Bolalar nutqini o‘stirish


Bolalar nutqini o‘stirish



Yüklə 41,64 Kb.
səhifə5/19
tarix26.03.2023
ölçüsü41,64 Kb.
#90139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bolalar nutqini o‘stirish

Bolalar nutqini o‘stirish


  1. Uy sahifam

  2. Mening kurslarim

  3. Bolalar nutqini o‘stirish

  4. Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh

  5. Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh

Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh


Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh
Reja:
1. Nutqning tovush mаdаniyati tushunchаsi.
2. Nutqning tovush mаdаniyatigа doir ishlаr.
3. Bolаning hаr bir yosh bosqichidа nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh.
Tayanch tushunchalar: tovush mаdаniyati, aniq talaffuz, orfoepiya, nutq sur’ati, nutqiy aloqa ko‘nikmalari, nutqning ifodaliligi, nutqiy nafas olish, tabiat ob’ektlari, o‘yin faoliyati, nutq me’yori, artikulyatsion apparat.
1. Nutqning tovush mаdаniyati tushunchаsi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalarning fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolaga bevosita va bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqalar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug’at boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog’lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:
1) tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);
2) aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish);
3) so‘zni talaffuz qilganda urg’uni to‘g’ri qo‘yish ustida ishlash;
4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g’riligi ustida ishlash;
5) nutq sur’atini rivojlantirish;
6) nutqning ifodaliligini shakllantirish;
7) nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;
8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
9) nutqiy nafas olishni shakllantirish;
10) o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi:
1) tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
2) badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida;
3) savodga o‘rgatishda;
4) o‘yin faoliyatida;
5) ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlarni hisobga olishni talab etadi:
1) ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog’liq;
2) nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog’liq;
3) nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog’liq.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda tovush madaniyati alohida o‘rin tutadi. Nutqning tovush madaniyati o‘z mohiyatiga ko‘ra nutq madaniyatining tarkibiy qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
1) bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;
2) artikulyatsion apparatni rivojlantirish;
3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish;
4) muomala sharoitiga bog’liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
5) ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish;
7) so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;
8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish;
9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish.
Nutqning tovush madaniyatini shakllkntirish bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g’ tovushlarini to‘gri talaffuz qila olmaydilar. nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjaxon, Yustam – Rustam, qalga – qarg’a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ularni talaffuziga, nutq madaniyatiga e’tibor qilish, meyorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish, o‘z fikrlarini, hissiyotlarini, tasavvurlarini aytilayotgan gapning yo‘nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to‘g’ri, aniq va ifodali bera olish tushuniladi. Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan, nutqda turli xil ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo‘ladi.

Yüklə 41,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin