Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Bolalar o’yinining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə20/62
tarix24.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#193445
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Bolalar o’yinining psixologik xususiyatlari.
Bog’cha yoshidagi bolalarni eng asosiy va etakchi faoliyatlaridan biri o’yindir . Etakchi faoliyat deb bolaning ayni shu yoshida tez – tez ko’zga tashlanib turadigan xatti – harakatiga aytamiz. Etakchi faoliyat shunday faoliyatki, bu faoliyat tufayli bolaning psixik jihatdan o’sishida jiddiy o’zgarishlar yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda , mana shunday asosiy faoliyat jarayonida bolaning barcha psixik protsesslari anchagina o’sadi. O’yin bola hayotida mana shunday asosiy faoliyatlardan biridir. O’yin shu qadar universial, shu qadar ko’p qirrali va qudratli faoliyatdirki, barcha yoshdagi bolalarni o’yindan boshqa kamolga etkazishni tasavvur etish qiyin.
Bolalar o’yin faoliyatlarining mohiyati rus psixologlaridan L.S.Vigotskiy, S.K.Rubinshteyn, A.N.Leontev, E.A.Arkin, D.B. Elkonin va boshqalarning asarlarida ilmiy asosda yoritib berilgan. Rus psixologlari o’z asarlarida burjua psixologlarining o’yin nazariyalarini qattik tanqid ostiga olishlari bilan birga bolalar o’yin faoliyatlarining mohiyatini materialistik asosda ilmiy nuqtai nazardan tushuntirib berganlar. Bu jihatdan , xususan, S.K.Rubinshteyn, A.N.Leontev, E.A.Arkinlarning asoslari diqqatga sazovordir.
Bolaning psixik taraqqiyotini o’yinsiz tasavvur qilish qiyin. Malumki bolaning yoshi ulg’ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va hodisalar dunyosi ham kengayib boradi. Bolaning bog’cha yoshidagi davrida, uning faoliyat doirasiga atrofidagi kuchi etadigan, qo’lidan keladigan narsalardan tashqari, kattalarning faoliyatlariga doir, yani ularning hali mutlaqo aqllari etmaydigan , jismoniy jihatdan kuchlari etmaydigan narsalar ham kiradi. Chunki ular turmush tajriba-larining ozligi va binobarin , haddan tashqari qiziquvchanliklari tufayli atrofdagi hamma narsa va hodisalarni bilishga intilaveradilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar uchun mavxum nazariy faoliyatning , yani nazariy yo’l bilan bilish faoliyatining bo’linishi mumkin emas. Bu yoshdagi bolalarning atrofdagi narsalarni bilish faoliyatlari faqat bevosita harakat shaklida bo’ladi. Bog’cha bolalarining haddan tashqari faol (betinim,harakatchan) ekanliklarining sababi ham shundadir.
Bog’cha yoshdagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevoisita amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Bu o’rinda shu narsa etiborliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining kuchi, aqli etadigan narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan, o’zini kuchi ham, aqli ham etmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo’lishga, yani bilib olishga intilaveradi. Buning natijasida bolaning xaddan tashqari tez ortib borayotgan turlari ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasida keskin qarama – qarshilik yuz beradi. Masalan bola avtomashinani, tramvayni o’zi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchu bo’lib samolyotda uchkisi, rostakam militsioner bo’lgisi keladi. Biroq , bola o’zidagi bunday extiyojlarni birortasini ham xaqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Chunki bu yoshdagi bolada bunday kasblarga mansub bo’lgan murakkab ko’nikma va malaka yo’k, bo’lishi ham mumkin emas. Bu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turlicha extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasida qarama – qarshilik qanday yo’l bilan xal qilinadi? Bu qarama – qarshilik faqat birgina faoliyat orqali, yani bolaning o’yin faoliyati orqaligina , xal qilinishi mumkin. Chunki birinchidan , bolalarning o’yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan emas. Bolalarni o’yinga undovchi sabab (motiv) ham o’yindan kelib chiqadigan natijaga emas,(o’yindan ko’pincha xech qanday natija kelib ham chiqmaydi), balki shu o’yin protsessidagi turli xarakterlarga bog’liqdir. İkkinchidan esa bolalar o’yin jarayonida o’z ixtiyor-laridagi narsalarni, ularni qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib (cho’pni ot qilib, stulchani avtomashina qilib) kuchlari etgancha erkin faoliyatda bo’laveradilar. Shunday qilib , bolalar atroflaridagi kattalar uchungina mansub bo’lgan , xali o’zlarining kuchlari ham, aqllari ham etmaydigan juda ko’p narsalarni faqat o’yin faoliyati orqali o’zlashtiradilar. O’yin orqali ular voqelikdagi narsa va xodisalarni biladilar.
O’yin bolalar xayotida shunday ko’p qirrali faoliyatdirki , unda bolalarga mansub bo’lgan mehnat ham, narsalar haqida tafakkur qilish ham, sanat ham , xayol, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir, yani mana shu protseslarni barchasi o’yin faoliyatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham o’yin bolalar talab qilayotgan darajadagi to’la qonli xayotni tamin eta oladi. O’yinning bolalarni maftun etuvchi kuchi ham shundadir.
O’yin faqat tashqi muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. İjodiy va syujetli o’yinlarda bolalarning barcha psixik protseslari bilan birlikda individual ( shaxsiy) xislatlari ham shaklllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o’yin bog’chadagi talim – tarbiya ishlari orasida eng asosiy, markaziy o’rinda turadi. Demak , bog’chadagi talim – tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko’p jihatdan bolalarning o’yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila biliishga bog’liqdir.
Bog’cha yoshdagi bolalar o’yinlari quyidagicha psixologik xususiyatlarga ega.Bog’cha yoshidagi bolalar o’yinlarining birinchi harakteri xususiyati, o’yin tematikasini xaddan tashqari sermazmunligi boyligidir.
Bog’cha yoshidagi bolalar o’yin faoliyatlarining ikkinchi xarakterli xususiyati boalalr o’yinlarida milliy tuyg’ularning aks etishidir.
Bog’cha yoshidagi bolalar o’yinlarining uchinchi xususiyati – o’yin jarayonida vatanparvarlik tuyg’ularining namoyon bo’lishidadir. O’rta va katta bog’cha yoshidagi bolalar Vatanimizning poytaxti Toshkentni juda yaxshi biladilar va uni sevadilar, shu tufayli o’yinchoklardan zo’r maroq va g’urur bilan yasaydilar. Bundan tashqari , turli millat bolalari tusida yasalgan qo’g’irchoqlar yasashga intiladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar o’yinining keyingi xususiyati barcha jarayonlarining diqqati, sezgi va idroki, xotirasi, tafakkur va nutqi , xayoli, xis – tuyg’u irodasi, xarakteri va qobilyatining namoyon bo’lishidir.
Shunday qilib , bolaning o’yin faoliyati uni har timonlama shakllantiruvchi , barcha psixik jarayonlari va psixologiya xususiyatlarini rivojlantiruvchi etakchi faoliyat bo’lib xisoblanadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin