Евразийский научный журнал



Yüklə 24,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.04.2023
ölçüsü24,68 Kb.
#103496
Без названия (1)



Ekologik ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnalogiyalardan
foydalanish.
MRDI Informatika va mеnеjmеnt kafеdrasi
katta o’qituvchisi 
X.Sh.Qaytarov
Hozirgi kungacha vatanimiz qaysi bir sohani olmaylik yuqori natijalarga yerishib rivojlanishning o‘zbek
modelini dunyo hamjamiyatiga ko‘rsatib qo‘ymoqda. Bu borada ekologik ta’lim sohasiga ham alohida
e’tibor berib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ekologik ta’limni rivojlantirish borasida qilinayotgan
ishlarning barchasi yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.
Ekologik ta’lim jarayonida talabalarni faoliyatiga o‘rgatish har bir professor – o’qituvchidan yuksak
mahorat, ta’limni tashkil etish tug’risidagi bilimlar tizmini mukammal egallash, ular bilan ishlash va ularni 
mustaqil faoliyatlarni tashkil etishni uyushtira olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlikni talab etadi.
XXI asr bosag’asida axborot texnologiyalari jamiyatning shu qadar muhim bo‘lagi va tarkibiy qismiga
aylandiki, mamlakatning barcha sohalari jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bevosita unga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Shu sababli har bir davlat bugungi kunda jamiyatni va shu bilan birga ta’limni ham axborotlashtirish
masalasiga jiddiy e’tibor bermoqda.
Respublikamizda jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’limning hamma sohalarini
axborotlashtirish sari keng ko‘lamda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ekologik ta’limni axborotlashtirish-axborotlashgan jamiyat sharoitida talaba-yoshlarni jamoatchilik va
kasbiy faoliyatda samarali qatnashishga tayyorlash maqsadida ta’lim tizimining barcha komponetlarini
axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida yaxshilash bosqichidir.
Ekologik ta’limi o‘qitish jarayonini axborotlashtirish va o‘qitishda o‘quv-uslubiy ishlarni qayta tashkil
etish; o‘qituvchi va uning rolini o‘zgartirishga bo‘lgan talablarni ortishi; o‘rganuvchi shaxsining va uning
individuallashtirish xususiyati rolining ortishi; ta’lim muassasa rolining o‘zgarishi va uning o‘quvchi-yoshlar
tarkibi joylashgan joyga ta’siri; axborot resurslarining mumkin bo‘lgan hajmining to‘satdan ortishi; axborot
xizmati ko‘rsatishning ahamiyatini o‘sishi, ayniqsa, ta’limiy va ilmiy xarakterdaligi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ekologik fanlarini o‘qitish tizimini axborotlashtirish bu jarayonni sifatini oshirish; aholi bilimdonlik
saviyasi oshishi va mamlakatning iqtisodiy potensiali o‘sishini ta’minlash; milliy ta’limning jahon ta’lim
tizimiga integratsiyalanishini ta’minlash kabi muhim masalalarni hal qilishni ta’minlaydi. Bu masalalarning o‘z
vaqtida hal etilishi esa: a) biologik bilimlarni mexanik tarzda o‘zlashtirishdan yangi bilimlarni mustaqil
egallash ko‘nikmasiga o‘tishni ta’minlovchi tabiatni muhofaza qilish ishlanmalarni amaliyotga keng joriy
etishga asos yaratadi; b) axborotlar (to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish) bilan ishlashning
zamonaviy usullarini o‘zlashtirishni ta’minlaydi; v) ekologik ta’limi fanlarini o‘qitishda o‘quv-biluv faoliyatni
intellektuallashtiradi.
Axborot texnologiyasi dasturli-apparatli imkoniyatga ega bo‘lib, uni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish
quyidagilarni ta’minlaydi: interaktiv rejimda ishlash; foydalanuvchi va axborot texnologiyasi o’rtasida sezilarli
teskari aloqa o‘rnatish; o‘rganilayotgan jarayonni, shu jumladan, haqiqiy kechayotgan jarayonni aniq
tassavur qilish (masalan, modul, grafik, diagramma, jadval va h.k ko‘rinishda); turli xil ob’ektlar yoki haqiqiy
kechayotgan jarayon yoki hodisa modelini kompyuter ekranida obrazli ko‘rinishda tasvirlash va uni
boshqarish; o‘rganilayotgan ob’ekt va unda ro‘y berayotgan hodisa yoki jarayon haqidagi ma’lumotlarni
qayd etish, to‘plash, saqlash va qayta ishlash; yetarli katta hajmdagi axborotlarni baza ko‘rinishida saqlash
va ulardan optimal foydalanish imkoniyatini ta’minlash; eksperiment natijalarini qayta ishlash jarayonini


avtomatlashtirish.
Qayd etilganlar esa, o‘z navbatida, axborot texnologiyasidan ekologiya fanini o‘qitish jarayonida
foydalanishning quyidagi pedagogik maqsadlarini aniqlash imkonini beradi:
Talabaning ijodiy salmog‘ini rivojlantirish;
munosabat xatti-harakatlarga qobiliyatlilikni rivojlantirish;
tajriba-sinov - tadqiqot faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish;
o‘quv-biluv faoliyat ekologik madaniyatini rivojlantirish;
o‘quv-tarbiya jarayoni barcha pog’onalarini sifat va samaradorligini oshirish;
Talabaning ekologik bilim, ko‘nikma va malakalarini monitoring qilish hamda baholash katta ta’limiy va
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy shaklda
amalga oshiriladi. Og‘zaki tekshirish talabalar bilimining saviyasi, puxtaliga va ongliligini aniqlash imkonini
beradi.
Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda talabalar bilimini sinab ko‘rish kerak bo‘lganda,
ya’ni ularni berilgan mavzuni o‘rganishga u yoki bu masala bo‘yicha qanday bilimlar bilan kelganligini va bu
bilimlar mavzuni o‘rgangandan keyin qanday darajada to‘lganligini aniqlash zarur bo‘lganida qo‘llanadi.
Keyingi yillarda talabalarni bilimini nazorat qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Bunda so‘rash
vaqtini qisqartirish va hamma ularni qamrab olish imkoniyati yuzaga keladi.
Talabalarda ekologik bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni
hal qilishga yo‘naltirilgan:
1. Bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash. Bilim, ko‘nikma va malakalarning sifati, eng avval
ularning puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil
qilish uchun ularni faqat o‘zlashtirayotgan paytida emas, balki o‘quvchilarning keyingi faoliyatida ham
tekshirib borish kerak.
Shunday, qilib, butun ekologik ta’lim davomida talabalar faoliyati tizimli ravishda uzluksiz nazorat qilib
boriladi.
2. Talabalarni ekologik ta’lim jarayonidagi faoliyatlarini rag’batlantirish. Bilim, ko‘nikma va malakalarni
tekshirish pedagog va talaba uzaro yordam ko‘rsatishi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirish
jarayonida ularni ishlaridagi xatolarni ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, bu kamchiliklarni bartaraf etishga
yordam bersagina bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, ular bajargan ish bosqichining umumiy
tavsifini tushuntiradi, bunda u o‘quvchilarda bajariladigan ishning bajarilgan ishlardan farqlari haqida-uning
murakkablik darajasi yoki javobgarligi va ekologik axborotlar haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Natijada
talabalar kelajakni ko‘radilar va bu ularni safarbar qiladi, o‘z vazifalarini tashkil qilish, mustaqil topshirilarini
sifatli bajarish ishtiyoqini uyg‘otadi.
3. Talabalar o‘z-o‘zini nazorat qilish malakalarini o’zlashtirish. Ekologik ta’limi pedagogi, ko‘nikma va
malakalarini tekshirishga talabalarni o‘zlarini ham jalb etadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish
baholash bilan yakunlanadi. ekolodiya mashg‘ulotlarida baholash ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarida keng joriy
etib borilayotgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi.
Ekologik ta’limi fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalansa, uning hozirgi zamon
talablari darajasida talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi hamda axborot texnologiyalaridan
foydalanishni o‘rganadi va ularda tabiatni muhofaza qilish bilimlari, ko‘nikma va malaka shakllanadi.


Demak, talabalarni ekologiya fanidan bilim olish faoliyatini tashkil etish ishi hozirgi kunda ta’lim
sohasining dolzarb maslalaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda va axborot texnologiyalarni bu jarayonda
o’rni beqiyosdir.
FOYDALAILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosiy mafkura. 1-tom, T., «O’zbekiston», 1996, 44-
bet.
2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. 5-tom. T. «O’zbekiston» , 1997, 129-bet.
3. Yangi pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan ta’limni didaktik loyihalash. Pedagogik ta’lim. 2000, 3-
son. 38-41-6.
4. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari mavzusidagi seminar trening materiallari. T.: 2002 y.
Евразийский научный журнал
3

Yüklə 24,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin