Bolalar psixologiya siz va psixadiaknostika



Yüklə 317,64 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.04.2023
ölçüsü317,64 Kb.
#96216
Bolalar psixologiyasining o\'rganilganlik darajasi



Buxoro psixologiya va xorijiy
tillar instituti S1-22 MT
guruhi To'xtayeva Nozigulning
“Bolalar psixologiya siz va
psixadiaknostika” fanidan
MUSTAQIL ISHI


Bolalar psixologiyasining
o'rganilganlik darajasi
REJA:
1.
Bolalar psixologiyasi
2.
Bolalar psixologiyasining
o'rganilganlik darajasi



Bolalar psixologiyasi
— psixologiya sohasi, bolalar
psixologik rivojlanishining umumiy va aloxida xususiyatlarini, 
turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni
harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. 
Shu sababli Bolalar psixologiyasi ni
koʻpincha yosh
psixologiyasi deb ataydilar.

Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (
maʼrifiy, 
nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo
boʻlishi va
rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil
faoliyatning (
oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning
shaxs sifatida shakllanishini
oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi
umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan
foydalanadi, biroq uni
qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini
oʻrganishda koʻndalang
kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar
oʻtkaziladi.



Birinchi holatda birgina psixik jarayonning
oʻzi bir vaqtda turli
yosh guruhlariga taalluqli
boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. 
Ikkinchi holat (longityud) da esa
maʼlum bir (alohida tanlab
olingan) bolalarning psixik xususiyatlari
koʻp yillar davomida
tadqiq qilinadi. Bu esa
oʻz navbatida ular psixikasi
rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. 
Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga
bo'lgan ishonch, hurmat,qo'llab-quvvatlash, unga bo'lgan
e'tiborlarini his qildirish,Mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan
holatlar o'rgatiladi.

Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga
nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona
kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat
bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi
xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning
har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz.




Bizni maktabgacha yoshdagi b
о'lgan bolalarning
psixologiyasidagi shunday jihat
e‟tiborimizni qaratdikki, ular
aynan shu davrda
о'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bо'lgan
syujetli-rolli
о'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy
dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va
о'zaro
munosabatlarga
e‟tiborli bо'lib, aynan ota-onalikka xos
qiliqlarni
о'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning oldida
r
о'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va
ishtirokchisiga aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik b
о'lsa, 
shunchalik faol va qiziquvchan b
о'ladi, ota-ona va bola 
о'rtasidagi munosabatlarga nisbatan kо'proq, tо'laroq va turli-
tuman axborotlarni oladi, 
о'zlashtiradi va fikrlaydi. Bunda
“Oila” bola “men”ini shakllantiruvchi muhim sotsium – ijtimoiy
muhitga aylanib, 
о'zining ushbu muhitga aloqadorligini
anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda shuni qayd
etib
о'tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha, oiladagi
shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota - ona - bola 
munosabatlari evolyutsion jihatdan nisbatan kechki va
mazmunan aniqroq hisoblanadi, chunki ular shakllanib
b
о'lgan er-xotin munosabatlari asnosida vujudga keladi. 



Biz shunga ishonch hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-
xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida bilvosita
ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan
moslashuvchan va dinamik b
о„lib, shu sababli bolaning ota-
ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan
о„zgarishlarga zamin bо„ladi. Masalan, onalar va otalarda
ota-ona munosabatining umumiy k
о„rsatkichlari mos kelish
darajasi 0 dan 5 gacha b
о„lgan bir paytda oilaviy qadriyatlar
iyerarxiyasida umumiy k
о„rsatkichlarning mos kelmaslik
darajasi 1 dan 11 gacha, 
ya‟ni ota-ona munosabatlarining
xuddi shunday k
о„rsatkichiga nisbatan 2 baravar katta bо„ldi. 
Oiladagi ichki munosabatlar va ota-onaning bolaga
munosabati
ta‟siri ostida shakllanuvchi birlamchi о„ziga
munosabat, 
о„zini identifikatsiyalashning barcha
k
о„rinishlarida va kommunikativ faoliyat sub‟yekti sifatida
bolaning birlamchi kichik ijtimoiy guruh sifatida oilada
о„zini
anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omili hisoblanadi.




Bunda nafaqat er-xotin-ota-ona
о„rtasidagi munosabatlar
va ularning bolaga b
о„lgan munosbati, balki aynan shu
munosabatlarning bevosita u bilan muloqotda aks
ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O„zbekistan
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha
ta‟lim muassasalari muammolariga bag„ishlangan
tadbirda
: “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy
xulosalariga
ko„ra, inson o„z umri davomida oladigan
barcha axborot va
ma‟lumotning 70 foizini 5 yoshgacha
bo„lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o„zi
bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs
bo„lib voyaga
yetishida
bog„cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga
ega ekanini yaqqol
ko„rsatib turibdi. Bunga qo„shimcha
isbot qidirib uzoqqa borishning hojati
yo„q.



Bog„cha tarbiyasini olgan bola bilan bog„chaga bormagan
bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi
o„rtasida
yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas
” 
degan edi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
ilmida bu yoshdagi bolalarda sifat
o„zgarishlari
tezlashganligini inobatga olgan holda bu davrni uch
bosqichga taqsimlab
o„rganish maqsadga muvofiq deb 
topilgan: kichik maktabgacha davr (3-4 yosh); 
o„rta
maktabgacha davr (4-5 yosh); katta maktabgacha yosh
(5-6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6-7 
yoshgacha). Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish
jarayonida ajdodlari tomonidan yaratilgan narsa va
hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus
munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan
qo„lga
kiritilgan yutuqlarni faol
o„zlashtirib, egallab boradi.




Bolada narsa-hodisalar olami, ular yordamida amalga
oshiriladigan xatti-harakatlar, ona tili va odamlar orasidagi
munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning
o„sib borishi
kattalarning bevosita yordami asosida amalga oshadi. Bu 
oilada ota-ona, maktabgacha
ta‟lim muassasalarida esa
tarbiyachilar
ko„magida yuz beradi. Asosan mana shu
davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya
boshlaydi. Faoliyatdagi mustaqillik, 
o„zo„zidan tafakkurdagi
mustakillikka asos
bo„ladi. Bundan tashqari, maktabgacha
yoshdagi bosqich ularda murakkab harakatlarni
takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat
malakalarini hosil qilish, nutqini
o„stirish hamda ijtimoiy
axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga
keltirish davri hamdir.


E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

Yüklə 317,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin