizimida o’tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil yetadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo’lim turlari o’rganiladi.
. O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi. Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy - ro’zg’or buyumlar, turli yodgorliklar, g’oyalardagi rasmlar, va tasvirlar, avloddan avlodga o’tgan doston va afsonalar, qadimdagi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati haqida fikr yuritishga olib keladi. Qadimiy Sparta Afrosiyobdagi yodgorliklar, arxeologiya qazilmalar ma’lum qiladi. Bu yodgorliklar o’zlarida jismoniy madaniyatning turli elementlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi madaniyat va tadbirlar belgilari bilan bog’liqdir. Qadimiy xalqining jismoniy kuchi mardligi chaqqonligi jasurligi chidamligi haqida o’zbek halqining bir qator asarlari “Farxod va Shirin”, “Go’r o’g’li”, “Toxir va Zuhra”, “Alpomish” va boshqalarda aytib o’tilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ilmiy va o’quv fani bo’lib ko’pgina umumiy qonun - qoidalarini bilish jismoniy tarbiya nazariyasi fanining turli va aniq takrorlash uchun savollarini to’g’ri o’rganishga yondoshish imkonini beradi. Bu fan jismoniy tarbiya tizimining maqsadini, vazifalarini qonun - qoidalarini o’rgatadi, jismoniy tarbiyaning aqliy, axloqiy, nafosat va mexnat tarbiyasi bilan bog’liqligini ochib beradi hamda jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga harakat malakalarini shakllantirishga, jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, sport trenirovkasining umumiy asoslarini va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning turli shakllarining metodikasini ishlab chiqishga shuningdek turli o’quv muassasalarida (bog’cha, maktab.