3. Gigiyenik gimnastika Gigiyenik gimnastika, yuqorida bayon etilganidek, kishilarni sog'lomlashtirish, jismonan va aqlan tarbiyalash vositasi, shuning-dek, ularning kuchi, tetikligi va harakat faoliyatining bitmas-tugan-mas manbayidir. Hozirgi davrda gimnastika sog‘ayishni tezlashtirishi kasallanishning oldini olishi, tetiklik va kuch-g‘ayratga to‘ldirishi kishi sog‘lig‘ini saqlab, uning umrini uzaytirishi isbot talab qiimay-digan haqiqat bo‘lib qoldi.
Shifokorlar nazorati orqali aniqlanishicha, gigiyenik gimnastika kishi organizmi uchun juda btta ahamiyatga ega. Gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilsa, uning ta’sirida mushak va to‘qimalarda qon aylanishi yaxshilanadi, arterial qon bosimi pa-sayadi, yurak-qon tomiri tizimining faoliyati yaxshilanadi, o‘pka-ning nafas olish va tiriklik sig‘imi oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy asab tarmog'i va asab-mushak apparatining faoliyati kuchayadi. Gigiyenik gimnastika insonning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning tetikligini, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshiradj va ruhlantiradi. A. N. Krestovnikov, V. N. Mashkov, 1. M. Sarkizov-Serazini va boshqa olimlarning tadqiqotlariga qaraganda gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlari natijasida yurak-tomir urishi 50-60 % ga tezlashadi, qonning maksimal bosimi 5-20 mm.ga ko‘tariiadi, iste’mol qilinadigan kislorod miqdori 10-30 % oshadi. Hozirgi zamon sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan olganda, gigiyenik gimnastika butun organizmni tetiklantiradi va charchoqni yo‘qotadi.
Gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlarini yakka holda va shuningdek, guruh bo‘lib o‘tkazish mumkin. Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas, balki kunduzi ham (ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o‘tgach) yoki kechqurun (uxlashdan 1,5-2 soat oldin) shug‘ul-lanish mumkin. Bolalar, o‘smirlar va o‘rta yoshdagi kishilar radio orqali eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar to‘plamini bajarishlari mumkin. Harxil sport turlari bilan muntazam shug‘ulla-nadigan kishilar uchim bu to‘plamiar yuklama bo‘yicha yengil bo‘lishi mumkin.
Har bir shaxs gimnastikani ba’zi bir qoidalarni bilgan holda o‘z shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, umumrivojlantiruvchi mashqlar to‘plamini tuzib olsa bo‘ladi. Mashqlar to‘plamini tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.
1. Mashqlar shug'ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyor-garligiga mos bo‘lishi kerak. Agar mashqlar juda murakkab bo‘lsa, ko‘ngildagidek bajarilmaydi va ularning samarasi ham yuqori boM-maydi.
Gigiyenik gimnastika quyidagi: xonani shamollatish, gigiyenik qoidalarga va kun tartibiga rioya qilish, badantarbiya (suvda chiniqish) singari tabiiy odatlarni tatbiq qilishga yordamlashadi.
Ertalabki gigiyenik gimnastika odam organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega, u organizmning sust holati (uyqu)dan odamning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan faol holatga o‘tishiga yordamlashadi.
Uyqu paytida bosh miya qobig‘ining asab hujayralari dam oladi va ularning mehnat qobiliyati tiklanadi. Uyg‘ongandan keyin esa hali o‘chmagan uyqu ta’sirida bo‘lgan organizm ishga tez kirishib keta olmaydi, chunki asosiy tarmoq va organlarning faoliyati sust holatda bo'ladi. Ertalabki gigiyenik gimnastika odamning butun organ va tarmoqlarining ishga faol kirishishiga yordamlashadi. Faqat to‘g‘ri bajariladigan mashqlar (bunda belgilangan me’yorga, ko‘lamga va
mushaklarning zo‘riqishiga rioya qilish) shug‘ullanuvchilar orga-nizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Katta yoshdagi kishilar nafas to‘xtab turadigan, zo‘r keladigan cho‘ziladigan, sakrash va tez-tez egilib turishni talab qiladigan mashqlarni bajarmasliklari kerak. Ular mashqlarning ta’sir qilish darajasi va har bir mashg‘ulotda mashqlar yuklamasi me’yori to‘g‘risida shifokordan doimiy sur’atda maslahat, jismoniy tarbiya mutaxassislaridan esa mashqlarning ifodasini, ularning xususiyatlari va qo‘llanish usuli to‘g‘risida maslahat olishlari darkor.
Tanlab olmgan mashqlar shug‘ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir ko'rsatishi kerak. Ularning tanasini turli qismlari uchun har xil yo‘nalishda, tezligi va mushakni ishga solishni o'zgartirib bajarish lozim.
Mashqlar to'plamiga to‘g‘ri qomat holatini his qilish, shu-ningdek, har xil nafas olish turlari (ko'krak, diafragma va aralash nafas olish)ga oid maxsus mashqlar kiritilishi zarur.
To‘plamga shug‘ullanuvchilaming tayyorgarligi va uni bajarish vaqtiga qarab, 8 tadan 16 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigiyenik gimnastika 8-10 mashqdan, kunduzi bajariladigan gigiyenik gimnastika esa 10-15 mashqdan iborat bo‘ladi. Gigiyenik gimnastika bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun mashqlar miqdori oz bo‘lgani ma’qul.
Tanlab oiingan mashqlarni to‘plamga qo'shganda quyidagi qoidalarga binoan joylashtirgan ma’qul:
to‘plamda birinchi va oxirgi mashqlar to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir (to‘g‘ri qomatni asrash uchun buning ahamiyati muhim);
to‘plamdagi ikkinchi muhim jihat shuki, bunda umumiy ta’sir ko‘rsatadigan va odamning barcha organ va tarmoqlarining faoliyatini yaxshilaydigan mashqlar (yoki ikkita mashq) bo'lishi kerak. Bular, odatda, butun tananing katta guruh mushaklarini ishga soladigan oddiy. sust sur’atda bajariladigan mashqlardir. Bular organizmni bo'lajak kasbga tayyorlash uchun juda zarurdir;
to'plamning navbatdagi mashqlari turli mushak guruhlari (qo‘l, yelka, bo'g‘in, bel, qorin pressi, oyoq) uchun zarur bo‘lgan doimiy bajariladigan mashqlardir. Bunda gavdaning turli qismlari birin-ketin ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning ikkinchi va uchinchi turkumlari jadalroq bajariladi. Mashqlar shu tarzda bajarib borilar ekan, yuklamani ham asta-sekin oshirib boriladi, natijada turli mushak guruhlari ishga kirishadi, bu esa mushak kuchi sama-radorligini oshiradi va faol dam olish uchun sharoit yaratadi.
Amaliy turlar ta’rifi
Gimnastikaning amaliy turlariga quyidagilar kiradi:
korxona (ishlab chiqarish)da gimnastika;
kasbiy-amaliy gimnastika;
sport-amaliy gimnastika;
harbiy-amaliy gimnastika; 0 davolash gimnastikasi;
g) sharqona yakka kurash elementlari.
Gimnastika tanlab olingan mutaxassislik, harbiy faoliyat va u yoki bu sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish gimnas-tikasi ishchi xodimlarni sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi, shuningdek, mehnat faoliyati jarayo-nida faol dam olishni ta’miniaydi. Davolash gimnastikasi esa terapevtik vositalar bilan birgalikda turli kasalliklarni davolashni va jarohatlanishdan keyin tez sog‘ayishning samarali vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Bu turlar gimnastikaning umumiy yo‘nalishini saqlagan holda insonning ma’ium faoliyati vazifalarini aniqroq belgilashga va urn ijobiy hal qilishga imkon berib, kasbiy faoliyatga maqsadga muvofiq tayyorlanishni yoki ijodiy va yuqori ish unumdorligi bilan mehnat qilishni ta’miniaydi.
Sport-amaliy gimnastikasi
Sport-amaliy gimnastikasi turli sport turlaridagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. U jismoniy sifatlarni takomillashtirish va sportchilar organizmining funksional imkoniyatini oshirish uchun qo'Uaniladi.
Sport-amaliy gimnastikasi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish vositasi sifatida keng qo'Uaniladi. Gimnastika mashqlari yordamida organizmning turli tarmoqlari faoliyatining rivojlanishiga (turli mushak guruhlariga, tananing alohida qismlariga, organlar va boshq.) tanlab ta’sir ko‘rsatish va sportchining shaxsiv xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy yuklamaning hajmi va ta’sirchanligini maksimal darajada turli-tuman qilish mumkin. Bu hoi aynan sport-amaliy gimnastikasi natijalarini oshirishning eng muhim va yagona vositasi sifatida qo'Uash imkonini beradi.
Mushakka zo‘r berishning tuzilishi va ko‘rinishi bo'yicha u yoki bu sport turining harakat faoiiyatiga xos yoki o‘xshash mashqlar tavsiya qilinadi. Chunonchi, gavda aylanma harakat qiladigan sport turlarida (figurali uchish, kurash, suvga sakrash) akrobatika mashqlari keng qo'Uaniladi, ular yordamida tayanch-harakatlanuvchi apparat va muvozanat organlari (vestibular analizatorining funk-siyasi) takomillashadi. Vositalar to‘plami ko‘proq nafas olish, yurak, qon aylanish organlariga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa sport turlarida umumrivojlan-tiruvchi mashqlar, arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlar va turli xildagi sakrash va irg‘ishlar (boks, kurash, yengil atletika va boshq.) kattao'rinegallaydi.
Quyidagilar sport-amaliy gimnastikasining asosiy vositasidir:
jihozlar bilan va jihozlarsiz (gimnastika tayoqchasi, ganteUar, to'ldirma to‘p, arg'imchoq, rezina amortizator) bajariladigan mashqlar;
ommaviy jihozlarda (gimnastika devorchasi va gimnastika o‘rindig‘i, arqon, langar, osma maydoncha) va shuningdek, yog‘och otda, «eshabda, halqada, qo‘shpoyada va yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar;
akrobatika mashqlari, batutda, depsinish «ko‘prik»chasidan sakrashJar;
tayanib va tayanmasdan sakrashlar.
Quyidagi mashqiarni ayrim jtsmoniy sifatlarni tarbiyalash va takomillashtirish uchun qo'llash zarur:
kuchni rivqjlantirish uchun tezkor-kuch mashqlari (o‘ta og‘ir bo'lmagan yuk bilan eng katta tezlikda va o‘ta og‘ir yuk bilan charchagunga qadar mashq bajarish) va har tomonlama ta’sir qiluv-chi mashqiarni qo'llash lozim. Masalan, kurashcht, shtangachi, eshkak eshuvchilar uchun blokli qurilmalardan iborat gimnastika jihozlari; sport o'yinchilari uchun jihoz bilan bajariladigan mashqlar, dinamik ko‘rinishdagi oddiy mashqlar, turli irg‘ish va sakrash mashqlari juda foydalidir;
egiluvchanlikni tarbiyalash va rivojlantirish uchun harakat-larning amplitudasini asta-sekin oshirib bajarish, sherikning yorda-midan foydalanib mashq bajarish, ommaviy jihoz (gimnastika devorchasi, arqon, langar va boshq.)larda mashqlar bajarish zarur. Masalan, suzuvchilar uchun yelka bo‘g‘inining yaxshi harakatchan-ligi zarurdir, o'yinchilarga esa (fъtbol, basketbol), tos-son va boldir-tovon bo‘g‘inlarint harakatchanligi lozim;
chaqqonlikni tarbiyalash va takomillashtirish uchun ko'proq koordinatsiya mashqlarini (har xil usul va yo'nalishda gavda aylan-tirishni talab qiladigan), akrobatika mashqlarini, shuningdek, turli xil sakrashlarni (tayanchsiz, tayanib turib, pastlikka, depsinish «ko‘pribchasidan aylanib bajariladigan sakrash va boshq.) qo'llash ma’qul. Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari
Dostları ilə paylaş: |