142. Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga tо‘g‘ri keladi? a) onaning emotsional holatidagi о‘zgarishga nisbatan о‘z affektiv holati bilan javob qaytarish ; b) boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash; c) nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bо‘lishi; d) narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi.
143. 9-10 yoshdan boshlab bolalarning tanqidni avvalgiga nisbatan og‘irroq qabul qila boshlashiga kо‘pincha qanday omil sabab bо‘ladi? a) tanqidning kinoyali tarzda ifodalanishi; b) tanqid bir necha kishi tomonidan bir vaqtda ifodalanishi; c) tanqidiy fikr bolaning tengdoshlari guvohligida ifodalanishi; d) tanqid bola uchun obrо‘li kishi tomonidan ifodalanishi.
144.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri odatda о‘smirlik davri uchun xos emas? a) ijtimoiy fobiyalarning kuchayishi; b) referent guruhlarning vujudga kelishi; c) ota-onaga nisbatan emansipatsiyaning kuchayishi; d) о‘quv faoliyatida yaxshi baho olishga qiziqishning ortishi.
145. Maktabgacha yosh davrida bola shaxsida ro’y beruvchi eng muhim o’zgarish qaysi Qadriyatlar tizimining shakllanishi
Hissiyotlarni boshqarish qobiliyatining shakllanishi
Motivlarni bir-biriga bo’ysundira olish qobiliyatining shakllanishi
O’z-o’ziga haqqoniy baho berish qobiliyatining shakllanishi.
146.Bolaning ichki va tashqi hayotida differentsiatsiya boshlanib, uning xulq-atvorida soddalik va soddadillikning keskin kamayishi taxminan qaysi yoshga to’g`ri keladi 3-4 yosh
4-5 yosh
5-6 yosh
6-7 yosh.
147. Kichik maktab yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog`liq o’quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi 2-sinfda
3-sinfda
4-sinfda
Bu hodisa dastlab o’rta maktabga o’tish davriga to’g`ri keladi.