III. «Cho‘loq jo‘ja» o‘yini. Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi. Har bir katakchaga bittadan stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo‘ja» poldagi bola o‘ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni, joyiga borib o‘tiradi. Agar xato qilsa bir oyoqda sakrab boradi. Bu o‘yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:
· Ertakning nomini aytib bering.
· Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.
· Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.
Xulosa : Bolalar nutqini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg’or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g’ri talaffuz etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlarni to‘g’ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.
Bolalar nutqini o‘stirish
Uy sahifam
Mening kurslarim
Bolalar nutqini o‘stirish
Ko`rgazmali materiallar bilan o`ynaladigan ta`limiy o`yinlar, ularning mazmuni
Ko`rgazmali materiallar bilan o`ynaladigan ta`limiy o`yinlar, ularning mazmuni
Ko`rgazmali materiallar bilan o`ynaladigan ta`limiy o`yinlar, ularning mazmuni