Mavzu: Metrologiyaning Rivojlanish Tarixi


Metrologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/3
tarix01.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#121677
1   2   3
Oybek

Metrologiya fanining rivojlanish tarixi.
Antik rivojlanish davri.
Stixiyali rivojlanish davri.
Metrik tizimning joriy etilishi
Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri,
Antik rivojlanish davri
O‗lchashlarga bo‗lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. "O‗lchash‖ atamasining tom ma‘nosi bo‗yicha tahlil etadigan bo‗lsak, qadimgi davrda insoniyat asosan "organoleptik o‗lchashlar‖ ya‘ni, o‗zining his etish a‘zolari orqali muayyan fizikaviy xossa bo’yicha taxminiy ma’lumotlar olgan.
Stixiyali rivojlanish davri
. Metrologiya xizmati va metrologik ta‘minot masalalarining dastlabki kurtaklari turli davlatlarda turlicha tarzda vujudga kela boshlagan. Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich belidagi oltin kamaridan uzunlikning namunaviy o‗lchash vositasi sifatida foydalangan. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra, knyaz davriy ravishda bozor rastalarini oralab yurib, turli mato sotuvchilarining uzunlik o‗lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. Agar ular orasidagi tafovut belgilanganidan ortib ketsa, sotuvchini shafqatsiz jazolagan.
Metrik tizimning joriy etilishi.
Vaqt o‗tishi bilan savdo- sotiq va o‗zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida o‗lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o‗zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‗nlab yangi va mukammalroq o‗lchash birliklari hosil bo‗la boshlagan. Bu birliklarning o‗zaro bog‗liqligi masalasi esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan.
Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri.
XX asrdagi ilm-fan va texnikaning, shu jumladan, davlatlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi metrologiyaga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Bundagi asosiy maqsadlardan biri - o‗lchash birliklarining turli-tumanligiga barham berish, umumiy qabul qilingan o‗lchash birliklarini joriy etish, mahsulotning sifatini nazorat etishda umumiy qoidalarni amalga oshirish hisoblangan

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin