Mavzu: Metrologiyaning Rivojlanish Tarixi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/3
tarix01.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#121677
  1   2   3
Oybek

Mavzu: Metrologiyaning Rivojlanish Tarixi


Metrologiya fanining vujudga kelishi.
Metrologiya fan sifatida o‗lchashlar, ularga bog‗liq va tegishli bo‗lgan qator masalalarni o‗z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunoncha so‗zdan olingan bo‗lib, o‗lchash, o‗lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma‘nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‗lsak, metrologiya - o‗lchovlar birliklarini o‗rganuvchi fan3 . Inson aql-idroki, zakovati bilan o‗rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‗nalishini olmaylik, albatta o‗lchashlarga, ularning turli usullariga, o‗zaro bog‗lanishlariga duch kelamiz. Bu o‗lchash usuli va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‗lchashni talab etilgan aniqlikda ta‘minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi.
Metrologiya fani va uning vazifasi, predmeti va obekti. Zamonaviy metrologiyaning vazifalari. O‗lchashlarning umumiy nazariyasi, kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish, o‗lchash usullari va vositalari, o‗lchashlar aniqligi (o‗lchashlar noaniqligi nazariyasi, o‗lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo‗llari, o‗lchashlar bir xilligini ta‘minlash, etalonlarni yaratish, o‗lchash vositalari va o‗lchash uslublarining tavsiflarini aniqlash vaa birliklar o‗lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o‗lchash vositalariga o‗tkazish usullari.
XVIII asrning oxirlarida og‗irlik va uzunlik o‗lchov birliklarining qabul qilinishi natijasida metrologiya fanining rivojlanishi. 1875 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning qabul qilinishi va uning ahamiyati. O‗lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosining tashkil qilinishi va uning faoliyati. Xalqaro birliklar tizimi. Maxsus metrologiya tashkilotlari. Zamonoviy umumiy metrologiya va tabiiy fanlar
Metrologiya fanining maqsad va vazifasi.
Metrologiya asoslari fanini o‗rganishdan maqsad - talabalarda xalq xo‗jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste‘mol bilan bog‗liq bo‗lgan turli metrologik masalalar bilan shug‗ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta‘lim tizimida metrologiya asoslari bo‗yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, kvalimetriya, sifatni o‗lchash bo‗yicha fundamental ma‘lumotlar o‗rganiladi1
Metrologiya - yunon tilidan olingan bo‗lib, "metron‖ - o‗lchov , "logos‖ - fan degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni so‗zma-so‗z tarjima qilganda o‗lchov birliklari haqidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifasi-o‗lchov birliklarini o‗rganish,tarixda mavjud o‗lchov birliklarini zamonaviy o‗lchov birliklari bilan qiyoslash, aniqlash. O‗lchov birliklariga ehtiyoj insoniyatda ibtidoiy davrdan boshlab, jumladan, uy-joy, boshianalar qurishda, mehnat va uy-ro‗zg‗or qurollarini yasashda paydo bo‗ldi

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin