Bolalar nutqini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarini qo‘llash



Yüklə 261,91 Kb.
səhifə1/7
tarix13.09.2023
ölçüsü261,91 Kb.
#143004
  1   2   3   4   5   6   7
DARS


Bolalar nutqini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarini qo‘llash

Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola tomonidan til qonuniyatlari, til umumlashmalarini o‘zlashtirish hisoblanadi. Chunki til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bo‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan tashqari murakkab bo‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining yetarlicha rivojlanganligini ko‘zda tutadi. Shuning uchun ham, biz aynan 6-7 yoshli alaliya nutq kamchiligiga ega bolalar bilan nutq o‘stirish, nutq madaniyati, savodga o‘rgatish mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar namunasini ishlab chiqdik.


Alaliya – tizimli nutq nuqsoni bo‘lib, tovushlar talaffuzi, fonematik idrok etish, so‘zlarning bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlardagi barcha tovushlarning to‘liq bo‘lishi, nutqning grammatik tuzilishidagi bir qator kamchiliklar bu nuqsonga xos hisoblanadi.
Nutqiy vositalarning yetishmasligi maktabga borishni boshlagan bola uchun dastlabki vaqtda juda katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham maktabgacha yosh davrida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bolaga mutaxassislar ko‘rsatayotgan yordamga e’tiborsiz qarab bo‘lmaydi. 
Logopedik ishlarning samarador bo‘lishi uchun bolaga kompleks ravishda tibbiy-pedagogik yondoshish talab etiladi va bu jarayon quyidagicha amalga oshirilishi taklif etiladi:
- dori-darmon bilan davolash va psixoterapiya;
- mutaxassislarning logopedik ta’siri;
- ota-onalar va tarbiyachilarning yuqori darajadagi yordamlari;
- bolalarda mavjud bo‘lgan barcha kamchiliklardan iborat simptomlar kompleksni hisobga olgan holda korreksion ishlarning neyropsixologik yo‘nalganligi.
Yuqorilagi fikrlarni xisobga olib quyida o‘yinli mashg‘ulotlardan ayrim ishlanmalar keltiriladi.
Mavzu “Kiyim -kechaklar, bosh va oyoq kiyimlari”.
Suhbat
Kiyim-kechaklar, bosh, oyoq kiyimlarining ahamiyati va bajaruvchi vazifalari, ularning qismlari, har bir faslga xos bo‘lgan kiyim-kechaklar.

Yüklə 261,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin