Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaktsiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek ko’p marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bog’liq bo’ladi. Harakatlarning mana shu barcha ta’rif-tavsifi, bog’chadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida o’sib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga o’yin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning o’zgarishiga qarab shug’ullanuvchilar tezlik bilan javob reaktsiyasi berishlari hamda birharakatdan ikkinchisiga jadallik bilan o’tishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli o’yinlar hamda to’siqlarni engib o’tish, to’xtab-to’xtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal bo’yicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab o’tish, engashibemaklab o’tish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar, muvozanat mashqlari, har turli sport o’yinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni o’stiruvchi mashqlar hisoblanadi.
Kuchlilik-bu muskullarni ma’lum darajada zo’riqtira olish qobiliyati bo’lib, chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, uning asab harakati ham hali takomillashmagan, bog’cha bolalari muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. Bog’cha bolalari uchun, ayniqsa, kichik gruxdagilar uchun shu narsa muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan ko’ra bukish muskullarining hayotiy faoliyati ortiqroq bo’ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, o’yinlar o’tkazish vaqtida esa, engashib o’tiradilar va hokazo.
Shu sababdan bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi muskullar kuchini ko’paytirishga e’tibor berish, bola gavdasini va oyoq-qo’llarini rostlaydigan, to’g’ri turishga o’rgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar asosan dinamik harakterga ega bo’lishi kerak. Ayni vaqtda bu uzoq vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zo’riqishlar bilan bog’liq, bo’lmasligi shart. Bundan tashqari kuchni rivojlantirishda zo’r berib kuchlanish zarur bo’lgan mashqlar qo’llanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalariningkuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan tezlik-kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning o’zida turib uzunlikka sakrash, zoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, o’z og’irligini ko’tarish bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir mashqlar (engashtirib qo’yilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika skameykasida o’z qo’llari, kuchi bilan tortilish va shunga o’xshash mashqlar)ni bajarish o’rinlidir.