Bolalar nutqini o‘stirish


Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi



Yüklə 41,64 Kb.
səhifə12/19
tarix26.03.2023
ölçüsü41,64 Kb.
#90139
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bolalar nutqini o‘stirish

Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi:
1. Milliy harakatli o‘yinlar.
2. Milliy xalq o‘yinlari.
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog’lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
4. Bolalar lug’atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish. Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og’zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
- bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.
Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1-2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Barmoqqa-barmoq», «G’oz-g’oz», «G’oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g’ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Ot o‘yin», «Ko‘z boylagich», «Chori chambar», «Avval akam», «Tayoq irg’itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».

Yüklə 41,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin