Bolalar jismoniy tarbiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash, ta’lim va tarbiyaning asosiy uslublari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə56/103
tarix01.08.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#138166
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash, ta’lim va tarbiyaning asosiy uslublari.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko’proq bo’ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo’lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to’xtatib qo’yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog’liq. Ayniqsa, harakatli o’yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o’yin faoliyati uchun zarur bo’lgan favquloddagi harakatlarni bajarishga to’g’ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o’rin almashinishda namoyon bo’ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida o’rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo’ladi. Bu mashqlarda, albatta, me’yorni to’g’ri tanlash va ularning o’zaro o’rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo’yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo’lib, qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to’g’ri tanlab olish, harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo’lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o’rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o’rgatish, o’zining sport malakasi o’sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o’zaro do’stlik, hamjihatlik, o’yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me’yorlarining rivojlanishiga e’tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo’lga qo’yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o’stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo’shib olib borilsin. Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to’g’ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to’g’risida tushuncha berish kerak bo’ladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o’stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin