Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Predmetli faoliyat ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat sifatida



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə18/62
tarix24.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#193445
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Predmetli faoliyat ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat sifatida
Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q. Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ihtiyorsiz bo‘lsa, ikki yoshga to‘lgan boalalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning diqqati barqarorroq bo‘la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko‘pmi barqoror bo‘la boshlagani shunda ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt moboynida shug‘ullana oladi. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygach so‘zlarni tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakterge ega. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo‘lmish hayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz hayol bo‘ladi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ihtiyoriy tarzda hayol yurgiza olmaydilar.
Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o‘yinida endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi. Bola kattalardan ko‘rgan-bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan srg‘antirib tushurish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajara oladi. Mashinaning matori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hakoza.
Nutqning o‘sishi bola hayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, har xil ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar haqidagi hikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoyalarni eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshashliklarini aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin